Banu al-Ash’ar (arabcha: بنو الأشعر ; Qadimgi Janubiy Arabiston yozuvida:, ʾs²ʿrn) al-Ashoira nomi bilan ham tanilgan (arabcha: الأشاعرة) — Arabiston yarim orolidagi Yaman hududida yashagan qahtoniy qabilalar. Paygʻambarning sahobasi Abu Muso al-Ash’ariy ham shu qabiladandir.

Banu Ash’ar
بنو الأشعر
Etnik tarkibi arab
Nisba Al-Ash'ari الأشعري
Joylashuv Yaman, Falastin

Tarixi va kelib chiqishi

tahrir

Banu al-Ash’arning avlodi Nabat ibn Udad boʻlib, u Al-Ash’ar nomi bilan ham mashhur. Qabila nasl-nasabi quyidagicha: Nabot ibn Udod ibn Zayd ibn Yashjub ibn Orib ibn Zayd ibn Kahlon ibn Saboʻ ibn Yashjub ibn Yaʼrub ibn Qahton[1].

Nabat ibn Udad (Ash’ar)ning yettita oʻgʻli boʻlgan: Al-Jamohir, al-Atgʻom, al-Argʻom, al-[2] Adgʻom, Jidda, Abd Shams va Abdul-Turayya.

Banu al-ash’ar qabilasi asli Yamandagi Zabiddan edi. Rashidun xalifaligi (631-661) davridagi islomiy istilolardan keyin Banu al-Ash’arning koʻplab vakillari Bilod ash-Shomga joylashish uchun koʻchib oʻtadilar. 892-yil haqida yozgan Yaʼqubiyning yozishicha, Banu Ash’arlar Tibir atrofida koʻpchilikni tashkil qilgan[3]. Yozuvlar shuni koʻrsatadiki, ular Al-Andalusga oʻrnashib olgan arab qabilalari orasida boʻlgan. Koʻpchilik Malagadagi Rayya tumanida, baʼzilari esa Sevilya shahrida joylashgan[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ibn Sa'd. Kitab al-Tabaqat al-Kabir (ar), 2018-12-18. ISBN 978-977-5046-87-1. 
  2. Ibn Hazm. „Jamharat Ansab al-'Arab“ (ar). 2018-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  3. Gil, Moshe. A History of Palestine, 634-1099 (en). Cambridge University Press, 1997-02-27. ISBN 978-0-521-59984-9. 
  4. Various. Routledge Library Editions: Muslim Spain (en). Taylor & Francis, 2016-07-01. ISBN 978-1-134-98576-0.