BADIIY ASAR - adabiyot va san’atning voqea bo`lish va yashash shakli, yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy mulokot vositasi. Keng ma’noda badiiy asar  san’atning u yoki bu turi (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr) mansub bo`lgan, insonning go`zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati maxsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadi, yani ma`noda alohida olingan musiqa asari xam, haykal yoki rang-tasvir xam, film yoki spektakl xam  bari badiiy asar sanaladi. Termin faol qo`llanuvchi tor manosida badiiy adabiyotga mansub bulgan «Adabiy badiiy asar» ni bildiradi. Shu o`rinda adabiyotga mansub etiluvchi asarlarning hammasi xam badiiy asar bo‘lavermasligini, «Adabiy asar» bilan «Adabiy-badiiy asar» tushunchalari farqlanishini ta’kidlash lozim. Ya’ni «Adabiy asar» tushunchasining qamrov doirasi keng bo`lib, «Adabiy badiiy asar» uning tarkibiga kiradi hikoya, qissa, roman, memuar, sayohatnoma, esse janrlarida bitilgan asarlarning hammasi «Adabiy asar», biroq sanalganlar ichida hikoya, qissa va romanga nisbatangina «badiiy asar» deyish mumkin .

Adabiyotga mansub til vositalari

tahrir

Adabiyotga mansub  til vositalaridan tarkib topuvchi matn, u ham mohiyat e'tibori bilan nutq hodisasidir. Nutq esa, ma’lumki, jarayon bulib, bu jarayonning amalga oshishi uchun adresant va adresatning Bo‘lishi talab etiladi. Yani badiiy asar muloqot asosida dunyoga keladi. Ayni shu muloqot - ijod jarayoni asar matnida muxrlanadi. Asarni o`qish jarayonida muloqot qaytadan jonladi.  Endi yozuvchi «Tasavvurdagi suxbatdosh» mavqeiga o`tsa, o`quvchi real suxbatdoshga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

tahrir

Adabiyotshunoslik lug‘ati D.Quronov, Z.Mamajonov,M. Sheraliyeva,Toshkent «Akademnashr»2013[1]

  1. Adabiyotshunoslik lug‘ati.