Bílá Voda
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bila Voda (nemischa: Weißwasser , polyakcha: Biała Woda) — Chexiyaning Olomuc viloyati Jesenik tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2023) yil holatiga koʻra 300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Bílá Voda | |
---|---|
Munitsipalitet | |
50°26′32″N 16°54′55″E / 50.44222°N 16.91528°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Olomouc |
Tuman | Jeseník |
Asos solingan | 1532 |
Maydon | 14.99 km2 (5.79 kv mi) |
Markazi balandligi | 305 m |
Aholisi (2023-01-01) |
337 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 790 69 |
|
Etimologiyasi
tahrirBila Voda nomining kelib chiqishi qishloqdan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga nomlangan. Bu nom tom maʼnoda „oq suv“ degan maʼnoni anglatadi.
Joylashuvi
tahrirBílá Voda — Chexiya Silesianing gʻarbiy nuqtasida, Polsha bilan chegarada joylashgan. Munitsipalitet Jesenikdan taxminan 31 kilometr (19 mi) shimoli-gʻarbda, Olomoucdan 98 km (61 mi) shimolda va Pragadan 182 km (113 mi) sharqda joylashgan.
Bila Voda — Sharqiy Neissa daryosining irmogʻi boʻlgan Bila Voda daryo vodiysi, Easterern Sudetes va Golden Mountains tog'lar tizmasining shimoliy qismida joylashgan. Munitsipalitetning eng baland nuqtasi dengiz sathidan — 768 metr (2,520 ft) balandlikda joylashgan. Munitsipalitet hududining uchdan ikki qismi oʻrmonlar bilan qoplangan.
Tarixi
tahrirBu hududda 1267 - 1271-yillarda Wyssoka nomli qishloq tashkil etilgan, ammo keyinchalik qishloq tashlab ketilgan. Bila Voda qishlogʻi 1532-yilda Schaffgotschlar oilasi tomonidan tashkil etiladi lekin Oʻttiz yillik urush paytida Bila Voda qishlogʻi vayron boʻladi va 1687-yilda Kłodzko shahridagi Liechtenstein oilasiga meros boʻlib oʻtgan[1].
Jakob Ernst von Liechtenstein-Kastelkorn, keyinchalik Olomouc shahar rahbari yordamchilari tomonidan bu yerda 1723-yilda Piarist kolleji tashkil etiladi. Avstriya vorislik urushi natijasida 1742-yilda Silesianing katta qismi Habsburg monarxiyasidan ajralib chiqadi va Bila Voda Sileziyaning boʻlinishi toʻgʻrisidagi protokol imzolangan boʻlsa-da, lekin u Avstriya Silesia tarkibidagi Bohemiya qirolligining chegara qishlogʻiga aylanadi. Munitsipalitetning deyarli barcha tomoni davlat chegaralari bilan oʻralgan. Piaristlar kolleji 1829-yilda tugatilgan[2].
1850-yilda Bíla Voda munitsipaliteti toʻgʻridan-toʻgʻri Bohemiya qirolligiga qoʻshiladi va Birinchi jahon urushidan keyin u yangi tashkil etilgan Chexoslovakiya davlatining bir qismiga aylanadi.
1938-yilda Chexoslovakiyaga qarshi urush boshlanadi va Myunxen kelishuvi buziladi. Bu hudud Germaniya fashistlari tomonidan bosib olinib, Reichsgau Sudetenland hududiga qoʻshiladi. Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar ittifoqchi asirlar uchun Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining E200 majburiy mehnat sublageri va qishloqdagi yahudiy ayollar uchun moʻljallangan Gross-Rosen lagerini boshqargan[3]. 1945-yilda Germaniya urushda magʻlubiyatga uchragach, qishloq Chexoslovakiyaga qaytariladi[4]. 1945-yildan keyin Nemis aholisi Beneš farmonlari va Potsdam kelishuviga binoan qishloqdan quvib chiqariladi.
Uzoqda joylashganligi sababli, urushdan keyin Bílá Vodani qayta tiklash qiyin kechadi. 1951-yildan, 1989-yilgacha munitsipalitet butun mamlakat boʻylab rohibalarni interniratsiya uchun ishlatgan. Asta-sekin, Yevropadagi eng yirik cherkov hamjamiyati shu yerga yigʻilib, bir vaqtning oʻzida 450 rohibani toʻplagan; Vaqt oʻtishi bilan 1000 ga yaqin rohibalar yashay boshlagan. 1989-yildan keyin rohibalarning bu yerni asta-sekin tark etishi Bílá Voda aholisining yanada kamayishiga sabab boʻlgan[5].
Demografiyasi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 1 475 | — |
1880 | 1 470 | −0.3% |
1890 | 1 330 | −9.5% |
1900 | 1 277 | −4.0% |
1910 | 1 166 | −8.7% |
1921 | 1 182 | +1.4% |
1930 | 1 104 | −6.6% |
1950 | 465 | −57.9% |
1961 | 673 | +44.7% |
1970 | 539 | −19.9% |
1980 | 588 | +9.1% |
1991 | 546 | −7.1% |
2001 | 316 | −42.1% |
2011 | 460 | +45.6% |
2021 | 370 | −19.6% |
Transporti
tahrirChexiya va Polsha chegara oʻtish yoʻli Bílá Voda / Zloty Stok munitsipalitetda joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirMunitsipalitetning eng muhim tarixiy yodgorliklari Piarist kolleji va Bibi maryam tashrif buyurgan cherkov. Cherkov dastlab 1602 - 1604-yillarda qurilgan va 1777-yilda barokko uslubida qayta tamirlangan[5].
XVIII asrda Jakob Ernst fon Liechtenstein Kastelkorn tomonidan qurib bitkazilgan. Ritsarning qarorgohi bugungi kunda ruhiy kasalliklar shifoxonasi hisoblanadi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Obec“. Bílá Voda. Qaraldi: 22-aprel 2024-yil.
- ↑ „Obec“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ „Subcamps of KL Gross- Rosen“. Gross-Rosen Museum in Rogoźnica. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
- ↑ „Working Parties“. Lamsdorf.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Pamětihodnosti obce a blízké okolí“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ „Pamětihodnosti obce a blízké okolí“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
Havolalar
tahrirVikiomborda Bílá Voda haqida turkum mavjud |