Azizbek Ikromov

oʻzbek davlat arbobi, ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

Azizbek Isroilovich Ikromov (oʻzbekcha: Азизбек Исраилович Икрамов) — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2023-yildan Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi. 2019-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

Azizbek Isroilovich Ikromov
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
2021-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Hotamov
Vorisi Davron Nazarmuhamedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyun 1978-yil (1978-06-10) (46 yosh)
Toshkent
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Biografiyasi

tahrir

1978-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

19962000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.

20002017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasida bosh mutaxassislikdan bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.

2017-yil apreldan oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi.

20172019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari[1].

20192021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.

20202021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari[2].

2021-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi[3].

2020-yil 26-noyabrdan 2023-yil 27-iyulgacha — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2023-yil 27-iyuldan Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi[4].

Manbalar

tahrir