Suyak
Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suyak toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima-mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar), yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi. Naysimon suyaklarning o`rta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi-periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4-15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.
Suyak-kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana qarang Suyak sinishi, Suyak chiqishi, Skelet).
Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va kutubxonasi o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va qo'l panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan iborat.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi.
1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar — yelka, bilak, son va boldir suyaklari qo‘l va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch vazifasini bajaradi; Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming o'rta qismi tanasi— diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklda. Naysimon suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. U larn in g kengaygan uchi — epifiz (epiphysis) deb ataladi. Unda qo'shni suyak bilan birlashuvchi bo'g'im yuzasi (facies articularis) bo'lib, u bo'g'im tog'ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g'ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g'ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to'sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizni epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis) deyiladi. Bu sohada zich modda yupqalashib kam ayib boradi; m etafiz g'o v ak tuzilishga ega.
2. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar; b)kalta g'ovak suyaklariga—umurtqalar, q o 'l-o y o q , kaft usti va kaft oldi suyaklari kiradi, ular k o 'p qirrali shaklga ega. U lar asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan.
3.Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo'shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog'i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich qavat (lamina externa) va ichki zich qavat (lamina interna) o‘rtasida joylashgan mayda katakchali g'ovak moddadan (diploe) tashkil topgan.
4, Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga, ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to'la bo'shliq bo'ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va g'alviisimon suyaklari kiradi. Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo'ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb ataladi. Bulaiga bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o'simta (processus) kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro chekkalar (margo) bilan chegaralanadi. Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bo'ladi
Adabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |