Azim Premji
Azim Hoshim Premji (gujarotcha: Azim Hashim Premji; 24-iyul, 1945, Mumbay, Hindiston[1]) – hindistonlik yirik tadbirkor, milliarder, Wipro Limited kompaniyasining rahbari. Forbes jurnalining 2020-yilgi roʻyxatiga koʻra, 17 milliard AQSH dollari miqdoridagi boylikka ega.[3][4] Ko'pincha, Ommaviy axborot vositalari tomonidan "hindistonlik Bill Gates" deb ta'riflanadi[5]
Azim Premji | |
---|---|
Azim Hashim Premji | |
Tavalludi |
Azim Hashim Premji 24-iyul 1945-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Turmush oʻrtogʻi | Yasmeen |
Bolalari |
Rishad Premji Tariq Premji[2] |
Veb-sayti | Azim Premji |
Biografiyasi
tahrirAzim Premji Mumbay shtatida etnik jihatdan Gujarotlik boʻlgan nomdor tadbirkorlar oilasida dunyoga kelgan[6][1][7][8]. Uning bobosi Hindistonda taniqli tadbirkorlardan biri boʻlgan[9]. 1967-yilda Stanford universitetini tamomlab, oʻziga meros qolgan „Wipro“ korxonasini boshqara boshlaydi. Korxona faqat moy chiqarishga ixtisoslashtirilgan edi. U korxonada islohotlar oʻtkazib, non mahsulotlari, shampunlar, bolalar sovuni, bir qator xoʻjalik mollari va boshqalar ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi. 1980-yillarda axborot texnologiyalarini Hindistonda keng yoyish maqsadida oʻz korxonasiga AQSHdan zamonaviy minikompyuterlar olib keltiradi va yangicha ishlab chiqarish turlarini joriy qiladi[10][11][12] Uning korxonasi juda tez rivojlanadi[13]. Azim Premji Hindistonning „Padma Bhushan“, „Padma Vibhushan“ ordenlari, Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan.
Xayriya faoliyati
tahrirTa’limga hissa qoʻshish maqsadida 2001-yilda Azim Premji Fondiga, 2010-yilda esa Azim Premji universitetiga asos soladi[14]. 2010-yilda u maktablar uchun 2 milliard dollar hadya qildi. Azim Premji mashhur milliarderlar - Bill Gates va Warren Buffett qatorida Tuhfa qasamyodiga qoʻshilgan. U mazkur xayriya guruhiga qoʻshilgan yagona hind hisoblanadi[15][16].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Azim Premji“. Britannica. Qaraldi: 26-dekabr 2013-yil.
- ↑ „What you didn't know about Rishad Premji“. Rediff (7-iyun 2007-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
- ↑ Azim Premji Profile Forbes.com. Retrieved September 2020
- ↑ „The World's Billionaires“. Forbes (3-mart 2009-yil). 2009-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-mart.
- ↑ With $1 billion corpus, PremjiInvest plays VC, PE, stockmarket game. Livemint (2008-06-10). Retrieved on 2013-07-28.
- ↑ „How a Muslim Billionaire Thrives in Hindu India“. The Wall Street Journal. Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
- ↑ „Azim Premji“. Worldofceos.com. 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2013-12-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Villager becomes a tycoon: Why everyone’s talking about Yasmeen Premji’s debut novel“ (29-iyul 2012-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2013-yil.
- ↑ „Billionaire Profile: Azim Premji by Mandovi Menon“. MENSXP.COM. Qaraldi: 1-oktabr 2013-yil.
- ↑ http://www.sentinel.com/
- ↑ Chakravarty, 1998:2
- ↑ Azim Premji Profile — Biography of Azim Premji — Information on Azeem Premji Wipro Technologies. Iloveindia.com (24-iyul 1945-yil). Retrieved on 2011-11-12.
- ↑ Wipro Ltd chief features in Business Week's "30 Greatest Entrepreneurs of all Time" list, 2009-07-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-08-19
- ↑ Azim Premji Foundation (Wayback Machine saytida 2013-06-29 sanasida arxivlangan). Azim Premji Foundation. Retrieved on 2013-07-28.
- ↑ „Azim Premji donates half of his wealth“ (20-fevral 2013-yil). 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2013-yil.
- ↑ „I have given 25% of my wealth to charity, Wipro chairman Azim Premji says“. PTI (19-aprel 2013-yil). 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2013-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Azim Premji haqida turkum mavjud |
- Profile (Wayback Machine saytida 2014-11-29 sanasida arxivlangan) Wiproda
- Profile Forbesda
- Gates, Bill. „Azim Premji“. Time (21-aprel 2011-yil). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2007-yil.
- Smith, David. „The story of Bangalore Bill“. The Guardian (27-avgust 2006-yil). Qaraldi: 9-avgust 2011-yil.