BALIQCHI QOʻLTIGʻI (Ribatskiy qoʻltigʻi) — Orol dengizining jan. dagi 1979 y.gacha boʻlgan qoʻltiq. Gʻarbda Moʻynoq yarim orol va sharqda Amudaryo (Okdaryo)ning dengizga quyilgan joyidagi chiqiq bilan chegaradosh. Baliqchi qoʻltigʻi jan.da Baliqchi suv havzasi bunyod etilgan. U Oqdaryo, Madalioʻzak, Toldiq kanallari suvlari hisobiga toʻyinadi. Baliqchi suv havzasining chuq. 0,5 – 2 m, baliqchilikda foydalaniladi. Baliqchi qoʻltigʻi ning qolgan qismi zol qumlari (barxan, doʻng qumlar) va qoldiq shoʻrxoklar bilan qoplangan. Shoʻra, yulgʻun, qorabaroq, shoʻrxoklarda qorasaksovul, siyrak holda cherkez oʻsadi. Baliqchi qoʻltigʻi ning qum bosgan qismida shamolda qum koʻchishini kamaytirish maqsadida galofit va kserofit ihotazorlari barpo qilinmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil