BYD Uzbekistan Factory
BYD Uzbekistan Factory – Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniasi boʻlmish BYD Auto (40%) hamda Oʻzbekistonning Oʻzavtosanoat aksiyadorlik jamiyati (60%) hamkorligida tashkil etilgan qoʻshma korxona. Ushbu MCHJ BYD kompaniyasining Xitoy tashqarisida tashkil etilgan birinchi QK hisoblanadi[1].
Turi | MCHJ QK |
---|---|
Sanoat | Avtomobilsozlik |
Maqomi | Faoliyat yuritadi |
Ishga tushgan sanasi | 2024-yil |
Joylashuvi | Jizzax, Oʻzbekiston |
Tarixi
tahrir2022-yil 14-fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Shavkat Mirziyoev „Mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar“ muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda[2] „Oʻzavtosanoat“ AJ raisi Shavkat Umrzoqovga ishlab chiqarishni oshirish[3] va Oʻzbekistonda 3 oy muddatda elektromobil tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq beradi[4].
Yana bir masala – jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli oʻrin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak.
— Sh. Mirziyoyev
2022-yil avgustida „Oʻzavtosanoat“ (UzAuto) va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi oʻrtasid Oʻzbekistonda BYD avtomobillarini toʻliq siklda (CKD) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha bitim imzolanadi[5][6]. 2024-yil 27-iyun kuni Jizzax viloyatida ushbu zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi[7]. Shu kuni zavod konveyridan ilk avtomobil chiqdi[8].
Loyiha
tahrirBirinchi bosqichdagi investitsiya hajmi 160 mln. dollar boʻlib, ishlab chiqarish hajmi 50 000 ta avtomobilni, ishchilar soni 1200 kishini tashkil qiladi.
Zavod
tahrirBYD Uzbekistan Factory zavod Jizzax viloyatida joylashgan boʻlib, uning maydoni 27 gektarga teng. Ishlab chiqarish maydoni esa 40 000 m2ni tashkil qiladi. 1350 ta konteyner sigʻimiga ega logistika maydoni mavjud. Zavodda 50 ta zamonaviy KUKA va ABB robotlar i, 21 ta AGV robotlari oʻrnatilgan. Hexagon oʻlchov uskunalari, oʻrnatilgan[9]. Zavodda payvandlash, boʻyash va yigʻish sexlari mavjud[10].
Maxsulotlari
tahrirIlk bosqichda zavodda Chazor, Song Plus modellari yigʻiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „BYD билан ҳамкорликни ривожлантириш режалари кўриб чиқилди“. prezident.uz (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ Prezident matbuot kotibi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ Prezident matbuot kotibi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ Prezident matbuot kotibi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „UzAuto ва BYD Ўзбекистонда автомобиллар ишлаб чиқаришга келишиб олди“. gazeta.uz (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 19-oktyabr.
- ↑ „UzAuto O’zbekistonda BYD avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda“ (19-oktyabr). Qaraldi: 19-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekistonda BYD’ning B, C va byudjet segmentidagi avtomobillari ishlab chiqariladi“. Daryo.uz (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Jizzaxdagi BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi“. prezident.uz (2024-yil 27-iyun). Qaraldi: 19-oktyabr.
- ↑ UZAVTO Rasmiy kanal(oʻzb.)
- ↑ UZReport kanali(oʻzb.)