Ayesha Durrani
Ayesha Durrani (XVIII asr) afgʻon shoiri, Durroniylar imperiyasidagi Temur Shoh Durroniyning rafiqalaridan biri boʻlgan. Uning bir qancha sheʼrlari 1882-yilda qoʻlyozma holida jamlangan va Durrani Afgʻonistonda birinchi qizlar maktabiga asos solishga erishgan.
Ayesha Durrani | |
---|---|
Ayesha Durranining mashhur she'rlari jamlangan to'plam. | |
Tavalludi |
XVIII asr Afghanistan |
Vafoti | 1853 |
Ijod qilgan tillari | Fors tili |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Turmush oʻrtogʻi | Timur Shah Durrani |
Hayoti va faoliyati
tahrirAyesha Durrani XVIII asr oxirida Afgʻonistonda Barakzai oilasida tugʻilgan[1]. Otasi Yaʻqūb Ali Khān Barakzai boʻlib, u oʻz davrining taniqli kishilaridan edi. Keyinchalik Ayesha Durroniylar imperiyasining ikkinchi hukmdori Timur Shoh Durroniyga turmushga chiqqan[1]. Ayesha XVIII asrning oxirgi yillarida davrining faol shoiriga aylangani va XIX asrga qadar ijodda davom etgani tegishli manbalarda yozilgan. Ijodiy merosini qasidalar, gʻazallar tashkil etadi. Arab, fors adabiyoti va islom huquqlarini yaxshi bilgan va bu ijodida yaqqol namoyon bo'ladi. Ayesha Afgʻonistonda birinchi qizlar maktabini tashkil etgani ham bir qancha manbalarda qayd etilgan[1][2].
Durroniylar saltanati parchalanib, XIX asrda Barakzailar hukmronligidagi Afgʻoniston amirligi kuchaygach, Ayesha sheʼriyatiga qiziqish kuchaygan. Uning koʻpgina sheʼrlari 1882-yilda afgʻon kotibi tomonidan 336 betlik qoʻlyozma holiga keltirildi[1]. Ushbu kotib ismini nomaʼlum sabablarga koʻra aytmagan.
Eʼtirof etilishi
tahrir1978-yildagi Savr inqilobidan soʻng Afgʻoniston hukumati Ayeshaning asarlarini oʻrganishga qarshilik bildirmadi. Mamlakatda unig asarlari yoshlar tomonidan qiziqish bilan mutolaa qilindi. Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchiligida Afgʻonistonda Tolibon hukumati agʻdarilganidan soʻng (hukumat oʻsha davrda 8 yoshdan keyin ayollarga taʼlim olishini taʼqiqlab qoʻygan edi)[3], Germaniya tashqi yordam agentligi Kobulda ikkita qizlar maktabini qayta qurishga yordam koʻrsatdi va biriga shoira xotirasini abadiylashtirish maqsadida Aisha-i-Durani maktabi deb nom berildi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Collected Poems of Aisha Durrani“ (en) (1881). Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „With the Girls of Afghanistan: "The Pen is the Sword"“ (en). UNESCO. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
- ↑ Marsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp. 88-101.