Barens dengizi - Shimoliy Muz okeanining eng chekka qismidagi dengiz hisoblanadi. Yevropaning shimoliy materik qirgʻogʻi bilan FransIosif Yeri, Vaygach, Shpitsbergen, Novaya Zemlya va Medvejiy orollari oraligʻida joy olgan. Dengiz sayyohi V. Barens nomi bilan atalgan. Maydoni 1424 ming km². Oʻrtacha suv hajmi 282 ming km3, oʻrtacha chuqurligi 360 dan 400 m gacha yetadi, eng chuqur joyi 600 m ni tashkil etadi. Qirgʻoq chizigʻi notekis, baland qoyali, qoʻltiq va qoʻltiqchalar (Chyosha, Pechora, Xaypudir va boshqalar) koʻp. Dengizda orollar kam. Eng kattasi — Kolguyev orol Barens dengiziga materikdan yiliga 163 km3 suv quyiladi, shundan 70% ini Pechora daryosi olib keladi, Indiga daryosi ham Barens dengiziga quyiladi. Porsangerford, Varangerford, Motovskiy, Kola va boshqa qoʻltiqlari ham mavjud. Barens dengizi iqlimi arktika iqlimiga mansub, lekin Golfstrim oqimi taʼsirida qishi iliqroq kuzatiladi. Havoning oʻrtacha harorati fevralda shimoliy qismda — 20° dan — 25°gacha, janubi-gʻarbda — 4°; avgustda shimolda 0°; janubiy-gʻarbda 10°gacha yetadi. Yogʻin miqdori shimoldan (250 mm) janubi-gʻarbga qarab ortib boradi (500 mm). Barens dengizi suvining shoʻrligi 32 — 35‰ ga teng. Yil davomida dengizning faqat janubi-gʻarbiy qismi iliq Nordkap oqimi taʼsiridan muzlamaydi. Boshqa qismlari qishda qalin muz bilan qoplanadi, shimolda muz yil boʻyi erimaydi. Barens dengizida oq ayiq, nerpa, Grenlandiya tyuleni, beluxa, kosatka, narval yashaydi, qirgʻoqlarida qushlar "bozori" bor. Barens dengizi dan treska, piksha, dengiz okuni, seld, kambala, paltus kabi baliqlar ovlanadi. Kola yarim orolining shimolida, Barens dengizi sohilida Rossiyaning muzlamaydigan port shahri — Murmansk va Norvegiyaning Varde porti joylashgan. Barens dengizi tashqi yuk oborotida transport, baliqchilikda katta ahamiyatga ega[1].

Joylashuvi Shimoliy Muz okeani
Koordinatalari 75°N 40°E / 75°N 40°E / 75; 40 (Barents Sea)
Okean tipi Dengiz
Asosiy manbalari Norvegiya dengizi, Shimoliy Muz okeani
Havzaga aloqador oʻlkalar Norvegiya va Rossiya
Yuzasi 1,400,000 km2 (540,000 kv mi)
Oʻrtacha chuqurligi 230 m (750 ft)
Manbalar Institute of Marine Research, Norway

Manbalar

tahrir
  1. "Barens dengizi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil