Muhammad bilan muloqot qilgan arab qabilalari
Paygʻambar Muhammad bilan oʻsha davrda bir qancha arab qabilalari aloqa oʻrnatgan.
Kirish
tahrirEng koʻzga koʻringan arab qabilalaridan biri Quraysh qabilasi boʻlib, qabilaning oʻzi bir necha kichik urugʻlarga boʻlingan. Muhammadning oʻzi aynan Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan. Quraysh qabilasi orasida Banu Abd-Shams urugʻi esa Banu Hoshimning eng ashaddiy dushmani sifatida tanilgan. Muhammaddan keyin musulmon xalqi Usmonli turklari hokimiyat tepasiga kelguniga qadar hudud faqat Quraysh qabilasi tomonidan boshqarilgan.
Bundan tashqari Qurayshning boshqa bir koʻzga koʻringan qabilalari orasida Banu Saqif va Banu Utub qabilalari boʻlgan.
Madinada qoʻnim topgan yahudiy qabilalari ham diqqatga sazovor qabilalardan boʻlishgan, ular orasida Banu Qurayza, Banu Nodir va Banu Qaynuqo qabilalari Muhammadning hayotida muhim rol oʻynagan, shuningdek, tarixda boʻlib oʻtgan Buas jangida ham ishtirok etgan. Ushbu qabilalar musulmonlarga qarshi chiqmaslik toʻgʻrisida shartnoma tuzishgan, biroq keyinchalik uni buzganliklari uchun urush boshlanishiga sabab boʻlishgan.
Qabilalar roʻyxati
tahrirPaygʻambar Muhammad bilan aloqada boʻlgan arab qabilalariga quyidagilar kiradi:
- Quraysh — Makkadagi eng mashhur urugʻ.
- Banu Kinana — Qurayshga aka-uka qabilalar, ular Makkada va Makka atrofida mashhur boʻlgan.
- Banu al-Axdariy (Quraysh qabilasi boʻlimi) – Jazoir va Yamanda juda katta taʼsirga ega boʻlgan.
- Banu Bakr ibn Abdumanat — Yalamlam va Yasrib shahri atrofidagi urugʻlardan biri boʻlib, Banu Kinana qabilasining boʻlimi boʻlgan.
- Banu Jozima — Yalamlam shahrida joylashgan, Banu Kinana urugʻining bir tarmogʻi.
- Banu Xotayl — Huzaymaning aka-ukalari va ularning Makkadagi qoʻshnilari[1].
- Banu Saqif — Toif shahrida joylashgan qabila, boshligʻi Urva ibn Mas’ud.
- Banu Bariq — Borak shahri qabilasi.
- Banu Utub — Najd shahridagi qabila.
- Banu G'atafon — Yasrib va Xaybarning sharqiy qismidagi qabila.
- Banu Hilol – Hijoz va Najd qabilasi.
- Banu Tamim — Markaziy Arabistondagi hukmron kuch.
- Banu Saʼd qabilasi.
- Banu Amr — xalifa Umar va uning hamrohlari Makkadan hijrat paytida ular bilan birga boʻlgan.
- Banu Davs — Makkaning janubiy qismidagi qabila, boshligʻi Abu Hurayra.
- Banu Abs — boshligʻi Huzayfa ibn al-Yaman.
- Banu Juma.
- Banu Kalb.
- Abdulqays.
- Banu Xuzoa — Makka va Badr oʻrtasidagi qabila.
- Banu Hanifa — Banu Bakrning bir tarmogʻi.
- Banu Laxm.
Madinada joylashgan qabilalar:
Yahudiy qabilalari:
- Banu Alfajir.
- Banu Alkahinon — Horun naslidan kelib chiqqan qabila[3].
- Banu Avf.
- Banu Horis yoki Banu Chorath Najron shahri hukmdor qabilalari[4][2].
- Banu Nodir – Yasribda joylashgan al-Kahinon qabilasi boʻlimi.
- Banu Najjor[4][2]
- Banu Qaynuqo — yarim oroldagi yahudiy qabilalarining Islomdan oldin eng kuchli qabilasi[5][4][2].
- Banu Quzoa – sadduqiy yahudiylikni qabul qilgan Himʼyariy qabilasi[6].
- Banu Qurayza – Yasribda joylashgan al-Kahinon qabilasi boʻlimi.
- Banu Shutayba[4][2].
Yamanda yashagan qabilalar:
- Banu Ash’ar qahtoniy qabila
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Banu Hothail
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Dr. Muhammad Tahir-ul-Qadri, Constitutional Analysis of the Constitution of Madina Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh. (excerpt) - ↑ 3,0 3,1 jewishencyclopedia.com
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Norman A. Stillman, The Jews of Arab lands: a history and source book, p. 117
- ↑ jewishencyclopedia.com
- ↑ Joseph Adler (May/June 2000), The Jewish Kingdom of Himyar (Yemen): Its Rise and Fall, Midstream, Volume XXXXVI No. 4