Badda-Kiari sindromi
Badda-Kiari sindromi — bu jigardan qon oqimining buzilishidan kelib chiqadigan patalogik holat hisoblanadi. Bu pastki kovak venadan koʻtarilgan tromboz natijasida jigar venalarining obliteratsiyasi natijasida yuzaga keladi[1].
Epidemiologiyasi
tahrirBadda-Kiari sindromi bilan kasallanish har 100 000 kishidan 1 tasida aniqlanadi.
Tasniflanishi
tahrirBirlamchi Badda-Kiari sindromi
Buning sababi kongenital stenoz yoki pastki kovak vena membranalarining birlashishi boʻladi.
Ikkilamchi Badda-Kiari sindromi
Sabablari tugʻma va orttirilgan boʻlishi mumkin, trombofiliya, peritonit, qorin boʻshligʻi oʻsmalari, jigar sirrozi, polisitemiya, visseral tromboflebitlar keltirib chiqaruvchi asosiy kasalliklar hisoblanadi.
Klinik kechishi boʻyicha
Oʻtkir — jigar yoki pastki kovak vena trombozi natijasida kelib chiqadi. Belgilar toʻsatdan paydo boʻladi va ogʻir kechadi. Tibbiy yordam koʻrsatilmagan taqdirda, u bir necha kun ichida bemorning oʻlimda ham sabab boʻlishi mumkin.
Surunkali.
Obstruktsiyaning joylashuvi boʻyicha I tip Badda-Kiari sindromi — pastki kovak venasining obstruktsiyasi va jigar venasining ikkilamchi obstruktsiyasi.
II turdagi Badda-Kiari sindromi katta jigar venalarining obstruktsiyasidir.
III turdagi Badda-Kiari sindromi jigarning mayda venalarining obstruktsiyasi[2].
Diagnostikasi
tahrirUltratovush tekshiruvi(UZI) jigarning diffuz shikastlanish belgilarini aniqlashi va jigar venalari yoki pastki kovak venada trombni aniqlashi mumkin;
- Doppler ultratovush tekshiruvi tomirlarda qon aylanishini vizualizatsiya qilish uchun ishlatiladi, shuningdek, tomirlar tarmogʻini aniqlash imkonini beradi;
- MRT jigar shikastlanishini aniqlay oladi;
- Qon ivish tizimining buzilishlarini aniqlash uchun koagulogramma qoʻllanadi;
- Jigar shikastlanishini baholash uchun biokimyoviy qon tahlili qilinadi. Qondagi AST , ALT va gidroksidi fosfataza miqdori aniqlanadi.
Davolash
tahrirKonservativ davolash Dori terapiyasi: antikoagulyantlar, sindromning oʻtkir shakli uchun trombolitik terapiya va diuretiklar qoʻllanadi[3];
Jarrohlik davolash Konservativ terapiya samarasiz boʻlganda, jarrohlik amaliyoti zarur boʻladi: birlamchi sindrom uchun angioplastika, ikkilamchi sindrom uchun bypass operatsiyasi oʻtkaziladi . Oʻtkir shakli boʻlgan bemorlarga jigar transplantatsiyasi amalga oshiriladi[4].
Jigar transplantatsiyasidan keyin bemorning sogʻayish darajasi 50-96% ni tashkil qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BD%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%BC_%D0%91%D0%B0%D0%B4%D0%B4%D0%B0_%E2%80%94_%D0%9A%D0%B8%D0%B0%D1%80%D0%B8#cite_note-2
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BD%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%BC_%D0%91%D0%B0%D0%B4%D0%B4%D0%B0_%E2%80%94_%D0%9A%D0%B8%D0%B0%D1%80%D0%B8#cite_note-:0-3
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BD%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%BC_%D0%91%D0%B0%D0%B4%D0%B4%D0%B0_%E2%80%94_%D0%9A%D0%B8%D0%B0%D1%80%D0%B8#cite_note-:0-3
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BD%D0%B4%D1%80%D0%BE%D0%BC_%D0%91%D0%B0%D0%B4%D0%B4%D0%B0_%E2%80%94_%D0%9A%D0%B8%D0%B0%D1%80%D0%B8#cite_note-:0-3