Badal Nurmuhamedov (1913-yil 13-fevral Toshkent – 1991-yil 21-iyun) – aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatr texnikumini (1935), „Oʻzbekfilm“ qoshidagi kinoaktyor, kinorejissyor, kinooperator tayyorlov studiyasini (1938) tugatgan. 1938—1941-yillar Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rejissyor, aktyor, 1941—1948-yillar Muqimiy teatrida, 1948—1991 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Karl bobo („Buratino“), Davron („Oʻqituvchi“), Moʻmin ota („Oq kema“), Oxun Boboyev („Ota yurtim oqsoqoli“), Qovoqvoy („Chippolino“), Mahkam ota („Oʻz uyingdasan“), Mahalla oqsoqoli („Farzandim jigʻarbandim“) kabi rang-barang harakterdagi kishilar obrazini yaratib, milliy teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Sahnada koʻp gapirmasada, butun xatti-harakat, koʻz qarashlari, yuz ifodasi bilan qahramonning ichki dunyosini ochib bera olish, ishonarli talqin, samimiylik Numuhamedov ijodiga xos. Bir qancha filmlar (Nozim, „Tohir va Zuhra“; domla, „Alisher Navoiy“ va boshqalar)da ham suratga tushgan. Televideniyeda „Otalar soʻzi – aqlning koʻzi“ koʻrsatuvining doimiy (1978—1991) boshlovchisi boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil