Bagʻdod temir yoʻli – Bosfor boʻgʻozini Fors koʻrfazi bilan bogʻlaydigan temir yoʻl (uz. taxminan 2400 km)ning XX asr boshlarida kengtarqalgan nomi. Turkiya, Suriya va Iroq hududidan oʻtadi. 1888- yilda dastlab Germaniyaning „Doyche bank“i Bosfordan Izmirgacha 1871-yilda qurilgan temir yoʻlni Anqaragacha uzaytirish boʻyicha koniyessiyani Turkiya hukumatidan sotib oldi. 1899-yilda tuzilgan Fransiya-Germaniya bitimiga binoan.

Fransiya yoʻl qurilishiga sherik boʻldi. 1903-yilda temir yoʻl qurilishini davom ettirish konsessiyaning Turkiya tomonidan Germaniyaga berilishi yirik davlatlar urtasida ziddiyatlarning kuchayishiga sabab boʻlgan. Angliya-Germaniya bitimiga (1914) muvofiq, Germaniya Bagdoddan janubida Fors koʻrfazi yoʻnalishida temir yoʻl qurilishini Angliyaga berdi. Xususiy ingliz va fransuz kompaniyalari Bagʻdod temir yoʻlining soʻnggi qismlarini tugallab, foydalanishga topshirdi (1934 – 1941). Hozir Bagʻdod temir yoʻli qismlari Turkiya, Suriya va Iroqqa qaraydi. Texnika, transport va aloqa yoʻllarining taraqqiyoti tufayli Bagʻdod temir yoʻli oʻzining siyosiy-strategik ahamiyatini yoʻqotdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil