Bahrayn milliy futbol terma jamoasi
Bahrayn milliy futbol jamoasi (arab. mntkẖb ạlbḥryn lkrẗ ạlqdm) xalqaro futbolda Bahrayn sharafini himoya qiladi va 1951-yilda tashkil etilgan va 1966-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Bahrayn Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Terma jamoa hech qachon Jahon chempionatiga chiqmagan, lekin ikki marta juda qayin kelgan. Bahrayn 2004-yilda FIFAning eng yaxshi jamoaviy sovrinini qo‘lga kiritgan va 2004-yilgi Osiyo Kubogida chorak finalda O‘zbekistonni mag‘lub etgan, ammo yarim finalda Yaponiyaga 4:3 hisobida yutqazib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Oʻshanda Bahrayn uchinchi oʻrin uchun bahsda Eronga magʻlub boʻldi va shu tariqa umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Bahrayn 2019-yilda oltin yilni o‘tkazdi va Helio Sousa boshchiligida birinchi marta WAFF Chempionati va Arab Ko‘rfazi Kubogini qo‘lga kiritdi.
Tahallusi |
| ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Bahrayn Futbol Assotsiatsiya (BFA) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | WAFF (Gʻarbiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | POR Hélio Sousa | ||
Sardor | Sayed Mohammed Jaffer | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Salman Isa (156)[1] | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Ismail Abdullatif (47) | ||
Uy stadioni | Bahrayn Milliy stadioni | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 85 — Avgust 2022, | ||
Eng yuqori | 44 (Sentyabr 2004,) | ||
Eng past | 139 (Mart 2000,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Bahrayn 4-4 Quvayt (Bagʻdod, Iroq; 2 Aprel 1966) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Bahrayn 10-0 Indoneziya (Riffa, Bahrayn; 29 Fevral 2012) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Iroq 10-1 Bahrayn (Bagʻdod, Iroq; 5 Aprel 1966) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 7 (Ilk marta 1988-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2004) | ||
Arab kubogi | |||
Ishtiroki | 6 (Ilk marta 1966-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | 2-o‘rin sohibi (1985, 2002) | ||
WAFF Chempionati | |||
Istiroki | 4 (Ilk marta 2010-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2019) |
Tarix
tahrirDastlabki davr
tahrirBirinchi milliy terma jamoa 1959-yilda tashkil etilgan boʻlsa ham, Bahrayn terma jamoasi faqat 1966-yilda rasmiy ravishda yigʻilgan va Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib, 4:4 hisobida durang oʻynagan. Oʻsha paytda, Britaniya hukmronligi ostida boʻlishiga qaramay, Bahraynga avtonomiya berildi va ular bu imkoniyatdan foydalanib, oʻz futbolini rivojlantirishni kengaytirishdi. Shunga qaramay, Bahrayn oʻzidan kuchli hisoblangan Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Quvayt kabi Fors koʻrfazi jamoalari ichida oʻzini koʻrsata oldi. Bahraynning xalqaro muvaffaqiyati asosan Arabiston Koʻrfazi Kubogi bilan cheklangan edi.
1988-yilda Bahrayn oʻzining tarixida ilk bor OFK Osiyo Kubogiga yoʻllanma oldi, ammo 1988-yilgi Osiyo Kubogida ikkita durang bilan oxirgi oʻrinni egalladi. Oʻshandan beri Bahrayn U-17 va U-20 yoshlardagi muvaffaqiyatlariga qaramay, eʼtibordan chetda qoldi va hukumat futbolga kamroq sarmoya kiritdi. Faqat 20-asrning oxiriga kelib, Bahrayn haqiqatan xalqaro maydonda oʻz kuchini namoyon qildi va mamlakat futbolida yangi islohotlar amalga oshirildi.
Koʻtarilish
tahrirBahrayn 2000-yilgi Osiyo kubogi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida yaxshi oʻyin koʻrsatdi, ikkinchisi Bahrayn birinchi marta final bosqichiga chiqdi. Ularning birortasiga ham erisha olmaganiga qaramay, Bahrayn oʻzining eng katta futbol yutuqlaridan birini uddaladi: 2000 yilgi Osiyo Kubogida Damashqda boʻlib oʻtgan saralash bosqichida Eronni 1:0 hisobida, 2002-yilgi Jahon chempionatida esa oʻz maydonida 3:1 hisobida magʻlub etdi. Bu Eron futboli uchun eng sharmandali magʻlubiyatlardan biri edi. Bu gʻalaba Bahrayn uchun ahamiyatsiz boʻlsa-da, Eronni toʻgʻridan-toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasidan chiqarib yubordi va Saudiya Arabistoniga 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqishga yordam berdi, Eron keyinchalik saralashdan oʻta olmadi; Bahraynlik muxlislar bu gʻalabaga javoban Saudiya Arabistoni bayrogʻini koʻtarib, Bahrayn va Eron oʻrtasidagi ziddiyatni kuchaytirdilar.[2]
2006-yilgi jahon chempionati
tahrirOʻzbekiston va Bahrayn 2006-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻz guruhlarida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Bahrayn Oʻzbekiston bilan ikki oʻyin natijalariga koʻra pley-offga chiqdi va safardagi gol evaziga Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlub etildi. Bu Bahraynga toʻrtinchi oʻrinni egallagan KONKAKAF davlati (Trinidad va Tobago) bilan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun yana ikki oʻyinli pley-offga chiqish imkonini berdi. Ammo Port-of-speynda 1:1 hisobidagi durangdan keyin Bahrayn terma jamoasi Manamada 0:1 hisobida magʻlub boʻldi va Jahon chempionati final bosqichiga chiqolmadi.
2006 yil FIFA Jahon chempionati saralashi — OFK 4-raund pley-off | ||||
---|---|---|---|---|
1-jamoa | Pley-off formatida | 2-jamoa | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
Oʻzbekiston | 1-1 (Mehmondagi gollar qoidasi) | Bahrayn | 1-1 | 0-0 |
Futbol boʻyicha jahon chempionati 2006 saralash oʻyinlari (OFK — KONKAKAF pley-offi) | ||||
Bahrayn | 1-2 | Trinidad va Tobago | 1-1 | 0-1 |
Murabbiylar shtabi
tahrirLavozim | Ism-sharif |
---|---|
Menejer | Hélio Sousa |
Boshqaruvchi yordamchisi | Jose Carniero |
Ahmed Isa | |
Darvozabonlar murabbiyi | Pedro Roma |
Fitnes murabbiyi | Jose Herculano |
Jamoa tahlilchisi | Ahmed Kamal |
Murabbiylik tarixi
tahrir- Emad Al-Maawada and
Abdul-Salam Alam (1966) - Hamada El-Sharqawi (1970-1974)
- Danny McLennan (1974-1975)
- Jack Mansell (1976)
- Mal Thompson va Michael Gorman (1979)
- Ljubiša Broćić (1979-1981)
- Ali Ahmed Farouq (1981)
- Sebastião Pereira de Araújo (1982-1984)
- Keith Burkinshaw (1984-1986)
- Abdelmajid Chetali (1988)
- Uli Maslo (1990)
- Sebastião Pereira de Araújo (1992-1993)
- Ivan Katalinić (1994)
- Hamad Rashid Nasser Al-Noyami (1994)
- Fuad Boshqar (1996)
- Josef Hickersberger (1997)
- Ernesto Rosa Guedes (1998)
- Alexandru Moldovan (1999)
- Salman Sharida (2000)
- Victor Stănculescu (2000-2001)
- Wolfgang Sidka (2001-2002)
- Yves Herbet (2003)
- Srećko Juričić (2003-2005)
- Wolfgang Sidka (2005)
- Luka Peruzović (2005-2006)
- Riyadh Al-Thawadi (2006)
- Hans-Peter Briegel (2006-2007)
- Senad Kreso (2007)
- Milan Máčala (2008-2010)
- Josef Hickersberger (2010)
- Marjan Eid (2010)
- Salman Sharida (2010-2011)
- Peter Taylor (2011-2012)
- Gabriel Calderón (2012-2013)
- Anthony Hudson (2013-2014)
- Adnan Hamad (2014)
- Marjan Eid (2014-2015)
- Sergio Batista (2015-2016)
- Miroslav Soukup (2016-2019)
- Hélio Sousa (2019-hozir)
Futbolchilar
tahrirNatijalar
tahrir
Eng ko'p maydonga tushgan futbolchilartahrir
|
Eng yaxshi to'purarlartahrir
|
Manbalar
tahrir- ↑ Mamrud, Roberto; Stokkermans, Karel „Players with 100+ Caps and 30+ International Goals“. RSSSF. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
- ↑ „History of Iran vs. Bahrain | TeamMelli“. 2015-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrir- Bahrain Football Association official website (Wayback Machine saytida 2019-10-30 sanasida arxivlangan)
- Bahrain