Badruddin Samarqandiy

dorishunos, amaliyotchi olim

Andoza:Wikidata image

Badruddin Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tib olimi, dorishunos, amaliyotchi olim

Badruddin Samarqandiy (arabcha: بدر الدين سمرقندي — Badruddin Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy (vafoti taxminan 1194-yil)) — Tib olimi, dorishunos va amaliyotchi olim.

Hayoti va Faoliyati

tahrir

Badruddin Samarqandiy Samarqandda tavallud topgan, shu yerda ijod etgan. XII asrning mashhur tabiblaridan biri boʻlib, Ibn Sino va Abu Bakr Roziy (vafoti 313/925-yil) kabi Sharq buyuk tabiblarining ilmiy asarlarini mutolaa qilgan. Badruddin Samarqandiy qalamiga mansub „Aqrobozin“ („Murakkab dorilar“), yaʼni „Farmakopeya“ nomli qo‘lyozma asari bizgacha yetib kelgan. Uning bir nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHQMda saqlanmoqda (inv. M 3925). Bu asar „Qarobodin Qalonisiy“ nomi bilan ham mashhurdir. Ibn Abu Usaybi’a (1200-70-yil) „Tabiblar tarixi“ nomli asarida yozishicha, Badruddin Samarqandiy „Qarobodin“ asarini yozishda Ibn Sinoning „Qonun“, Abu Bakr Roziyning „Al-hoviy“, „Al-komil“ va boshqa sharq olimlarining tabobatga oid koʻpgina kitoblaridan foydalanganligini aytadi. „Qarobodin Qalonisiy“ning ikkinchi bir nusxasi Berlin kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 49 bobda murakkab dorilar tayyorlash uchun hozirlangan sodda dorivor narsalarni yuvish, quritish, qovurishdan tortib, ularni turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan talqon dori, kulcha dori, xamir dori, hab dorilar tayyorlashgacha boʻlgan jarayon sharh qilingan. Bulardan tashqari Badruddin Samarqandiy oʻz asarida zaharlarning davolik xususiyatlari, bir dori topilmaganda uning oʻrniga oʻtuvchi ikkinchi bir dorilar, hasharotlarga qarshi qoʻllanadigan dorilar va tibbiy oʻlchov vaznlari haqida mufassal gapiradi. Bu asar muallif yashagan davrda va undan soʻng ham tabiblar, ayniqsa, dorishunos tabiblarning eʼtiborini oʻziga jalb etgan va ular uchun dasturulamal — qoʻllanma vazifasini oʻtagan. Endilikda esa sharq dorishunoslik tarixini oʻrganishda asosiy manba vazifasini oʻtaydi. Asar Suriyaning Halab shahrida 1983-yilMaʼhadu-t-turosi-l-olamiyi-l-arabiy“ nashriyotida chop etilgan. Ibn Abi Usaybi’aning „Uyunu-l-anbo fi tabaqoti-l-atibbo“ („Tabiblar tabaqalari haqida maʼlumotlar bulogʻi“) nomli asarida Badruddin Samarqandiyning mashhur tabib ekanligi tilga olinadi. Badruddin Samarqandiyning murakkab dorilarga bagʻishlangan „Karobodin“ („Murakkab dorilar haqida kitob“, yaʼni „Farmakopeya“) nomli asari 49 bobdan iborat boʻlib, unda murakkab dorilarni tayyorlash jarayoni taʼriflangan. „Karobodin“ Badruddin Samarqandiy yashagan davrda va undan soʻng ham tabiblar, ayniqsa, dorishunoslar uchun dasturulamal vazifasini oʻtagan. Asarning XVI asrda koʻchirilgan bir qoʻlyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHQMda saqlanmoqda (inv. № 3925).[1]

Asarlari

tahrir
„Karobodin“

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 552.