Bagʻdod ipak qurti – Bagʻdod shahridan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 – 3 g), shakli uzunchoq, beldor, rangi oq, baʼzan sargish-yashil. Pillasidan 14 – 17% ipak chiqadi, ipakning tortilish miqdori 60 – 80%. Bagʻdod ipak qurti qurti Oʻzbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olishga kirishilgach, bundan voz kechilgan. Qisman seleksiya ishlarida foydalaniladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Bagʻdod ipak qurti" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil