Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan
“Jimjitlik kodeksi-2” televizion versiyasida “Qora baliqning izidan” nomi bilan mashhur boʻlgan 1993-yilda Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligida suratga olingan kriminal detektiv.[1] Georgiy Vayner va Leonid Slovinning „Oyning qorongʻu tomonida“ hikoyasi asosida 1990-yilda suratga olingan Jimjitlik kodeksi filmining davomi. Ushbu film har biri 85 daqiqadan boʻlgan ikki qismdan iborat. Mazkur film ekranga chiqqandan keyin Georgiy Vayner va Leonid Slovinning "Qora baliq izidan" kitobi nashr etildi.
Jimjitlik kodeksi-2 | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Zinoviy Royzman |
Ssenariynavis(lar) |
Georgiy Vayner Leonid Slovin Zinoviy Royzman |
Rollarda |
Murod Rajabov Aleksandr Fatyushin Boris Ximichev Yelena Borzova |
Bastakor(lar) | Yevgeniy Shiryayev |
Chiqarilgan sanasi | 1993 |
Davomiyligi | 170 min. |
Mamlakat | Oʻzbekiston Rossiya |
Til | ruscha |
Avvalgi film | Jimjitlik kodeksi (film, 1990) |
Syujeti
tahrirFilmning bosh qahramoni podpolkovnik Toʻra Samatov Oʻzbekistondagi giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashib, katta jinoiy toʻdani ustidan gʻalaba qozonadi. Ammo jinoyatchilar Samatovni tinch qoʻymay, har xil uydirmalar bilan qamoqqa oldirishadi. Uning xotini va oʻgʻli ham avtohalokat tufayli olamdan koʻz yumadi. Oradan 6 yil vaqt oʻtadi. 1986-yil Samatov ishi qayta koʻrib chiqiladi, hech qanday jinoyat alomatlari topilmagach, qamoqdan ozod qilinadi. U Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi shaharga militsiya boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Bu shaharda hech narsadan tap tortmagan brakonyerlar baliqlarni tuxum qoʻyish vaqtida tutib, ularni mahalliy hokimiyat oʻrtasida tarqatadilar. Podpolkovnik tayinlanishidan avval ham shaharda baliqlarni muhofaza qilish punkti yoqib yuborilgan va yongʻin oqibatida inspektor Sattor Abbosov halok boʻlgan edi. Bu qora ikra va osetr baliqlarini sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy uyushmaning ishi boʻladi. Samatov va uning yordamchisi Silov toʻdaning jinoiy faoliyatiga nuqta qoʻyishadi.
Rollarda
tahrir- Murod Rajabov — podpolkovnik Toʻra Samatov
- Aleksandr Fatyushin — mayor Valentin Silov
- Irina Shevchuk — Toʻra Samatovning rafiqasi Nina
- Yelena Borzova — Anna Muradova
- Boris Ximichev — viloyat prokurori Davidenko
- Baxtiyor Ixtiyorov — xoʻjalik xodimi Vohidov
- Jan Bayjanbayev — militsiya kapitani Xajinur Orezov
- Rasim Balayev — militsiya polkovnigi Agayev
- Viktor Pavlov — militsiya mayori Burakov
- Aleksandr Goloborodko — militsiya generali Nikolay Nazarovich Amirov
- Toʻlqin Tojiyev — Shavkat Kamolovich Qodirov
- Rustam Saʼdullayev — Mazut
- Lev Lemke — Garegin
- Levan Msxiladze — Mirish
- Yelena Barkevich — Rimma Xalilova
- Aleksandr Lenkov — Artur Andrevich Makarov
- Isxar Xishanlo — Bokasso
- Raʼno Kubayeva — Verka
- Karim Mirxodiyev — Umar Quliyev
- Poʻlat Saidqosimov — Jaʼfar Quliyev
Manbalar
tahrir- ↑ КОДЕКС МОЛЧАНИЯ-2 (1993) Kino-teatr.uz
Tomosha qilish uchun
tahrirФильм Кодекс молчания 2 Youtube.com