Aditya Prateek Singx Sisodia (1985-yil 19-noyabrda tugʻilgan) sahnada Badshah nomi bilan tanilgan hindistonlik reper, qoʻshiqchi, kino prodyuseri va hind, haryanvi va panjob tillarida yozilgan musiqalar muallifi boʻlgan biznesmendir[1][2][3]. U o'z karyerasini 2006-yilda Yo Yo Honey Singx bilan birga Mafia Mundeer Hip Hop guruhida boshlagan. Ijodkor 2012-yilda guruhdan ajralib chiqadi va oʻzining mustaqil ravishda haryanvi tilida yozilgan 2016-yilda Bollivudning „Kapoor & Sons“ nomli filmiga kiritilgan „Kar Gayi Chull“ nomli qoʻshigʻini chiqaradi. Uning musiqasi 2014-yilda ishlab chiqarilgan Bollivudning „Humpty Sharma Ki Dulhania“[4] va Khoobsurat nomli filmlari uchun saundtrek sifatida ishlatilgan[5]. U Genda Phool va Pagal kabi qoʻshiqlari uchun Hindistonning eng koʻp maosh oluvchi sanʼatkorlaridan biri va bahs-munozaralarga sababchi boʻlgan reper hisoblanadi.

Badshah
Tavalludi
Aditya Prateek Singh Sisodia

19-noyabr 1985-yil (1985-11-19) (38 yosh)
Dehli, Hindiston
Fuqaroligi Pokiston
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Jasmine Masih
(turm. 2012; ajr. 2020)
Bolalari 1

Hayoti va oilasi

tahrir

Badshoh Dehlida tavallud topadi. Otasi Haryanalik, onasi esa Panjoblik bo'ladi[6][7]. U Yasemin ismli ayol bilan turmush quradi[8]. Ularning Jessi Greys Masih Singx (2017-yil 11-yanvarda tug'ilgan) ismli qizi bor[9].

U musiqachi boʻlishdan oldin Varanasidagi nufuzli Banaras Hindu universitetiga matematika sohasi boʻyicha oʻqishga kiradi va Chandigarh PECda qurilish muhandisligi sohasida tahsil oladi. U yerda yangi panjabi musiqasi bilan tanishgani uni "rep" yozishiga turtki boʻldi. Agar u reper boʻlmaganida, hozirda IAS xodimi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan edi[10][11][12].

Karyerasi

tahrir

U musiqa sohasidagi faoliyatini „Cool Equal“ nomi bilan boshlagan, ammo keyinchalik ismini Badshahga oʻzgartirgan[13]. U ommaga g'ayritabiiy usulda talqin qilingan „Ish yo boy Baad-uh-sh-aa-ah“, yaʼni „bu sizning Badshahingiz“ nomli iborasini qoʻllashi bilan tanilgan.

2018-yilda Badshah oʻzining - „ONE“ („Haqiqiysi hech qachon tugamaydi“) nomli albomini ommaga taqdim etdi[14].

Ijodkor 2020-yil 7-avgustda klassik pop va xip-xop usulida yozilgan 8 ta trekdan iborat, Lisa Mishra, Sikander Kahlon, Fotty Seven, Bali and Music Producer Andy Grewal kabi ijrochilarining dasturlarini oʻz ichiga olgan „The Power of Dreams of a Kid“ nomli albomini chiqardi[15].

 
Badshah Raftaar ismli reper bilan.

Filmdagi karyerasi

tahrir

Badshahning aytishicha, Karan Johar unga „Lust Stories“ va „Good Newwz“ kabi filmlarda rol ijro etishini taklif qilgan, lekin popyulduzi baʼzi sabablarga koʻra bu taklifni rad etgan. Quyida keltirilgan jadvalda Badshah butun hayoti davomida rol ijro etgan yagona film keltirilgan.

Yil Film Rol Izohlar Mnb.
2019 Khandaani Shafakhana Gabru Ghaatak Debyut film [16]
2022 Ek Villain Returns Badshoh Kameo

Biznesdagi martaba

tahrir
 
Badshah o'zining BADFIT brendining futbolkasini kiygan.

Badshoh bir necha marta oʻzining biznes tashabbuslari haqida gapirgan, u 2018-yilda „Take OFF“ qoʻshigʻida uning kamida 9 xil biznes loyihalari borligini taʼkidlagan[17]. BADFIT Clothing[18], Dragonfly Experience[19], Afterhours Productions[20] - uning baʼzi taniqli brendlari hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Godha, Ronak (19 February 2016) Badshah Live Musical Concert – Ft. Aastha Gill & DJ Rebirth on 21st Feb. EdYouCatives
  2. Packed in promise | chandigarh. Hindustan Times (5 January 2014). Retrieved 16 October 2015.
  3. I don't want to compose Bollywood albums: Badshah. The Indian Express (14 June 2015). Retrieved 10 August 2015.
  4. Maheshwri. „Saturday Saturday maker Badshah: I'm an artiste, not a preacher“. The Times of India. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  5. Bhasin. „Music Review: Badshah replaces Honey Singh but Khoobsurat's soundtrack is a mess“. First Post (2014-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  6. „Badshah buys Rolls Royce Wraith priced at Rs 6.4 crore, says 'Apna time aa gaya'“. Hindustan Times. Indo-Asian News Service (IANS) (2019-yil 30-aprel). 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  7. Whenever I need inspiration, I go to Delhi: Badshah, The Times of India (11 July 2014). Retrieved 16 October 2015.
  8. Did you know bad boy Badshah is a cute loving husband in real! Meet his adorable wife, Dainik Bhaskar, 16 November 2015.
  9. sahay, gaurav. „Singer-rapper Badshah: I hated kids... until my daughter was born“. Hindustan Times. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  10. Hebbar. „'If I wasn't a rapper, I'd have been an IAS officer': Everything you wanted to know about Badshah, who calls himself a 'prime-time' version of Honey Singh“. IBN Live. 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  11. Packed in promise. Hindustan Times. (5 January 2014). Retrieved 10 August 2015.
  12. „Badshah: I still have my St Stephen's ID, that is something worth flaunting“. The Times of India. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  13. „Aditya Prateek Singh Sisodia Was 'Cool Equal' Before Finally Becoming 'Badshah'!“. Ghaint Punjab. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  14. „Badshah reveals the Bollywood actress he has a crush on“. outlookindia.com/. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  15. IANS. „Badshah set to drop new hip-hop album with eight tracks“ (en-US). Telangana Today. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  16. „Sonakshi Sinha, Varun Sharma, Annu Kapoor and singer Badshah [makes his acting debut... Titled confirmed: #KhandaaniShafakhana... Release date finalized: 26 July 2019... Directed by Shilpi Dasgupta... Produced by Bhushan Kumar, Mrighdeep Singh Lamba and Mahaveer Jain.“]. Taran Adarsh. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  17. Badshah - Take Off | The Boss | ONE Album | Lyrics Video (inglizcha), qaraldi: 2021-03-14
  18. IANS. „Rap artist Badshah to launch high street clothing line, Badfit“ (en-US). Indiaretailing.com (2017-yil 18-avgust). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  19. „Bollywood Rapper Badshah Turns Entrepreneur, Launches Restrobar 'Dragonfly' in Delhi!“ (en-US). tennews.in: National News Portal - Breaking News, Live News, Delhi News, Noida News, National News, Politics, Business, Education, Medical, Films, Features (2019-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  20. „Badshah to produce a musical web-series under his newly launched production house Afterhours“ (en). www.radioandmusic.com. Qaraldi: 2021-yil 14-mart.

Havolalar

tahrir