Azizullo Mahmudov
Azizullo Mahmudov (1988-yil 5-yanvar, Andijon) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Azizullo Mahmudov | ||
Tavallud sanasi | 1988-yil 5-yanvar | ||
Tavallud joyi | Andijon Oʻzbekiston SSR | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009-2011 | Abdish Ota | - | (-) |
2011-2012 | Karşıyaka | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | Oʻzbekiston U20 | 2 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrir2011-12-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Azizullo Turkiya birinchi ligasi jamoalaridan biri Karşıyakaga oʻtdi[1]. 2007-yilda u Andijonning „Uz-Dong-Ju“ jamoasida toʻp surdi va Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibiga aylanib, mamlakat Oliy ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. Mahmudov chempionatda 27 ta oʻyin oʻtkazgan asosiy tarkib futbolchisi boʻlgan, biroq Uz-Dong-Ju soʻnggi 16-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketdi. 2009-yildan 2010-yilgacha „Andijon“ da oʻynagan. 2011-yilda u Qirgʻizistonning „Abdish-Ata“ klubida oʻynagan[2]. Mavsum yakunida Azizullo Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoaga kiritildi. Shundan soʻng u bir necha oy Izmirning „Karşıyaka“ jamoasida oʻynadi[3] va Turkiya Birinchi Ligasining ikkita oʻyinida qatnashdi[1]. 2011-yil dekabr oyida Mahmudov bilan shartnoma bekor qilindi[4]. Keyingi faoliyati nomaʼlum.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hasret bu sezon diner mi?
- ↑ „Составлена символическая сборная легионеров чемпионата Кыргызстана по футболу“ (ru). Вечерний Бишкек (2011-yil 15-noyabr). 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ Azizullo Mahmudov Soccerway saytida
- ↑ „Karşıyaka'da Izrailov ve Mahmudov gitti!“ (tr). NTVSpor.net. 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
Havolalar
tahrir- Transfermarkt
- Mackolik.com’da Azizullo Mahmudov
- goal.com İnternet Sitesi – Azizullo Mahmudov Profili (Wayback Machine saytida 2011-10-15 sanasida arxivlangan) 15 Ekim 2011 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi.
- soccerway.com İnternet Sitesi – Azizullo Mahmudov Profili 2 Ocak 2012 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi.