Bahorning 17 lahzasi
Rejissyor(lar) Tatyana Lioznova va Yulian Semyonov
Prodyuser(lar) Yefim Lebedinskiy, Zinoviy Genzer
Ssenariynavis(lar) Yulian Semyonov
Rollarda Vyacheslav Tixonov, Leonid Bronevoy, Oleg Tabakov, Yekaterina Gradova va boshq.
Sharhlovchi(lar) Yefim Kopelyan
Bastakor(lar) Mixail Tariverdiyev
Kinematografiya Pyotr Katayev
Muharrir(lar) Kseniya Blinova
Chiqarilgan sanasi 1973-yil
Davomiyligi 840 daqiqa
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Til ruscha

Bahorning oʻn yetti lahzasi (ruscha: Семнадцать мгновений весны) — 1973-yilda sovet kinoijodkorlari Yulian Semyonov va Tatyana Lioznova tomonidan yozuvchi Yulian Semyonovning shu nomdagi romani asosida ishlangan teleserial.

Serialda bosh qahramon — Maks Otto fon Shtirlits (asl ismi — Maksim Isayev)ning Germaniya armiyasida josuslik bilan shugʻullanishi tasvirlangan. Shitrlits rolini aktyor Vyacheslav Tixonov ijro etgan. Shtirlits Germaniya hukumatini fashistlar egallashidan ancha oldin (1927-yilda) Germaniya sotsial-demokratik ishchi partiyasiga qoʻshiladi. Gitler hokimiyatga kelgach, nemis kontrrazvedkasiga ishga oʻtadi. U quvgʻin qilingan nemis ziyolilari va taʼqibga uchragan ruhoniylar orasidan bir nechta agentlarni yollaydi. Shtirlitsning asosiy vazifasi Germaniya Ikkinchi jahon urushida yengilayotgan bir davrda Gitlerning gʻarbiy ittifoqchilar bilan oʻtadigan muzokaralarini buzish va separat sulh tuzishga yoʻl bermaslik edi. Filmda voqealar 1945-yilning bahorida kechadi.

Serial hozirgacha yaratilgan eng muvaffaqiyatli triller va sovet tarixidagi eng mashhur teleseriallardan biri hisoblanadi[1][2][3]. Serialga ishlangan ikkita qoʻshiq: „Lahzalar“ va „Olis Vatandagi qoʻshiq“ juda mashhur boʻlgan.

Serial syujeti

tahrir

1945-yil fevral, Germaniya. Maks Otto fon Shtirlits, Ostlend-SD tarkibida SS-shtandartenfyureri lavozimida ishlayotgan harbiy, (aslida sovet josusi Maksim Isayev) fashistik Germaniyaning soʻnggi kunlariga guvoh boʻlmoqda. Adolf Gitler Reyx taqdirini saqlab qolish uchun maslahatchilari Genrix Gimmler va Valter Shellenberg soʻzlariga kirib, AQSh bilan maxfiy ravishda muzokara olib borishga hamda gʻarbiy ittifoqchilar bilan separat sulh tuzishga intiladi. Shundagina, Germaniya hamma kuchlarini sovetlarga qarshi kurash uchun Sharqiy frontga toʻplay oladi. Shtirlits ushbu rejani astoydil buzishga kirishadi.

Shtirlitsga Moskva tomonidan amerikaliklar va nemislarning aloqalarini barbod qilish buyuriladi. Biroq uning yordamchilari boʻlgan radist Ervin va uning xotini Ket Kinnning uyi bombardimon qilinganda, uning vazifasi murakkablashadi. Ervin oʻldiriladi va uning homilador xotini kasalxonaga olib ketiladi. U ikkita yangi yordamchini — Germaniya qarshilik harakati sobiq aʼzosi professor Pleyshner va fashistik rejimni maʼqullamaydigan ruhoniy pastor Shlagni yollaydi. Shu bilan birga, Shtirlits Germaniya armiyasi bosh shtabidagi josusni fosh qilishga kirishgan Genrix Myullerga qarshi kurashishi hamda uning diqqatini boshqa narsaga chalgʻitishi lozim boʻladi. Shtirlits nemis generallari oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurashdan ustalik bilan foydalanishga kirishadi.

Gimmler va Shellenberg neytral Shveysariyaga amerikalik tadbirkor va siyosatchi Allen Dalles bilan muzokara uchun Karl Volfni yuborganidan xabar topgach, Shtirlits fashistlarning vakolatli organlari vakillari oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni avj oldirishga muvaffaq boʻladi. Valter Shellenberg, Martin Borman, German Gering, Genrix Gimmler, Genrix Myuller, Yozef Gebbels va boshqa nemis rahbarlari orasiga nifoq solishga erishgan Shtirlits, AQSh bilan tuzilishi kerak sulhni chippakka chiqaradi. 1945-yil 24-martda oʻz vazifasiga qaytgan Shtirlits Stalinga ish muvaffaqiyatli bajarilganini yetkazadi, sovet askarlari esa Berlinga ancha yaqinlashib qolayotgan edi.

Rollarda oʻynagan aktyorlar

tahrir
  1. Vyacheslav Tixonov — Maks Otto fon Shtirlits
  2. Yevgeniy Yevstigneyev — rofessor Pleyshner
  3. Lev Durov — Klaus
  4. Nikolay Volkov — Ervin Kin
  5. Yekaterina Gradova — Ket Kin
  6. Oleg Tabakov — Valter Shellenberg
  7. Leonid Bronevoy — Genrix Myuller
  8. Mixail Zaxarkovskiy — Ernst Kaltenbrunner
  9. Nikolay Prokopovich — Genrix Gimmler
  10. Yevgeny Kuznetsov — Fridrix Kryuger
  11. Edvard Izotov — Rudolf Shmundt
  12. Vladimir Udalov — Vilgelm Burgdorf
  13. Rostislav Plyatt — pastor Shlag
  14. Yuriy Vizbor — Martin Borman
  15. Fritz Diez — Adolf Gitler
  16. Vasiliy Lanovoy — Karl Volf
  17. Alexey Safonov — Yurgen Rolf
  18. Konstantin Zheldin — Vilgelm Xoltoff
  19. Vilgelm Burmeyer — German Gering
  20. Vyacheslav Shalevich — Allen Dalles
  21. Vladimir Emelyanov — Vilgelm Keytel
  22. Alexey Boryashinov — Albert Shpeyer

Serialning xalq orasida kutib qilinishi

tahrir

Efirga uzatilishi

tahrir
Seriya Asl efir sanasi 1973-yilgi seriya davomiyligi 2009-yilgi rangli versiyada davomiyligi Materialni kesish (%)
01 1973-yil 11-avgust 01:08:42 51:21 ~25 %
02 1973-yil 12-avgust 01:09:01 51:37 ~26 %
03 1973-yil 13-avgust 01:06:10 51:20 ~22 %
04 1973-yil 14-avgust 01:15:20 51:50 ~32 %
05 1973-yil 16-avgust 01:05:32 51:58 ~21 %
06 1973-yil 17-avgust 01:12:15 52:22 ~27 %
07 1973-yil 18-avgust 01:10:29 51:13 ~27 %
08 1973-yil 19-avgust 01:05:13 51:24 ~21 %
09 1973-yil 20-avgust 01:18:49 52:32 ~33 %
10 1973-yil 21-avgust 01:07:38 51:39 ~24 %
11 1973-yil 23-avgust 01:04:50 51:12 ~21 %
12 1973-yil 24-avgust 01:06:11 51:56 ~22 %

1973-yil 8-iyuldan 24-avgustgacha boʻlgan „Birnchi dastur“ kanali orqali efirga uzatilgan "Bahorning oʻn yetti lahzasi" seriali sobiq Sovet Ittifoqida juda mashhur boʻlgan. Klaus Mehnertning xabar berishicha, ilk namoyish etilgan paytda serial 50 mln.dan 80 mln.gacha tomoshabinni jalb eta olgan.[3]

Ivan Zasurskiy serialning jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini shunday taʼrifladi: "Uning birinchi namoyishi paytida shahar koʻchalari boʻshab qolardi. Bu xokkey oʻyinlaridan koʻra koʻproq tomoshabinlarni oʻziga jalb etgandi"[2]. Serial qoʻyilgan vaqtda jinoyatchilik darajasisezilarli darajada kamaydi[4], elektr stantsiyalari bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarishni koʻpaytirishga majbur boʻldi, chunki koʻplab televizorlarning faollashishi elektr energiyasini isteʼmol qilishning oʻsishiga olib keldi[1]. Richard Staytes bu serial televideniye blokbasteri ekanini yozgan.

Aleksey Chernayevning soʻzlariga koʻra, sobiq SSSR Bosh kotibi Leonid BrejnevBahorning oʻn etti lahzasi“ning ashaddiy muxlisi boʻlgan va butun serialni yigirma marta tomosha qilgan[5]. Entoni Olkottning taʼkidlashicha, Brejnev epizodlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qoʻmitasi yigʻilishlarini boshqa joyga koʻchirgani haqida mish-mishlar tarqalgan[6].

Mukofotlari

tahrir

1976-yilda rejissyor Lioznova, operator Pyotr Katayev va bosh rol ijrochilari Vyacheslav Tixonov va Leonid Bronevoy Rossiya SFSR ning aka-uka Vasilyevlar nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻlishadi.

2009-yil 23-dekabrda, oʻlimidan ikki hafta oʻtgach, Tixonov Shtirlits obraziga hurmat sifatida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jangovar yordam uchun medali bilan taqdirlandi[7].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 McDowell, Conger. P. 148.
  2. 2,0 2,1 Zasursky. P. 133.
  3. 3,0 3,1 Mehnert. P. 47.
  4. Vorontsov. P. 314.
  5. Volkogonov, Shukman. P. 306.
  6. Olcott. P. 5.
  7. Vyacheslav Tikhonov Posthumously Awarded. RIA Novosti, 23 December 2009.

Havolalar

tahrir