Azamat Akbarov (1977-yil, Samarqand, OʻzSSR) — tilshunos, amaliy tilshunoslik boʻyicha fan doktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. “Xorijiy tillarni o‘rgatish va amaliy tilshunoslik” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri.

Azamat Akbarov
Tavalludi 1977-yil
Samarqand, OʻzSSR
Istiqomat joylari Shvetsiya, Janubiy Koreya, Bosniya va Gersegovina, Qozog‘iston.
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Tilshunos, professor
Taʼlimi
Ilmiy darajasi Fan doktori
Ilmiy unvoni Professor
Dini Islom

Hayoti

tahrir

Akbarov Azamat Anvarovich 1977-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. Oʻrta maktabda dastlab fransuz tilini, keyin esa ingliz tilini oʻrgangan[1][2]. 1995–1999-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida ingliz tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil olib, 1999–2001-yillarda shu universitetda magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[3]. 2002–2003-yillarda ikkinchi mutaxassislik sifatida Shvetsiyaning Dalarna universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. 2009-yili Janubiy Koreyada ingliz tilshunosligi yoʻnalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[2].

Faoliyati

tahrir

Dastlab 1999–2001-yillarida Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat yuritgan. 2004–2006-yillarida Janubiy Koreyaning Pusan chet tillari universitetida O‘rta Osiyo tadqiqotlari fakultetida o‘zbek tili, tarixi, madaniyati yo‘nalishida dars bergan. 2009–2016-yillar Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo shahridagi xalqaro Burch universitetida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, Pedagogika fakulteti dekani va 2012–2016-yillarda ushbu universitetning ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan[2].

2014-2016 yillari xalqaro amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining vitse-prezidenti, 2014-2016 yillari Bosniya va Gersegovina amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti, 2016-2018 yillari Qozog‘iston amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti bo‘lgan[1].

2016–2018-yillarda “Al Farobiy” nomidagi Qozoq milliy universiteti umumiy tilshunoslik va yevropa tillari kafedrasi professori lavozimida; 2018–2019-yillarda Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universitetida sharqshunoslik fakulteti professori lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan[1].

2019-yilda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga proyektorlik lavozimiga taklif qilingan[4] va u taklifni qabul qilib, shu yildan oʻz faoliyatini boshlagan[3][5][6]. 2020-yilning yanvar oyiga kelib, soxta diplom tufayli proyektorlik lavozimidan boʻshatilgan[7][8][9][10]. Sentyabr oyiga kelib esa soxta diplomi uchun emas, balki o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketganli haqida rasmiy maʼlumot berilgan[11][12].

2022-yildan “Boursa National” kompaniyasi ijrochi direktori[13], 2023-yildan “Silk Road Research Academy” ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritadi[14].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Azamat Akbarov jami 27 ta ilmiy kitob muallifi hisoblanadi[15]. 2004-yilda Janubiy Koreyada ilk bor o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar uchun 200 betlik darslik yozgan[2]. 2013–2018-yillarida o‘zbekistonlik o‘qituvchi-professorlar bilan hamkorlikda maqolalar yozgan. 2015-yilda “Chet tilini o‘rgatishdagi yondashuv va usullar: nazariyadan ko‘nikmalargacha” (inglizcha: “The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications”) nomli kitobi nashr etilgan[16].

Azamat Akbarov asos solgan[17] FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) ilmiy konferensiyasi 2011–2016-yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017–2018-yillar Qozog‘istonda, 2019-yil Rossiya, 2020-yil Samarqandda, 2021-yilda Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan[18].

Kitoblari

tahrir
  • 2011-yil — Languages for Specific Purposes in Theory and Practice;[19]
  • 2012-yil — Communication Approach in English Through the Internet;[20]
  • 2014-yil — Multicultural Language Education : From Research into Practice;[21]
  • 2015-yil — The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications;[16]
  • 2016-yil — Current research on language learning and teaching: case study of Bosnia and Herzegovina;[22]
  • 2018-yil — Мотивация в изучении языка : взгляд с точки зрения общей тенденции и индивидуальных различий на уроках по изучению второго языка: монография[23].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Kun.uz. „Tilshunos professor bilan intervyu: til millatning ko‘zgusidir“ (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Sof.uz. „Ёш профессор Азамат Акбаров: “Тил ўрганиш — умидсизликни енгишдан бошланади”“ (23-iyul 2018-yil). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 Ilyos Safarov. „Intervyu: Azamat Akbarov - «soxta diplom» voqeasi va oliy ta'limdagi muammolar haqida“. Kun.uz (11-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  4. Qalampir.uz tahririyati. „Azamat Akbarovning diplomini soxtaga chiqarish kimga kerak bo‘lgandi? Olim bilan suhbat“ (3-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  5. O‘tkir Jalolxonov. „Harvard qanday nom qozongan? Mamlakatlarni oyoqqa turg‘izgan universitetlar haqida Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (3-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  6. „О деятельности Международного университета туризма «Шелковый путь».“ (ruscha) (4-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  7. Kun.uz. „Samarqandda diplomi soxta bo‘lib chiqqan prorektor ishdan olindi“ (13-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  8. Qalampir.uz tahririyati. „Prorektorning diplomi soxta bo‘lib chiqdi“ (25-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  9. Ozodlik radiosi. „В Узбекистане возбуждено уголовное дело против бывшего проректора, диплом которого был подделан“ (ruscha) (12-mart 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  10. Daryo.uz. „“Ipak Yo‘li” turizm universitetining diplomi soxta bo‘lib chiqqan prorektori ishdan olindi“ (13-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  11. Kun.uz. „Azamat Akbarov turizm universitetiga qaytmoqda. Uning diplomi soxta ekani isbotlanmagani aytildi“ (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  12. Qalampir.uz tahririyati. „Akbarovning diplomi soxtaligi isbotlanmadi, jinoiy ish tugatildi“ (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  13. Ilyos Safarov. „O‘zbekiston oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 10 yillik rejalariga erisha oladimi? – professor Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (22-iyul 2022-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  14. Dilshoda Shomirzayeva. „“Sifatli yo sifatsiz OTMni bozor aniqlashi kerak, davlat emas” - professor Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (25-fevral 2023-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  15. Gazeta.uz. „Samarqand turizm universiteti prorektorining diplomi soxtaligi haqidagi xabarlar isbotini topmadi“ (29-sentabr 2020-yill). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  16. 16,0 16,1 Azamat Akbarov. The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2015 — 590-bet. ISBN 978-1443876476. 
  17. Daryo.uz. „O‘zbekistonda ilk bor FLTAL megakonferensiyasi o‘tkazildi“ (18-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  18. Kun.uz. „11-FLTAL konferensiyasi Buxoro davlat universitetida o‘tkazildi“ (13-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
  19. Azamat Akbarov. Languages for Specific Purposes in Theory and Practice (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2011. ISBN 9781443833813. 
  20. Azamat Akbarov. Communication Approach in English Through the Internet (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2012. ISBN 9781443837590. OCLC 799144044. 
  21. Azamat Akbarov. Multicultural Language Education : From Research into Practice (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2014. ISBN 9781443863063. OCLC 892243562. 
  22. Azamat Akbarov. Current research on language learning and teaching: case study of Bosnia and Herzegovina (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2016 — 300-bet. ISBN 9781443889179. OCLC 948549796. 
  23. Azamat Akbarov. Мотивация в изучении языка: взгляд с точки зрения общей тенденции и индивидуальных различий на уроках по изучению второго языка: монография. (Ruscha). Қазақ университеті, Almaty, 2018 — 157-bet. ISBN 9786010432161. OCLC 1261637537.