Avvakumovka – Rossiyaning Primorye oʻlkasidagi daryo. U Furmanovka (1972-yilgacha Tadagou)[1] va Kazakovskaya (Sin-Kvandagou)[2] daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlib, janubi-sharqiy yoʻnalishda oqadi, faqat bir joyda janubga burilib, keyin esa toʻgʻirlanib, avvalgi yoʻnalishiga qaytadi va shu yoʻnalishda oqib Yapon dengizining Olga koʻrfaziga quyiladi.

1857-yilda rus koʻchmanchilari tomonidan Sankt-Olga koʻrfazini kashf etgan arximandrit Avvakum (Chestny) sharafiga nomlangan[3]. Daryoning xitoycha nomi Vay-Fudzin boʻlib, rus koʻchmanchilari bu nomdan foydalanmagan[3].bu Rossiya va Xitoy chegarasida joylashgan.

Tavsif

tahrir

Daryoning uzunligi 67 km, drenaj havzasining maydoni 3170 km², daryoning quyilish kengligi 770 m, Uning Vasilkovka daryosigacha qadar kengligi 20–25 m, chuqurligi 0,4-0,8 metrni tashkil etadi. 1937-1985-yillar oraligʻidagi kuzatuvlarga koʻra, Vetka qishlogʻi hududida oʻrtacha suv sarfi 16 m³/s ni tashkil qiladi[4].

Yoz mavsumida uzoq muddatli surunkali yomgʻirlar tufayli suv toshqinlari tez-tez sodir boʻladi.

 
Avvakumovka daryosining quyilishi va Olga koʻrfazi sunʼiy yoʻldosh fotosuratida.

Vay-Fudzin vodiysining quyi oqimi tabiati juda chiroyli. Oʻng tomondagi qoyalar ajoyib shakllarga ega va odam, qasr, minoralar va b.ga oʻxshaydi. Chap tomonda toshli tuproqlardan hosil boʻlgan baland ikkiqatli terrasalar choʻzilib, shimolda toqqa qoʻshilib ketadi. .

Avvakumovka daryosi tabiatni muhofaza qilish maqomiga ega, yozda sim, kuzda – keta baliqlari uvildiriq qoʻyish uchun suzib keladi. Kichik hajmdagi ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan kichik qayiqlar harakatlanishi taqiqlanadi (faqat baliqchilik inspeksiyasining brakonyerlarni taqib qilishi istisno).

Asosiy irmoqlari

tahrir

(masofada)

  • 7,8 km – Arzamazovka daryosi (chap)
  • 9,2 km – Vasilkovka daryosi (oʻng)
  • 32 km – Benevka daryosi (oʻng)
  • 38 km – Forelnaya daryosi (oʻngr)
  • 49 km – Vigonka daryosi (chap)
  • 56 km – Xarchenkovaya daryosi (chap)

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Постановление Совета Министров РСФСР от 29 декабря 1972 г. N 753“ (ru). www.libussr.ru. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
  2. В дебрях Уссурийского края..
  3. 3,0 3,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named avk
  4. „Avvakumovka at Vetka“ (deadlink). UNESCO: Water resources. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.

Adabiyot

tahrir
  • Арсеньев В. К.. В дебрях Уссурийского края, 100000 экз, М.: Московский рабочий, 1956.