Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi[1].

Oʻzbekiston Respublkasi Mudofaa vazirligi
Turi harbiy
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1992-yil 30-sentyabr
Joylashuvi Toshkent, 100023, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 100-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Shuhrat Xolmuhammedov
Bosh mahkamasi Vazirlik
Vebsayti mudofaa.uz
Til(lar)i Oʻzbek
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati
Map

Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Ichki qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinadi“, deb koʻrsatilgan edi. Bu 1991-yil 31 avgustda qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunda „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega“ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1991-yil 6-sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991-yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi qaroriga binoan, Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.[2]

Vazirlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Telegram sahifasi Video YouTubeda