Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan.
Oʻzbekistonda Avtomobilsozlik rivojlanish tarixi
tahrirMashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreyaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfaatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulushli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 million dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreyaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jihozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000 ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreyaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi boʻlib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico, iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qismlar xorijdan keltirilgan, keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy linyasi ishga tushirildi. Buning natijasida yangi Matiz rusumli yangi avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda GM-Oʻzbekiston kompaniyasi tashkil etildi va buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa avtomobilsozlikning mustahkam poydevori yaratildi.
MAN Auto-Uzbekistan
tahrir- Bu turkum uchun asosiy maqola: MAN Auto-Uzbekistan
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishchi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009–2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500 dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].
Mahsulotlari
tahrirAvtobus ishlab chiqarish
tahrir1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi. Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻzida 163 ta autobus, 302 ta yuk avtomobili ishlab chqarildi. 2000-yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001-yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band boʻlgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.
Ishlab chiqarilgan auotmobil nomlari
tahrir1996—h.v | Daewoo Damas |
1996—2004 | Daewoo Labo |
1996—2003 | Daewoo Tico |
2001—2017 | Daewoo Matiz |
1996-yildan | Daewoo Nexia |
2003-yildan | Daewoo Lacetti |
2007—h.v | Chevrolet Captiva |
2007—2012 | Chevrolet Epica |
2008—2009 | Chevrolet Tacuma |
2010—h.v | Chevrolet Spark |
2012—h.v | Chevrolet Malibu |
2013—h.v | Chevrolet Cobalt |
2013—h.v | Chevrolet Orlando |
2015—h.v | Daewoo Gentra |
2016-yildan | Chevrolet Nexia |
2018-yildan | Chevrolet Tracker |
2019-yildan | Chevrolet TrailBlazer |
2019-yildan | Chevrolet Equinox |
2019-yildan | Chevrolet Traverse |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Компания JV MAN Auto-Uzbekistan в Самарканде
- ↑ Приём в резиденции «Оксарой» Хокана Самуэльссона, 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-iyun 2019-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Новости Узбекистана: В Самарканде открылся новый завод JV MAN Auto-Uzbekistan“. 2015-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ anons.uz: В Самарканде открылся завод MAN, 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-iyun 2019-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „UzDaily.uz^ В Самарканде открылся новый завод JV MAN Auto-Uzbekistan“. 2015-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „ООО «СамАвто»“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „О MAN“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ adbl.uz: MAN Auto-Uzbekistan наладил экспорт своей продукции (Wayback Machine saytida 22-dekabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Немецкий концерн MAN расширяет своё производство в Узбекистане[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Автомобильная техника MAN Auto-Uzbekistan соответствует международным стандартам качества“ (deadlink). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
Havolalar
tahrir- uz. yellowpages.uz (Wayback Machine saytida 31-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
- Chevrolet.uz (Wayback Machine saytida 17-avgust 2013-yil sanasida arxivlangan)