Ayol qismati  — oʻzbek rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan 2022-yilda suratga olingan drama, Suriyadagi IShID jangarilari lagerlarida 9 yil yashab, Oʻzbekistonga qaytgan ayolning taqdiri haqida. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati koʻmagi bilan suratga olingan[1]. Film real voqealarga asoslangan.

Ayol qismati
Janri drama
Rejissyor(lar) Dilmurod Masaidov
Prodyuser(lar) Firdavs Abduxoliqov
Maxmud Erkebaev
Azizbek Azatbaev
Gayrat Moʻminov
Ssenariynavis(lar) Sardor Xamraev
Rollarda Rano Shodiyeva
Ilxom Berdiev
Dadaxan Obidov
Sirojiddin Sattorov
Shoxsanem Abdijamilova
Olim Jalolov
Kinematografiya Dilshoh media
Operator(lar) Xusan Aliev
Postanovkachi
rassom(lar)
Sevara Zunnunova
Chiqarilgan sanasi 2022-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Syomka jarayoni va kino premyerasi

tahrir

„Ayol qismati“ filmi „Mehr“ operatsiyasi doirasida Suriya, Iroq va Afgʻonistondagi ekstremistik lagerlardan ayollar va bolalarning Oʻzbekistonga qaytishiga bagʻishlangan turkum filmlardan biridir[2][3][4]. Film rejissyori Dilmurod Masaidovning aytishicha, suratga olish ishlari boshlanishidan oldin u Suriyadan Oʻzbekistonga qaytgan oʻn nafar ayol bilan muloqot qilishga muvaffaq boʻlgan. Ularning har biri oʻzining jangarilar lageriga qanday tushib qolgani va u yerda boshidan kechirganlari haqida oʻz hikoyalarini aytib bergan. Filmning bosh qahramoni Sojidaning prototipi andijonlik ayol boʻlib, film gʻoyasi va suratga olish ishlarini shaxsan ma’qullagan. Shu bilan birga, rejissyor aktrisalarga ularning prototiplari bilan uchrashishni taqiqlagan[5].

Filmning Oʻzbekistonda premyerasi 2022-yil 8-sentabr kuni „Ipak yo‘li gavhari“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtdi[6]. Film bir qancha tillarga, jumladan rus va turk tillariga tarjima qilingan. Rossiyada kinoning premyerasi 2022-yil 25-dekabrda boʻlib oʻtdi[7].

Syujeti

tahrir

Sajidining ukasi va turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlash uchun joʻnab ketishdi va u yerda IShID tomonidan Pokistondagi lager orqali tranzitda Suriyaga joʻnatiladi. Keyinchalik bularning barchasidan xabar topgan mahalladagilar Sojidaning oilasini qoralab, uni ikki farzandi bilan birga mahalladan chiqarib yuborishni talab qiladi. Natijada, Sajidaning qaynonasi jamoatchilik fikriga ergashib, ayol va uning bolalarini haydab chiqaradi. Sajida avval Andijonga ketadi. U yerda oʻzi xohlagandek hayot qura olmaganidan soʻng hafsalasi pir boʻlib, Qozondagi opasining oldiga boradi. Akasi uni topib, oʻzining oldiga kelishga koʻndiradi. Sajida Moskvaga, u yerdan Pokistonga va nihoyat Suriyaga boradi va u yerda oʻgʻli Salohiddinni yoʻqotadi. U oʻn yil davomida jangarilar lagerida tirik qoladi. U yerda juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan Sajida shu vaqt ichida uch marta turmushga chiqadi, chunki u turmushga chiqqan erlar birin-ketin vafot etadi. Oradan yillar oʻtib, yoʻqolgan oʻgʻli Salohiddin tirik ekani, otryadlardan birida jang qilayotganinidan xabar topadi. Biroq Sajidaning quvonchi uzoqqa choʻzilmaydi. Oʻgʻli jangda halok boʻlgani haqida xabar keladi. Ikkinchi oʻgʻli ham otishmada halok boʻladi. Ikala oʻgʻlini ham ketma ket yoʻqotgan Sajida kasal boʻlib qoladi. Uni mahalliy aholidan biri boqadi. Suriya Demokratik Armiyasi(ingl.) askarlari Sajidani Al-Xol qochqinlar lageri(ingl.)ga olib ketishdi. Sajida u yerdan uyiga joʻnatiladi.

Mukofot va yutuqlar

tahrir
  • Bursada boʻlib oʻtgan Korkut Ata Film Festivali kinofestivalida „Eng yaxshi badiiy film“ nominatsiyasida Gran-pri (2022)[8]
  • Minskda boʻlib oʻtgan Listapad kinofestivalida „Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uchun“ maxsus mukofoti (2020)[9]
  • 2023-yil fevral oyida Mumbayda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti kinofestivalida Sajida rolini ijro etgan Raʼno Shodiyeva „Eng yaxshi ayol obraz“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi[10].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „В Доме кинематографистов представили новый фильм о спасении узбекских женщин из Сирии“ (ru). fergana.media. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  2. „Шавкат Мирзиёев впервые прокомментировал операцию «Мехр» - Срочные новости Узбекистана: Repost.uz“ (ru). Repost. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  3. Kun uz. „Операция «Мехр-3»: из Сирии в Узбекистан возвращены 98 женщин и детей“ (ru). Kun.uz. 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  4. „Более 90 женщин и детей возвращено из Сирии“ (ru). Газета.uz (2021-yil 30-aprel). 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  5. „История, которая должна раскрыть глаза многим. Через что проходят женщины, отправляющиеся в Сирию“ (ru). Podrobno.uz. 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  6. „В Доме кинематографистов прошла премьера художественного фильма «Судьба женщины»“ (ru). Darakchi. Qaraldi: 2023-yil 10-may.[sayt ishlamaydi]
  7. „Новое узбекское кино показали в московском кинотеатре "Иллюзион"“. smotrim.ru. 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  8. „2022 Awards – Korkut Ata Film Festivali“ (en-GB). 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  9. „Архив ММКФ «Лістапад» 2022“. listapad.org. 2023-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  10. UzKino. „UzKino“. UzKino (14-noyabr). 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.