Azamat Ziyo
Azamat Ziyo (toʻliq ismi: Azamat Ziyo Hamid oʻgʻli; 1963-yil 23-iyun, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — davlat hamda jamoat arbobi, akademik (2023-yil)[1][2][3][4]. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi[5]. „Milliy tiklanish“ partiyasi aʼzosi[6]. „Oʻzbekiston tarixi“ jurnali bosh muharriri[7]. 1963-yil 23-iyun kuni Toshkentda, taniqli oʻzbek tarixchi-olimi Hamid Ziyoev (1923—2015) oilasida tugʻilgan.
Azamat Ziyo | |
---|---|
Tavalludi |
23-iyun 1963-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Mashhur ishlari |
Oʻzbek davlatchilik tarixi Oʻzbek ayollari tarix sahnasida Amir Temur xorijda Amir Temur va Tugʻluq Temur Oʻzbekistonda Firdavsiy hayoti va ijodini oʻrganishga doir Temur tugʻilgan joy va masalasiga doir Temuriylar davri Hindiston tarixnavisligi |
Mukofotlari |
„Shuhrat“ medali Doʻstlik ordeni |
Dastlabki faoliyati
tahrirAzamat Ziyo 1985-yili Toshkent davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitet) Sharq tillari fakulteti Eron boʻlimini bitirgan.1985—1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi[8].
Ilmiy faoliyat
tahrir1990-yildan tarix fanlari nomzodi (disertatsiya mavzusi: „Silsilat as-salotin tarixiy manba sifatida“), 1999-yildan tarix fanlari doktori (disertatsiya mavzusi: „Oʻzbek davlatchiligi tarixidan“ (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). Azamat Ziyoga 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[manba kerak]. 2023-yildan Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, akademik.[1]
Lavozimlari
tahrir1997—2000-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti Devoni Axborot markazi tahlil guruhining bosh konsultanti, Oʻzbekiston Prezidentining matbuot kotibi, Oʻzbekiston Prezidentining Ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi. 2019-yili Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori etib tayinlangan[9].-
Siyosiy faoliyat
tahrirAzamat Ziyoning deyarli yigirma yillik faoliyati oʻzbek parlamentida kechgan: 2000—2005-yillarda Oliy Majlis Yoshlar ishlari qoʻmitasining raisi, 2005—2010-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, 2010—2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi[8].
1998-yildan Oliy Majlis deputati, 2005-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 2020-yildan Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi aʼzosi, Oliy Majlis Senati aʼzosi[10].
Orden va medallari
tahrir- „Shuhrat“ medali (1996)[11];
- Doʻstlik ordeni (2003)[12].
Asarlar va ilmiy ishlari
tahrir- Oʻzbek davlatchilik tarixi. Toshkent, 2000-yil.
- Oʻzbek ayollari tarix sahnasida. Toshkent, 2002.
- Amir Temur xorijda. T, 1996.
- Amir Temur va Tugʻluq Temur. T, 1996.
- Oʻzbekistonda Firdavsiy hayoti va ijodini oʻrganishga doir. T, 1987.
- Temur tugʻilgan joy va masalasiga doir. T, 1994.
- Temuriylar davri Hindiston tarixnavisligi. T, 1996.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзоларини тасдиқлаш тўғрисида“ (23-dekabr 2023-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2023-yil.
- ↑ prof. R.H.Murtazayeva. O'zbekiston tarixchilari I jild, 2012.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti“. 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi Azamat Ziyo: «Ishqilib uvoli tutmasin...»“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Deputat Azamat Ziyo: «Biz demokratiyani ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan qurmoqchi bo‘ldik»“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Tahririyat“. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „ЗИЕ АЗАМАТ ХАМИД УГЛИ“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Institut haqida“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
- ↑ https://toshkentdeputat.uz/deputy/20[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Bugun tugʻilgan kun“.
- ↑ „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ФАРМОНИ. ПФ-3300-сон“.