„Ayarxaan“ (inglizcha: Ayarkhaan; guruhning oldingi nomlari „Kilyisax“, „Telke“) [1] — Yoqutistonning rus musiqiy etno guruhi[2][3][4][5]. Guruhning tarkibi Albina Degtyareva, Varvara Stepanova, Alisa Savvinova, Nariyaana Renanto[2], Amgayan Nesterevadan iborat[6]. Gururhning ijodi anʼanaviy xomus (changqoʻbiz) musiqasiga asoslanadi. „Ayarxaan“ soʻzi ijodkorlar qabilasi deb tarjima qilinadi[1].

Ayarxaan

Albina Mixaylovna Degtyareva „Sibir olami“ festivalida
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Yakutsk
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 2002-yildan
Janr etno musiqa
Tarkib Albina Degtyareva, Varvara Stepanova, Alisa Dolgunova, Nariyaana Renanto, Amgayana Nestereva

Musiqasi

tahrir

„Yoqut qizlari oʻz ovozi va xomusidan foydalanib, shamol tovushlari, qushlarning sayrashi, otning ovozi, tuyoqlarning taqirlashi va tabiatning boshqa tovushlariga taqlid qilib, kuylshadii. Ayrim kompozitsiyalari xuddi elektron musiqa studiyasida yaratilgandek yangraydi[7]“. Taqlid tizimi shomonlik marosimlariga xosdir. Yoqut shomonlari oʻz marosimlarini otning kishnashiga taqlid qilishdan boshlaydilar[8]. „Ayarxaan“ qoʻshiqlarida asosan dunyodagi uygʻunlik va goʻzallikni yaratgan Tangrining inoyati va donishmandligi haqida kuylanadi[7] .

Diskografiyasi

tahrir

Guruh quyidagi albomlarni chiqargan[7][9]:

2005 — „Zvuki drevney zemli Olonxo“;

2008 — „Exo drevnostii“.

Tarixi

tahrir

Guruh 2002-yilda musiqachi, kompozitor va shoira Albina Degtyareva tomonidan xomus, etnik musiqa va yoqut xalq qoʻshiqchiligini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan[1]. Oʻshandan beri „Ayarxaan“ butun dunyo boʻylab turli etno va musiqa festivallari hamda tanlovlarining doimiy ishtirokchisi va koʻplab mukofotlar sovrindori[1]. Jumaladan[2][10] 2003-yilda Siktivkardagi Butunrossiya „Siyanie Severai“ festivalining gran-pri gʻolibi, 2004-yilda Yakutskdagi „Il Xomus“ xomus musiqasi xalqaro festivalining 1-darajali laureati, 2004-yilda Rossiyadagi — „Sayanring“ („Sayan halqasi“) II Butunjahon etnik musiqa festivalining gran-pri sovrindori, 2005-yilda Polshada joylashgan Broklavda boʻlib oʻtgan „Magia glosu“ („Ovoz sehri“) xalqaro jonli musiqa festivali laureati („Ayarxaan“ etnoguruhining solisti Yuliana Krivoshapkina ushbu festivalning yuziga aylangan), 2005-yilda Varshavada boʻlgan „Niechwytntgo ozieozictwa kulturwego“ xalqaro ogʻzaki xalq anʼanalari festivali laureati, 2005-yilda Tivadagi Qizil shahrida bolʻgan „Xomus“ xalqaro festivalining 1-darajali laureati, 2006-yilda Tivadagi Chadanda boʻlib oʻtgan „Ustuu xuree“ xalqaro jonli musiqa festivalida „Eng yaxshi etnik guruh“ nominatsiyasi gʻolibi, 2006-yilda Norvegiyadagi Minladenda boʻlib oʻtgan „Riddu-riddu“ xalqaro jonli musiqa festivali gʻolibi, 2006-yilda Mosvkadagi „Etnoland“ xalqaro etnik musiqa festivali gʻolibi, 2006-yilda Amsterdamdagi „Vijfde internationale mondharp festival“ xomus musiqasi V xalqaro kongressining „Eng yaxshi guruhi“, 2006-yilda Qiziloʻrda boʻlib oʻtgan „Qorqit ota va Buyuk dasht musiqasi“ turkiy xalqlar musiqasi xalqaro festivalining gʻolibi, 2007-yilda Moskvadagi „Zamonaviy sanʼat va taʼlim“ xalqaro tanlov-festivalining 1-darajali gʻolibi, 2007-yilda Xakasiyadagi Abakan shaharida boʻlgan „Polbek“ turkiy tilli xalqlarning mintaqalararo folklor festivali 1-darajali laureati, 2007-yilda Krasnoyarskdagi „Sayanring“ („Sayan halqasi“) xalqaro etnik musiqa festivalining „Tomoshabinlar mukofoti“ nominatsiyasida „Oltin Iriya“ mukofoti sovrindori, 2007-yilda Krems an der Donauda boʻlib oʻtgan „Glatt&verkehrt“ xalqaro qoʻshiqlar festivalining gʻolibi, 2011-yilda Malmesburydagi WOMAD ishtirokchisi[11], 2011-yilda Portugaliyadagi Jahon musiqa festivali ishtirokchisi, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturi qatnashchisi, 2013-yidal Rossiyagi WOMAD ishtirokchisi, 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan Sibir dunyosi qatnashchisi, 2019-yilda Samarqand shahrida (25—30 avgust) boʻlib oʻtgan YUNESKO homiyligidagi „Sharq taronalari“ XII xalqaro musiqa festivalida „Ayarxaan“ guruhi 77 davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida uchinchi oʻrinni egallagan[6][3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Этно-группа «Айархаан»“ (ru). Ил Хомус (2009-yil 7-aprel). 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Ayarkhaan“ (en). Facebook. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Ayarkhaan“. Sharq-Taronalari. sharq-taronalari.uz (2019). 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  4. „Ayarkhaan“. WOMEX. www.womex.com. 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  5. „Видеоархив“. Мир Сибири" - Международный фестиваль этнической музыки и ремёсел. www.festmir.ru. 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Этно-группа «Айархаан» завоевала «бронзу» на международном музыкальном фестивале“. Якутское-Саха Информационное Агентство (2019-yil 31-avgust). 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Nurguyana Degtyareva. „Ayarkhaan — Артисты“ (ru). WOMAD Russia (2013). 2019-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  8. „Айархаан“ (ru). ayarkhaan_group. VK.com. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  9. „Ayarkhaan“ (en). MusicBrainz. MusicBrainz.org. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  10. „Айархаан“ (ru). Sakha Diaspora. SakhaOpenWorld.org (2007). 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  11. „BBC Radio 3 - WOMAD, Womad 2011: Picture Gallery - Womad 2011: Ayarkhaan“ (en). BBC (2011). 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.