Adnan (arabcha: عدنان) Shimoliy, Gʻarbiy, Sharqiy va Markaziy Arabistondagi adnaniy arablar ajdodlari boʻlib, Janubiy Arabistonning Qahtoniy arablaridan farqli oʻlaroq Qahtondan kelib chiqqan. Ajdodlari Ibrohim paygʻambarga borib taqaladi[1].

Adnan

Ayrim arab qabilalari, jumladan, Adnan avlodlari (Havozin va Quraysh) yashagan taxminiy joylashuv,i
Tavalludi Milodiy 600-yillardan oldin
Vafoti nomaʼlum
Turmush oʻrtogʻi Mahdad bint Laham (Banu Yaqshan)
Bolalari Maʼad ibn Adnan
Akk ibn Adnan

Kelib chiqishi

tahrir

Anʼanaga koʻra, Adnan Gʻarbiy va Shimoliy Arabistonda yashagan ismoiliy arablar guruhining otasi hisoblanadi. Ibrohimning oʻgʻli Ismoilning avlodidan. Shajarashunoslar Adnanning Arabiston yarim oroli, Shimoliy Arabiston va Iroqning gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab koʻplab ismoiliy qabilalarining otasi ekanligiga ishonishadi[2][3][4][5].

Adnan uchun koʻplab shajaralar taqdim etilgan boʻlib, ularda Ismoil va Adnan oʻrtasidagi ajdodlar soni toʻgʻrisida bir muqobil qarorga kelinmagan, lekin Adnan va Islom paygʻambari Muhammad oʻrtasidagi ajdodlarning nomlari va soni toʻgʻrisida kelishib olingan[6][7].

Anʼanalarning koʻpchiligi va musulmon olimlari Adnanni Ismoilning oʻgʻli Kedarning avlodi[5][8][9][10][11] deb taʼkidlaydilar, bundan mustasno ravishda Ibn Is’hoq Adnan Nebayotning avlodi deb daʼvo qiladi[12]. Klassik musulmon tarixchisi Tabariyning fikriga koʻra, Ibn Is’hoqning farqli ravishda bildirgan ushbu fikri Kedar avlodlaridan biri ham „Nebayot“ nomini olganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[13].

Aksariyat musulmon ulamolari Adnandan Ismoilgacha boʻlgan ajdodlarni tilovat qilishga urinishlarni rad etishadi va Ibn Is’hoq kabi boshqa olimlarni bu ishda qoralaydilar[2][14][15][16][17]. Adnan va Ismoil (uning oʻgʻli) oʻrtasidagi biror bir ajdod haqida qisman dalillarning ham yoʻqligi baʼzi olimlarni bu ikki shaxs oʻrtasidagi har qanday shaxsiy ismni islomdan keyingi apokrifa deb hisoblashlariga olib keladi[18][19].

Oilasi

tahrir
 
Adnandan Muhammadga qadar boʻlgan shajara

Adnan Ismoilning (Islomda) oʻgay ukasi Yaqshonning avlodi boʻlgan Mahdad binti Lahamga uylangan. Uning Maʼd ibn Adnon va Akk ibn Adnon degan ikki oʻgʻli boʻlgan. Akk Yamanda yashagan, chunki Ashariylardan xotin olib, ular bilan birga yashab, ularning tilini oʻrgangan. Ashariylar Saboʻ ibn Yashjub ibn Yaʼrub ibn Qahtondan boʻlgan[20].

Islomdan oldingi Arabiston

tahrir

Adnan islomgacha boʻlgan davrda yozilgan turli sheʼrlarda, islomdan oldingi shoirlar Lubayb Ibn Rabi’a va Abbos ibn Mirdas tomonidan tilga olingan[21].

Adnan islomgacha boʻlgan arablar tomonidan arab qabilalarining ota-bobolari orasida hurmatli ota sifatida koʻrilgan va ular bu nasldan Adnaniylar orasida ozchilik boʻlgan boshqa Qahtoniy qabilalariga qarshi maqtanish uchun foydalanganlar[22].

Islomdan oldingi ayol shoir Laylo binti Lukayz Fors podshosi tomonidan asirga olingan va unga turmushga chiqishga majbur boʻlgan, shu sababali u boshqa arab qabilalariga sheʼr yozib, ulardan yordam soʻrab, oʻzi va uning qabiladoshlarining barchasi Adnanga tegishli ekanligini va uni qutqarish ularning burchi ekanligini eslatgan.

Islomgacha boʻlgan Qummaʼa ibn Ilyos kabi shoirlarning sheʼrlari singari boshqa sheʼrlarda ham arablar Adnan avlodi boʻlishni sharaf deb bilishgan va bundan gʻururlangandek koʻrinishgan[23].

Shimoliy arab yozuvlarida

tahrir

Adnan nomi koʻpincha Samudiy yozuvlarida uchraydi, ammo tafsilotlar juda kam. Baʼzi Nabatiy yozuvlarida Adnan qandaydir ahamiyat yoki hurmatga ega shaxs boʻlib koʻrinadi, chunki baʼzi nabatiylar (Ismoilning toʻngʻich oʻgʻli Nabiotning avlodlari) uning sharafiga Abd Adnon (qul yoki xizmatkor) deb nomlangan. Bunda Adnanning qandaydir hurmatli yoki sigʻiniladigan shaxs boʻlganligidan emas, balki shunchaki boshqa arablarning baʼzan oʻz oʻgʻillarini ota-bobolarining xizmatkorlari deb atashganligini sababidan shunday muhim ahamiyatga ega boʻlgan boʻlishi mumkin[24][25][26].

Oʻlimi

tahrir

Navuxodonosor II Bobilga qaytganidan keyin Adnan vafot etgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼad Mesopotamiya yaqinidagi Kedariylar qirolligi vayron boʻlganidan keyin Markaziy-Gʻarbiy Hijoz hududiga koʻchib oʻtgan va u yerda qolgan kedariy arablar oʻz yerlaridan koʻchirilib, Furot daryosining qirgʻoqlari Yangi Bobil imperiyasi hukmronligi ostidagi al-Anbar muhofazotida va boshqa joylarda yashashga majbur boʻlgan[27][28][29][30].

Adnandan Muhammadga nasl

tahrir

Islom anʼanalariga koʻra, islom paygʻambari Muhammad Adnan naslidan boʻlgan. Shuningdek, Adnan Muhammadning kelishini bashorat qilgani va oʻrinbosarlariga unga ergashishni buyurgani ham aytilgan[31]. Quyida Jazirani boshqargan va Muhammadning ichki ajdodlari boʻlgan boshliqlar roʻyxati keltirilgan[32]:

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Charles Sanford Terry. A Short History of Europe, From the Fall of the Roman Empire to the Fall of the Eastern Empire. Taylor & Francis, 1911. ISBN 978-1112467356. Qaraldi: 2013-yil 4-fevral. 
  2. 2,0 2,1 al Mughiri, Abd al-Rahman. The chosen record of the Ancestries of Arab tribes Volume 1 — 58-bet. 
  3. Al Azzawi, Abbas. Clans of Iraq Volume 1 — 13-bet. 
  4. Kathir, Ibn. Al-Bidaya wa'l-Nihaya (The Beginning and the End) Volume 2 — 187-bet. 
  5. 5,0 5,1 Ahmad al-Qalqashandi. Fulfilling the need of Knowing the origins of Arabs Volume 1 — 118-bet. 
  6. Al-Fusool Fe Sirat Ar-Rasul — 87-bet. 
  7. al Mughiri, Abd al-Rahman. The chosen record of the Ancestries of Arab tribes Volume 1 — 60-bet. 
  8. Ibn Wahaf Al-Qahtani, Dr.Sa'eed. Rahmat-ul-lil'alameen — 14–17-bet. 
  9. Ahmad al-Qalqashandi. Qala'ed Al-Joman Volume 1 — 31-bet. 
  10. Abu Shaba, Dr. Mohammad. Al-Isra'eliyyat Wa Al-Mawdu'at Fe Kutub At-Tafsir — 259-bet. 
  11. Ibn Kathir. Al-Bidaya wa'l-Nihaya (The Beginning and the End) — 203-bet. 
  12. Siratu Rasulillah, Volume 1, Page 1
  13. Tareekh At-Tabari — 517-bet. 
  14. Uyoon Al-Athar Volume 1 — 33-bet. 
  15. Ibn Kathir. Al-Bidaya wa'l-Nihaya (The Beginning and the End) Part 23 — 246-bet. 
  16. Ahmad al-Qalqashandi. Qala'ed Al-Juman — 14-bet. 
  17. Ibn Kathir. As-Sira An-Nabaweyya Part 1 — 75-bet. 
  18. Firestone, Reuven. Journeys in Holy Lands: The Evolution of the Abraham-Ishmael Legends in Islamic Exegesis. Albany, NY. (1990) p. 37
  19. Ibrahim, Ayman S. A Concise Guide to the Life of Muhammad: Answering Thirty Key Questions. Grand Rapids, MI. (2022) p. 28
  20. Ibn Ishaq, Muhammad. The Life of Muhammad. Oxford University Press — 4-bet. 
  21. Ali, Prof. Jawwad. The Detailed History of Arabs before Islam Volume 1 — 393-bet. 
  22. Ali, Prof. Jawwad. The Detailed History of Arabs before Islam Volume 1 — 372-bet. 
  23. Abu Al-Hasan Al-Maroudi. A'lam An-Nobouwwah — 215-bet. 
  24. Mission des PP. Jaussen et Savignac en Arabie "Hedjaz" Vol. 38, 1910 — 328-bet. 
  25. G. Strenziak. Die Genealogle der Nordaraber nach Ibn Al-Kalbi Vol. 1, 1953 — 210-bet. 
  26. Ali, Prof. Jawwad. The Detailed History of Arabs before Islam Volume 1 — 380-bet. 
  27. Ali, Prof. Jawwad. The Detailed History of Arabs before Islam Volume 5 — 160–161-bet. 
  28. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. The History of Nations and Kings Volume 1 — 327-bet. 
  29. Abu'l-Faraj ibn al-Jawzi. The Organized History of Nations Volume 1 — 408-bet. 
  30. Yaqut Al-Hamawi. The Dictionary of Countries Volume 3 — 377–380-bet. 
  31. Shahin, Badr. Al Abbas. Qum, Iran: Ansariyan Publications, 2001. ISBN 978-1519308115. 
  32. Hughes, Thomas Patrick. A Dictionary of Islam: Being a Cyclopaedia of the Doctrines, Rites, Ceremonies, and Customs, Together With the Technical and Theological Terms, of the Muhammadan Religion. New Delhi: Asian Educational Services [First published 1885], 1995 — 19-bet. ISBN 978-81-206-0672-2. Qaraldi: 2010-yil 24-iyul.