Badik – folklor janri. Gul, gulafshon, koʻch-koʻch deb ham yuritiladi. Kishi tanasiga qizilcha, eshakyemi va boshqa toshmalar toshganda, goʻyo ularni "daf etish" uchun badikxon (badik aytuvchi)lar tomonidan ijro etilgan. Turkiy xalqlarda uchraydi. Asosan, badikxon bilan goʻyo bemor tanasiga joylashib olgan "yovuz ruh" oʻrtasidagi keskin kurashni aks ettiradi. Badik izchil shaklga ega boʻladi, hajmi turlicha, keskin buyruq ohangi bilan ijro etiladi. Badikning tili va badiiy-ifodaviy xususiyatlari xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil