Bas-gitara
Bas gitara — gitaraning bir turi. Elektrik bas yoki shunchaki bas deb ham ataladi. Bas gitara odatda panjalar bilan chalinadi. Bas gitaraning koʻrinishi elektrogitaraning koʻrinishiga oʻxshaydi. Lekin bas gitaraning dastasi uzunroq boʻladi. Bas gitaraning toʻrt, besh, olti va sakkiz torli turlari mavjud.
Fender Jazz Bas gitarasi. Pardalar zarang daraxti yogʻochidan qilingan. | |
Torli asbob | |
---|---|
Turi |
Torli asbob |
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322 (Kompozit xordofon) |
Ixtirochi(lar) | Paul Tutmarc, Leo Fender |
Registri | |
(standart sozlangan toʻrt torli bas gitara) |
Bas gitaraning toʻrt torli turi eng keng tarqalgan. Toʻrt torli bas gitara kontrabas kabi sozlanadi. Bunda bas gitaraning torlari oddiy gitaraning toʻrt past simidan bir oktava past qilib sozlanadi. Bunday sozlangan bas gitara simlari ochiq chalinganda pastdan birinchi simdan sol (G), ikkinchi simdan re (D), uchinchi simdan lya (A) va toʻrtinchi simdan mi (E) notasi eshitiladi. Elektrogitara oʻxshab bas gitara ham jonli ijro paytida kuchaytirgich orqali radiokarnaylarga ulanadi.
1960-yillardan beri bas gitara ritm chalishda kontrabasni oʻrnini olib kelyapti. Bas gitarachilar turli xil bas kuylarni chalsa ham, musiqaning deyarli barcha turida bas gitarachinig roli bir: garmoniyani aniqlashtirish va ritmni belgilash. Bas gitaradan rok, metal, pop, punk rock, country, reggae, blues va jazz kabi turli xil musiqa stillarida qoʻllanadi. Bas gitara yana jazz, fusion, Latin va boshqa rock hamda metal musiqa stillarda solo chalish uchun ishlatiladi.
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirVikiomborda Bas-gitara haqida turkum mavjud |