Barbora Mokošová
Barbora Mokošová (10-mart 1997-yil) - slovakiyalik sportchi. Sport gimnastikasi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. 2020-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan va Slovakiya tarixidagi shu sport turidan Yevropa chempionatlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi sportchiga aylangan. 2016 va 2020-yilgi olimpiya oʻyinlarida Slovakiya sharafini himoya qilgan. Turli balandlikdagi bryuslarda mashq bajarish boʻyicha ikki karra jahon chempioni.
Barbora Mokošová | |
---|---|
Mokošová 2021-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Taxallusi/Laqabi | Barča |
Fuqaroligi | Slovakiya |
Tavallud sanasi |
10-mart 1997-yil Bratislava, Slovakiya |
Boʻyi | 1.68 m[1] |
Sport | |
Mamlakat | Slovakiya |
Qaysi sport | Sport gimnastikasi |
Klubi | Slavia UK Bratislava |
Murabbiy(lar)i | Martin Žvalo |
Bolaligi
tahrirMokošová 1997-yil 10-mart kuni Bratislavada tugʻilgan. Onasi murabbiy boʻlganligi sababli toʻrt yoshida gimnastika bilan shugʻullana boshlagan[2].
Faoliyati
tahrirMokošová 2012-yilda jamoalar oʻrtasidagi Avstriya ochiq chempionatida ishtirok etgan. Slovakiya jamoasi bilan birgalikda oʻninchi va yakka tartibdagi musobaqada yigirma beshinchi oʻrinni egallagan[3][4]. Faoliyatidagi ilk yirik xalqaro musobaqa 2012-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati boʻlgan. Bu musobaqaning saralash bosqichida oʻttiz yettinchi oʻrinni egallagan[5].
2013
tahrirMokošová 2013-yilda kattalar oʻrtasidagi musobaqalarning yosh talabiga (ishtirok etish uchun minimal yosh chegarasi) toʻliq javob berganligi bois kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnasha boshlagan. Cottbusdagi jahon chempionatida kattalar oʻrtasidagi debyutini amalga oshirgan. Ammo hech qaysi mashq boʻyicha finalgacha yetib bora olmagan[6]. Moskvada oʻtkazilgan Yevropa chempionatining kvalifikatsiya raundida 38-oʻrinni egallagan[7]. Shundan soʻng Lyublyanadagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Ammo bu safar ham hech qaysi mashq boʻyicha finalchilar qatoriga kirishga muvaffaq boʻla olmagan[8]. Slovakiyaning Trnava shahrida oʻtkazilgan Gimnaziya Festivalida umumiy hisobda bronza medal egasiga aylangan. Mazkur musobaqada oltin medalni oʻzbekistonlik Oksana Chusovitina va kumush medalni Anna Pavlova qoʻlga kiritgan[9]. Musobaqaning final bosqichida Turli balandlikdagi bryuslarda oltin medal va pol (gimnastikada mashqlar bajariladigan (Maxsus gilam toʻshalgan maydon) mashqlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, tayanib sakrash bahslarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[10]. Vengriyadagi Grand Prix musobaqasida polda bajariladigan mashq boʻyicha beshinchi oʻrinni egallagan[11]. U Osijek Challenge Cup musobqasida ishtirok etgan. Ammo bu ishtiroki muvaffaqiyatsiz yakunlangan[12]. Barboraning mavsumdagi oxirgi musobaqasi jahon chempionati boʻlgan. Jami 50.999 ball toʻplab, oʻttiz toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[13].
Manbalar
tahrir- ↑ „Barbora Mokošová“. Rio2016.com. Rio 2016 Organising Committee for the Olympic and Paralympic Games. 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
- ↑ „Mokosova Barbora“. International Gymnastics Federation. Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
- ↑ „Austrian Team Open 2012 Mannschafts-Ergebnisliste Turnerinnen“. Gymnastics Results 2 (2012-yil 31-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „Austrian Team Open 2012 Ergebnisliste Turnerinnen“. Gymnastics Results 3 (2012-yil 31-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „All-Around Results Juniors Team Competition And Qualifications For CII & CIII“. Gymnastics Results. European Gymnastics (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ Hopkins. „2013 Cottbus World Cup Results“. The Gymternet (2013-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „5th European Men's and Women's Artistic Gymnastics Individual Championships Women's Qualification Results“. Gymnastics Results. European Gymnastics (2013-yil 18-aprel). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ Hopkins. „2013 Ljubljana World Cup Results“. The Gymternet (2013-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „Gym Festival 2013 All-Around Results“. Gymnastics Results (2013-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ Hopkins. „2013 Gym Festival Trnava Results“. The Gymternet (2013-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „Hungarian Grand Prix Floor for the Vasivíz Zrt. Cup“. Gymnastics Results 5. Hungarian Gymnastics Federation (2013-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ Hopkins. „2013 Osijek Challlenge Cup Results“. The Gymternet (2013-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ „44th Artistic Gymnastics World Championships in Antwerp (BEL) Women's Qualification“. Gymnastics Results 2. International Gymnastics Federation (2013-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.