Baykar Cezeri
Cezeri - Turkiyadagi Baykar uchuvchisiz havo vositalari tizimlari shirkati tomonidan ishlab chiqilgan kvadrokopter. U Al-Jazira provinsiyasining Mesopotamiya mintaqasida tugʻilgan musulmon olim, ixtirochi, mexanik muhandis, hunarmand, rassom va matematik, Ismoil al-Jazariy sharafiga nomlangan. 230 kg (510 lb) vaznga ega prototipi 2019-yilgi Teknofest koʻrgazmasida ommaga taqdim etilganidan taxminan bir yil oʻtib, 2020-yil sentyabrning yarim tunida[1] ilk parvozini amalga oshirdi[2].

Ilk parvoz
tahrirKvadrokopterning dastlabki sinov parvozlari 2020-yil 11-sentyabrda boʻlib oʻtdi. Birinchi avtonom parvozlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan yerga arqonlar bilan bogʻlangan holda amalga oshirildi. Keyingi ikkita parvoz sinovlari 2020-yil 14-sentyabr kuni bogʻlanmagan holda oʻtkazildi. Barcha sinov parvozlari muvaffaqiyatli oʻtdi. Transport 10 m (33 ft) balandlikka koʻtarildi[3].
Xususiyatlari
tahrirCezeri havoga koʻtarilish va qoʻnishni vertikal holda amalga oshiradi. Uning oʻlchamlari — 373 m × 407 m × 187 m (1,224 ft × 1,335 ft × 614 ft). Maksimal uchish ogʻirligi — 241 kg (531 lb). U sakkizta qayta zaryadlanuvchi elektr batareyasi bilan quvvatlangan va sakkizta doimiy elektr motor yordamida harakatga keladi[4]. Mashinaning oʻrtacha uchish tezligi 70–80 km/h (43–50 mph). Maksimal 100 km/h (62 mph) tezlikda va 2,000 m (6,600 ft) balandlikda ucha oladi. Batareya quvvati batareya texnologiyasi rivojlanganidan keyin taxminan bir soatgacha yetishi kutilmoqda[3].
Avtomobil shahar havo transporti orqali odamlar va yuklarni tashishda foydalanish uchun moʻljallangan. Uning aholi gavjum shahar sharoitida foydalanishga tayyor boʻlishi 10-15 yil, qishloq joylarida dam olish vositasi oʻlaroq sotuvga chiqishi esa 3-4 yil vaqt olishi mumkin[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Türkiye'nin ilk uçan arabası Cezeri havalandı“ (turkcha) (15-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Milli uçan araba "Cezeri" TEKNOFEST'te görücüye çıktı“ (turkcha) (17-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2020-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Yerli ve milli uçan araba Cezeri: Uçan araba Cezeri'nin özellikleri nelerdir?“ (turkcha) (16-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Milli uçan araba Cezeri'nin özellikleri“ (turkcha) (14-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2020-yil.
Vikiomborda Baykar Cezeri haqida turkum mavjud |