Brejnev Leonid Ilich (1906-yil, Dneprodzerjinsk – 1982-yil, Moskva) – KPSS MK 1 (1964-66) va bosh (1966—82) kotibi, sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1960-64, 1977-82). Marshal (1976). 1941—45-yillardagi urushda siyosiy ishda. 1946-yildan Ukraina KP(b) Zaporojye, Dnepropetrovsk viloyat qoʻmitalarining 1-kotibi, 1950—52-yillarda Moldaviya KP(b) MK 1-kotibi. 1953-yildan Armiya va Harbiy-dengiz floti Bosh siyosiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 1954—56-yillarda Qozogʻiston KP MK 2-kotibi, 1-kotibi. 1952— 53, 1956—60, 1963-64-yillarda KPSS MK kotibi. Nikita Xrushchyovni ishdan majburlab ketkazish tashkilotchilaridan biri (1964). Brejnev bosh kotiblik lavozimida ishlagan paytda mamlakatda turgʻunlik kuchaydi, iqtisodiyotda, jamiyatning ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida salbiy jarayonlar avj oldi. Iqtisodiyotda ekstensiv omillarga zoʻr berildi. Chexoslovakiyaga intervensiya amalga oshirildi (1968), Afgʻonistonga qoʻshinlar kiritildi (1979)[1].

Leonid Brejnev

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil