Baxtiyor Gʻulomov (diplomat)

oʻzbek davlat arbobi, diplomat

Baxtiyor Toʻrajonovich Gʻulomov — oʻzbek filolog-tarixchisi, diplomat. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi, 2005—2010-yillarda Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya va Chexiyadagi elchisi boʻlgan[1].

Baxtiyor Toʻrajonovich Gʻulomov

Baxtiyor Gʻulomov Sayg'oq antilopalari bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzolamoqda
 Oʻzbеkistоn AQShdagi elchisi
 
Mansab davri
2013-yil 4-iyuldan – 2017-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ilhom Neʼmatov
Vorisi Javlon Vahobov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1964-yil (1964-02-18) (60 yosh)
Moskva
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Maʼlumoti

tahrir

1986-yilda Toshkent davlat universitetini Arab mamlakatlari tarixi fakultetini tamomlagan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan va xalqaro munosabatlar magistri darajasini olgan.

Arab, ingliz va rus tillarini biladi.

Mehnat faoliyati

tahrir

1986-1989 — SSSR Mudofaa vazirligida harbiy tarjimon.

1989-1992 — Toshkent politexnika instituti xalqaro aloqalar bo‘limi katta inspektori.

1992-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi katta inspektori, ikkinchi kotib, bo‘lim boshlig‘i.

1995-1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi.

1998-2001 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy tahlil va prognoz bosh boshqarmasi birinchi kotibi.

2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi birinchi kotibi.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2005-2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya va Chexiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalar rahbari.

2013-2017 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2017-yil aprelda Toshkentga chaqirtirilgan va elchilikdan ozod etilgan.

Oilasi

tahrir

Oilali, ikki nafar farzandi bor[2]. Ukasi — Shuhrat Toʻrajonovich Gʻulomov, 2005—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2017-yil 12-avgustda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan[3][4].

Manbalar

tahrir