Bartolomeu Dias de Novaes (talaffuzi: Bartolomey Diash de Novaish; 1450-yil – 1500-yil 29-mayda bedarak yoʻqolgan) – portugaliyalik dengizchi. 1488-yilda Hindistonga boradigan dengiz yoʻlini izlab, yevropaliklardan birinchi boʻlib Afrikani janubdan aylanib oʻtdi, Yaxshi umid burnini kashf etib, Hind okeaniga chiqqan.

Bartolomeu Dias

Londondagi haykali
Tavalludi 1450-yil
Vafoti 29-may 1500-yil (tax. 50 yoshda)
Atlantika okeani janubi, Yaxshi umid burni yaqinida
Fuqaroligi Kingdom of Portugal
Kasbi dengizchi va sayohatchi
Millati portugal

Tarjimayi holi

tahrir

Diasning ilk hayoti haqida deyarli hech narsa maʼlum emas. Uzoq vaqt davomida dengizchi Enrike kapitanlaridan birining oʻgʻli deb hisoblashgan, ammo bu ham isbotlanmagan. Uning familiyasiga qoʻshiladigan „de Novaes“ birinchi marta 1571-yilda qirol Sebastian I Diasning nabirasi Paulo Dias de Novaesni Angola gubernatori etib tayinlagan chogʻidagi hujjatda tilga olingan.

Yoshligida Lissabon universitetida matematika va astronomiya boʻyicha tahsil olgan. Dias bir muncha vaqt Lissabonda qirollik omborlarining boshqaruvchisi boʻlib xizmat qilgani, 1481–1482-yillarda Gana qirgʻogʻidagi São Jorge da Mina (Elmina) qal’asini qurish uchun yuborilgan Dioge de Azambuja ekspeditsiyasida kemalardan birining kapitani sifatida ishtirok etgani haqida maʼlumotlar mavjud[1].

1474-yilda boʻlajak qirol João II Portugaliyaning Gvineya bilan savdosini oʻz nazoratiga oldi. U ham, Dengizchi Enrique singari, Afrika qirgʻoqlari janubga qanchalik choʻzilganligi haqidagi savol bilan band edi. Shu maqsadda janubga tajribali kapitanlar boshchiligida bir nechta ekspeditsiyalar yuboriladi, ulardan eng uzoqqa borganni hozirgi Angola hududida yodgorlik ramzi oʻrnatgan Diogo Cão edi[2].

Cão navbatdagi ekspeditsiya paytida halok boʻlganidan soʻng, qirol Diasga uning oʻrnini egallashni va Afrika boʻylab Hindistonga yoʻl izlashni buyurgan. Diasning ekspeditsiyasi uchta kemadan iborat boʻlib, ulardan biriga ukasi Diogo Dias qoʻmondonlik qilgan. Diasning qoʻl ostida ilgari Cão boshchiligida suzgan va qirgʻoq suvlarini boshqalardan koʻra yaxshiroq biladigan ajoyib dengizchilar va taniqli shturman Pêro de Alenquer boʻlgan[3][4]. Ekipajning umumiy soni taxminan 60 kishidan iborat edi. Dias 1487-yil avgust oyida Portugaliyadan joʻnab ketdi, 4-dekabrda Cão janubida harakat qilgan va dekabr oyining oxirida janubiy Namibiyadagi São Stefan koʻrfaziga langar tashlagan. 6-yanvardan keyin boʻronlar boshlanib, Diasni ochiq dengizga chiqishga majbur qiladi. Bir necha kundan keyin u koʻrfazga qaytmoqchi boʻladi, lekin quruqlik koʻrinmaydi. Sayohat 1488-yil 3-fevralgacha davom etgan, portugallar shimolga burilib, Yaxshi Umid burnidan sharqdagi Afrika qirgʻogʻini koʻrganlar.

Qirgʻoqqa tushgach, Dias gottentotlar manzilgohini topadi va oʻsha paytda Avliyo Vlasiy kuni boʻlganligi sababli, koʻrfazni ushbu avliyo nomi bilan ataydi. Eskadraga hamrohlik qilgan afrikaliklar dastlab chekinib, keyin yevropaliklar qarorgohiga hujum qilishga uringan mahalliy aholi bilan til topisha olmagan. Mojaro paytida Dias mahalliy aholi vakillaridan birini arbalet bilan otib oʻldirgan, ammo bu qolganlarni toʻxtata olmaydi va portugallar zudlik bilan chekinishga majbur boʻladi. Dias sharqqa qarab suzishni davom ettirmoqchi edi, ammo Algoa koʻrfaziga (hozirgi Port Elizabeth shahri yaqinida) yetib borgach, uning qoʻl ostidagi barcha ofitserlar Yevropaga qaytishni qoʻllab-quvvatlaydilar. Matroslar ham uylariga qaytishni istashar, aks holda isyon koʻtarish bilan qoʻrqitishardi. Ular faqat shimoli-sharqqa yana uch kun yoʻl yurish rejasiga rozi boʻlgan.

Dias 1488-yil dekabr oyida Yevropaga qaytib, 16 oy-u 17 kun sayohatda boʻlgan[5][6]. Kashfiyotlarini sir saqlash haqida koʻrsatma oladi. Uning saroyda qanday qabul qilinganligi haqida maʼlumot saqlanib qolmagan. Qirol Pêro da Covilhã quruqlik orqali yuborilgan presviter Johannesdan xabar kutardi va yangi sayohatlarni moliyalashtirishni kechiktiradi. Faqat João II vafotidan keyin, Dias qaytib kelganidan 9 yil oʻtgach, portugallar nihoyat Hindistonga ekspeditsiya uyushtirganlar. Unga Vasco da Gama boshchilik qiladi. Janubiy Afrika suvlarida suzish uchun qanday kema konstruktsiyalari kerakligini oʻz tajribasidan bilgani uchun Diasga kemalar qurilishiga rahbarlik qilish ishonib topshirilgan. Uning buyrugʻiga koʻra, qiyshiq yelkanlar toʻgʻri burchakli yelkanlarga almashtirilgan, kemalarning korpuslari kam choʻkish va koʻproq mustahkamlikka moʻljallab qurildi. Shuningdek, aynan Dias Vasco da Tamaga Serra-Leonedan keyin janubga suzib ketayotib, Atlantika okeani qirgʻoqlaridan uzoqlashishni maslahat bergan boʻlishi mumkin, chunki u aynan shu yoʻl bilan noqulay shamollarni aylanib oʻtish mumkinligini bilardi. Dias uni Oltin qirgʻoqqacha (Gvineya) kuzatib boradi, soʻngra oʻzi komendant etib tayinlangan São Jorge da Mina qal’asiga yoʻl olgan.

Vasco da Gama qaytib kelib, Diasning taxminlari toʻgʻriligini tasdiqlagach, Pedro Cabral boshchiligidagi kuchliroq flot Hindistonga joʻnatiladi. Bu sayohatda Dias kemalardan biriga qoʻmondonlik qilgan. U Braziliyani kashf etishda ishtirok etgan, ammo Afrikaga oʻtish paytida boʻron koʻtarilib, uning kemasi butunlay yoʻqolgan. Shunday qilib, oʻziga shuhrat keltirgan dengizda halok boʻlgan. Bartolomeu Diasning nabirasi – Paulo Dias de Novaes Angolaning birinchi gubernatori etib tayinlangan va u yerda yevropaliklar tomonidan qurilgan birinchi aholi punkti – Luandani tashkil etgan.

Oilasi

tahrir

Uylangan (xotini haqida hech narsa maʼlum emas) va ikki farzandi bor edi:

  • Simau Dias de Novaes, Joãon Diasga uylangan.
  • Antonio Dias de Novaes, Iso ordeni ritsari, João Fernandesga uylangan. Ularning ikki farzandi bor edi:
    • Giomara Dias de Novaesning qizi ikki marta turmushga chiqqan, farzand koʻrmagan.
    • Paulo Dias de Novaes – Angolaning birinchi gubernatori, Luanda shahrining asoschisi[7]. Uylanmagan.

Xotirasi

tahrir

TAP Portugal aviakompaniyasining Airbus A330 samolyoti Bartolomeu Dias sharafiga nomlangan[8].

Bundan tashqari, ikki mashhur portugal shoiri asarlarida abadiylashtirilgan.

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ravenstein 2010 pp. 1–2
  2. Ravenstein 2010 p. 6
  3. Oakley 2003
  4. Crowley 2015, pp. 17–19
  5. Ravenstein 1900, p. 648
  6. Crowley 2015, pp. 21–23
  7. Livermore 2021
  8. „TAP - Air Portugal Fleet Details and History“ (en). www.planespotters.net. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.