Bakalyao Alonso Yusnel
Yusnel Bakalyao Alonso ( ispancha: Yusnel Bacallao Alonso; 1988-yil 21-iyun, Kolon, Matanzas) — kubalik shaxmatchi, grossmeyster (2012).
Faoliyati
tahrirBakalyao o‘zining birinchi xalqaro masterlik ballini 2008-yilda ,,Monkada Kubogi”da qo‘lga kiritgan va oradan ko‘p o‘tmay o‘zi tug‘ilgan Matansas provinsiyasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda grossmeyster Yuriy Gonsalesni ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallagan. 2009-yilda Kuba milliy chempionatining final bosqichiga qadar yetib borib, xalqaro master unvoni uchun zarur bo‘lgan uchinchi ballni qo‘lga kiritgan va sensatsiya ko‘rsatib, 4-o‘rinni egallagan (ushbu turnirda qo‘shimcha yana bitta o‘rin ajratilgan, biroq 4-o‘rin g‘oliblar qatoriga kiritilmagan[1]). Shu tariqa, Bakalyao xalqaro master unvonini olmagan holda birinchi marta grossmeyster normasini (talablarini) bajargan shaxmatchiga aylangan. (Ayni paytda Bakalyao talab qilinadigan standartning 11 tasini bajarishga erishgandi)[2].
2010-yilda xalqaro masterga aylangan Bakalyao 2012-yilda grossmeyster unvonini olgan. Bu La Roda (Ispaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda g‘alaba qozonganidan keyin yuz bergan. Bu turnirda Bakalyao qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha undan oldinda bo‘lgan[3] kubalik grossmeysterlar Sergey Fedorchuk va Xulio Granda bilan birinchi o‘rinni bo‘lishgan. Muvaffaqiyatli o‘yinlari Bakalyaoga Istanbuldagi Shaxmat Olimpiadasida[4],Kuba jamoasiga kirishga imkon bergan va u oltita o‘yinda to‘rt ochko to‘plagan. O‘sha yili Bakalyao Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etib, so‘ngi turgacha medallar uchun davogarlar qatorida bo‘lgan, ammo yakunda atigi 11-26 o‘rinlarni egallagan[5]. 2013-yil boshida Bakalyao yana Kuba chempionatida ishtirok etgan, biroq yana to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanib, shohsupaga ko‘tarila olmagan[6].
2017-yilda mutlaq qitʼa chempionatida yettinchi o‘rinni egallab, Bakalyao (Lasaro Bruson va Yuriy Gonsales bilan birga) sentyabr oyida Tbilisida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan[7].
Sportchining natijalar jadvali
tahrirYil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | O‘rin |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2009 yil | Las-Тunas | „Campeonato Nacional de Ajedrez Masculino Final 2009“ | 4 | 2 | 3 | 9 dan 5½ | [8] |
Моnkаdа-va-Reshak | „XVII Open Internacioal dʼEscacs Ciutat de Montcada 2009“ | 5 | 0 | 4 | 9 dan 7 | [9] | |
2011 yil | Barselona | „XIII Torneig Internacional Sant Marti 2011 Grup A“ | 5 | 0 | 4 | 9 dan 7 | [10] |
2012 yil | Lа-Roda | „39° Torneo Internacional de Ajedrez“ | 6 | 0 | 3 | 9 dan 7½ | [11] |
Reyting o‘zgarishi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Lázaro Bruzón es el Campeón Absoluto de Cuba 2009“ (es). Noticias de ajedrez (29/01/2009). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ Nibaldo Calvo Buides. „Yusnel Bacallao, Nuevo GM Cubano!“ (es). Simplemente ajedrez (2011/07). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ „El cubano Yusnel Bacallao gana el Abierto Internacional de La Roda“ (es). Cuba Encuentro (2012-yil 4-sentyabr). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ Michel Yglesias. „Yusnel Bacallao llegó al olimpo del ajedrez“ (es). Torre 64 (12 de julio de 2012). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ Albert Silver. „Mar del Plata 2012 : The banana ate the monkey“ (en). Chess News (2024-yil 23-oktyabr). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ „El GM Isán Ortiz ganó el Campeonato Nacional de Cuba 2013“ (es). Chessdom (2013-yil 19-fevral). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
- ↑ Jorge C. de la Paz. „Bruzón y Bacallao vuelan directo a Tbilisi“. Granma (18 de junio de 2017). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-avgust.
- ↑ „1-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
- ↑ „2-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
- ↑ „3-я норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
- ↑ „норма гроссмейстера“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
- ↑ Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)
Havolalar
tahrir- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)