Banu Tamim (arabcha: بَنُو تَمِيم) – Arabiston yarim orolidagi Najd va Hijoz viloyatida paydo boʻlgan arab qabilasi[2]. Asosan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Iroq[3] Ummon[4], Iordaniya, Livan, shuningdek, Jazoir[5][6], Marokash[3], Falastin, Tunis[7][7] va Liviyada istiqomat qiladi[3]. Bundan tashqari, qabila vakillari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning boshqa koʻplab qismlarida, masalan, Misr va Erondagi Xuziston viloyatida ham mavjud[3]. Tamim soʻzi arabchada kuchli va mustahkam[8][9], mukammallikka intilish uchun kurashadigan kishi maʼnolarini anglatadi[10].

Banu Tamim

بَنُو تَمِيم

Mudariy arab qabilasi
Banu Tamim qabilasining

Banu Saʼd ibn Zayd Manat

boʻlimining Siffin jangidagi bayrogʻi
Etnik tarkibi Arablar
Nisba At-Tamimiy

ٱلتَّمِيمِيّ

Joylashuvi Arabiston, Shimoliy Afrika va Levant
Kelib chiqishi Murr ibn Udd ibn Amr (Tabixa) ibn Ilyos ibn

Mudar ibn Nizor ibn Maʼdd ibn Adnanning oʻgʻli

Tamim ibn Murr[1]

Ota-ona qabila Banu Mudar
Boʻlimlari
  • Banu Amr
    • Banu Anbar
    • Banu Usayd
    • Banu Asad
    • Banu Malik
    • Banu Horis
    • Banu Qalib
  • Banu Saʼd
    • Banu Kab
    • Banu Amr
    • Banu Horis
    • Banu Malik
    • Banu Avafa
    • Banu Jashm
    • Banu Abd Shams
  • Banu Hanzala
    • Banu Malik
    • Banu Yarbu
  • Banu Haram
    • Banu Robi’a
    • Banu Amr
    • Banu Marah
    • Banu Gʻolib
    • Banu Kulfa
    • Banu Qays
  • Banu Rabbob
    • Banu Uday
    • Banu Tim
    • Banu Tavr
    • Banu Avf
    • Banu Dabba
Tili Arab tili
Dini Islom
Familiya
  • At-Taniy
  • Al-Anbariy
  • Al-Yahyo
  • Al-Avaziy
  • Ar-Rashid
  • Al-Vahibiy

Tarixi va kelib chiqishi

tahrir

Banu Tamim qabilasining shajarasi: Tamim ibn Murr ibn Udd ibn Amr ibn Ilyos ibn Mudar[11] ibn Nizor ibn Maʼd ibn Adnan[12] – Ismoil ibn Ibrohimning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi[13].

Banu Tamim Arabistonning eng yirik qabilalaridan biri hisoblanadi. VI asrlarda qabila Arabistonning markaziy va sharqiy qismidagi koʻplab vodiy va qishloqlarida yashagan.

Nasabi va boʻlimlari

tahrir

Banu Tamim – Adnan avlodidan hisoblanadi.

Qabila, asosan, toʻrtta asosiy tarmoqqa boʻlingan. Ular:

Ushbu qabila islom tarqalgunga qadar, asosan, Najdning markaziy va shimoliy qismlarida yashagan, biroq mintaqaga islom dini yoyilganidan soʻng qabila vakillari ham Arabiston yarim oroli boʻylab tarqalib, keyingi xalifaliklar hukmronlik qilgan hududlarga qadar tarqalgan.

Banu Tamim gʻarbda Marokash, sharqda esa Xuzistangacha choʻzilgan. Islom istilolaridan soʻng hozirgi Tunis[14], Iroq[15], Marokash[15], Eronning Xuziston va Xuroson viloyatlariga hamda arab dunyosining boshqa hududlariga koʻchib oʻtgan. Banu Tamim qabilasi asrlar davomida bu hududlarda Agʻlabiylar va boshqa kichik sulolalar shaklida hokimiyatga ega boʻlgan.

Sulolalari

tahrir
  • Agʻlabiylar – 800 dan 909-yilgacha boʻlgan Ifriqiyada (hozirgi Tunis, Jazoir va Liviya) hukmronlik qilgan sulola, shuningdek, janubiy Italiya va Sitsiliyaning bir qismini ham nazorat qilgan.
  • Tani uyi – 1847-yildan beri Qatarni boshqarib kelayotgan sulola.
  • Al ash-Shayx – diniy masalalar boʻyicha Diriya amirligi, soʻngra Najd amirligi va hozirgi Saudiya Arabistoni bosh muftiylarining oilasi.
  • Al-Xater – Yaqin Sharqda yashovchi oila, asosan, Qatar, Saudiya Arabistoni va Bahraynda joylashgan.
  • Al-Majoliy – 1770-yillardan beri hozirgi Iordaniyaning El Karak hududida joylashgan oila.
  • Al-Muammar – XVII–XVIII asrlarda al-Uyayna shahrida joylashgan sulola boʻlib, ularning nasabi Banu Tamimning Anoqir qabilasiga borib taqaladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Genealogy File: Tamim Ibn Murr“. Royalblood.co.uk. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-fevral.
  2. Lohlker, Rüdiger. Saudi Arabia in the Mirror of Saudi Cables (en). Logos Verlag Berlin GmbH, 2020-11-20 — 6-bet. ISBN 978-3-8325-5200-8. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Print Article : Bani Tamim“. www.tahoor.com. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  4. https://www.agda.ae/en/catalogue/tna/fo/371/156820
  5. A. A. Duri. The Historical Formation of the Arab Nation (RLE: The Arab Nation), London; New York, 2012. ISBN 9781136251788. 
  6. Roger Le Tourneau (1968). "Mohammed Talbi, l'Émirat aghlabide (184/860—296/909). Histoire politique". Revue des Mondes Musulmans et de la Méditerranée 5 (1): 172–176. https://www.persee.fr/doc/remmm_0035-1474_1968_num_5_1_997. 
  7. 7,0 7,1 Melton, J. Gordon. Faiths Across Time: 5,000 Years of Religious History [4 Volumes: 5,000 Years of Religious History] (en). ABC-CLIO, 2014-01-15 — 577-bet. ISBN 978-1-61069-026-3. 
  8. „قبيلة بني تميم العريقة- حمزةالتميمي“. www.bnitamem.com. 2018-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  9. „معلومات عن قبيلة بـني تـميم“. www.traidnt.net. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  10. M. J. Kister (November 1965). "Mecca and Tamīm (Aspects of Their Relations)". Journal of the Economic and Social History of the Orient 8 (2): 113–163. doi:10.2307/3595962. 
  11. „Genealogy File: Tamim Ibn Murr“. Royalblood.co.uk. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-fevral.
  12. William Muir. The life of Mahomet, 1858. 
  13. The life of Mahomet By William Muir
  14. Melton, J. Gordon. Faiths Across Time: 5,000 Years of Religious History [4 Volumes: 5,000 Years of Religious History] (en). ABC-CLIO, 2014-01-15 — 577-bet. ISBN 978-1-61069-026-3. 
  15. 15,0 15,1 „Print Article : Bani Tamim“. www.tahoor.com. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.

Havolalar

tahrir