Bali mushugi[1], Baliya mushugi yoki Baliy (inglizcha: bali) – kalta yungli mushuk zotlaridan biri[1]. Bu zot Amerikalik kalta yungli Siam mushugi navidan paydo boʻlgan.

Bali mushugi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Siam mushuklari
Urugʻ: Siam

Tarixi

tahrir

Bali mushuklari kalta yungli siam mushuklar navidan paydo boʻlgan. Ularning naslida uzun yungli mushukchalar 30-yillarning boshlarida paydo boʻlgan.

1928-yilda AQShda Siam juftligining birinchi uzun yungli mushukchalari tugʻilgan. Bunday „hodisalar“ muntazam ravishda sodir boʻlib turgan, ammo selektsionerlar buni hammaga oshkor qilishmagan. Kalta yungli ota-onalar uzun yungli bolalarni dunyoga keltirgani uchun ularning hayoti „shohona“ tarzda oʻtkan.

Selektsionerlar tabiiy mutatsiyaga uchragan va ular ilgari boʻlmagan hayvonlarni koʻpaytirishni boshlagan. Ish Nyu-Yorklik Xelen Smit va Kaliforniyalik Marion Dorsi tomonidan bajarilgan. Qisqa vaqt ichida olimlar uzun yungli siam mushuklarining asl turlarini paydo qilishgan.

Bu zot birinchi marta 1963-yilda „Uzun yungli siam“ nomi qoʻyilgan[2]. 5 yildan soʻng uning nomi oʻzgargan. 1965-yilda zot roʻyxatga olingan va 1970-yilda Cat Fansiers' Association va TICAda „Bali“ bomi bilan tan olingan. 1972-yilda bu zot FIFe tomonidan ham tan olinib, 1984-yilda uni oʻz tarmoqlariga kiritgan. Birinchi Bali namunasi 1967-yilda takomillashtirilgan va 1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan. Ushbu eng soʻnggi namuna 1970-yilda Cat Fansiers' Association tomonidan aniqlangan. 1988-yilda SSSRga Chexiya Respublikasidan birinchi „blue-tabby-point“ navi keltirilgan.

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Boshi oʻrtacha kattalikda boʻlib, uzun nozik bo'yini, katta quloqlari, tekis tumshug'i, baquvat iyagi va toʻgʻri tishlari bor.

Yonboshdan boshidan burun uchigacha boʻrtiqsiz va choʻkmalarsiz toʻgʻri shakilda koʻrinadi.

Pastki jagʻi oʻrtacha kattalikda rivojlangan va uning eng past nuqtasi burun uchi bilan bir xil vertikal chiziqda joylashgan.

Quloqlari hayratlanarli darajada katta, bir-biridan keng ajratilgan. Toʻgʻri chiziqlar iyakdan quloq uchlarigacha choʻzilib, yonoq suyaklarida toʻxtamasdan uchburchak hosil qilgan.

Koʻzlari „sharqiy“, bodomsimon, goʻyo xanjar chiziqlarini kabi qiya shakilda joylashgan. Ular keng oraliqda, aniq, chuqur va koʻk boʻladi.

Tanasi oʻrtacha kattalikda boʻlib, ingichka baland oval panjali oyoqlari, baquvat suyaklari va yaxshi rivojlangan mushaklari bor. Yunglari kestirilib yelkalaridan uzun boʻlmasligi kerak. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlardan bir oz balandroq. Erkaklari ayol mushuklardan odatda kattaroq boʻladi.

Dumi uzun, ingichka, qamchiga oʻxshash. Quyruqdagi uzun osilgan yunglari plomba hosil qiladi.

Moʻynasi oʻrtacha uzunlikdagi, nozik, ipaksimon, astarsiz. Yungi boshdan quyruqgacha choʻzilgan. Eng uzun yunglari quyruqida joylashgan.

Namunasi

tahrir

Rasmlar

tahrir

Qoʻshimcha maʼlumotlar

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Andoza:БРЭ
  2. „Mashhur yulduzlarga o‘xshagan jonivorlar“. https://daryo.uz/.+2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.