Javlon Vahobov
Javlon Abdujalolovich Vahobov – oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2023-yildan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi[1]. 2015-2017-yillarda va 2023-yilda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari[2].
Javlon Abdujalolovich Vahobov | |
---|---|
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori | |
Mansab davri 2023-yil 30-dekabrdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Vladimir Norov |
Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi | |
Mansab davri 2017-yil 12-oktabrdan – 2023-yil 3-martgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Gʻulomov |
Vorisi | Furqat Siddiqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-avgust 1980-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrir1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.
2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.
2006—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.
2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.
2013—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.
2013—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2017—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2021—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].
2023—2023 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2023-yildan – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori.
Oilasi
tahrirAmakisi Abrol Vahobov – Oʻzbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi – Davron Vahobov, 2022-yildan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ „Ўзбекистоннинг АҚШдаги элчиси ўзгармоқда“.
- ↑ Javlon Vaxabov stal odnovremenno poslom v Brazilii
- ↑ Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi