Gʻazal

sharq xalqlari adabiyotidagi lirik sheʼr

Gʻazal (arabcha: oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VIII–IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.

Gʻazal „aa, ba, va, ga, da“ va hokazo tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla yoki mabda, oxirgisi maqtadeb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matla yoki husni matla deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.

Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi:

Maʼno jihatidan esa

gʻazallarga boʻlinadi.

Fors soʻz sanʼatida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.

Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik quyidagilar va boshqalar ijodida rivojlantirildi:

Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.

XV asrdan gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiyga oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar gʻazalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishq-u oshiqlik mavzusida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang: Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (masalan, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, XIV–XV asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida gʻazal Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻazal raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosligini namoyish etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻazal urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. XX asrda gʻazalning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.

Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S., 3 i yo -viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985. Rahmon Qahramonov va Timur Malikovlar hozirgi kunda yagona dastur hisoblanadi.

Manbalar

tahrir