Teknofest (Teknofest Aerokosmik va Texnologiya Festivalining qisqartmasi) — Turkiyada oʻtkaziladigan aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiyalar festivali boʻlib, dastlab 2018-yil sentyabr oyida Istanbul aeroportida Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) tomonidan xususiy kompaniyalar, vazirliklar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan[1]. Bu Turkiya texnologiya jamoasi fondi va Sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan Turkiya milliy texnologiyalarini rivojlantirishni maqsad qilgan birinchi va yagona festivaldir[2].

Teknofest
Teknofest Aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali

Baykar Cezeri (2019) festival doirasida birinchi marta namoyish etildi
Boshlanishi 2018
Oʻtkazilishi Har yili
Oʻtkazilgan joyi Istanbul
Gaziantep
Samsun
Anqara
Izmir
Mamlakat Turkiya
Tashkilotchi Haluk Bayraktar
Eng soʻnggi tadbir Istanbul 2023
Avvalgi tadbirlar Ozarbayjon, 2022-yil may
Keyingi voqea Anqara, Izmir hamda Istanbulda Respublikaning 100 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtishi kutilmoqda
Ishtirokchilar 2,500,000 2023-yil
Byudjet +43,000,00 Turk lirasi (2023)
Rahbar Haluk Bayraktar va Selçuk Bayraktar
Kishilar Aziz Sancar (2021)
Veb-sayt teknofest.org

Festival milliy texnologiyalarni targʻib qilish va rivojlantirish hamda odamlarning bu sohadagi xabardorligini oshirishga qaratilgan[1][3][4]. Shu sababli, u hamma uchun ochiq va bepul. Festivalda seminarlar, mukofotlar qoʻyilgan texnologiya tanlovlari, mahalliy texnologiya koʻrgazmalari va xalqaro tadbirkorlik sammiti boʻlib oʻtmoqda; Parashyut, Solo Turk, Turk yulduzlari va shunga oʻxshash mahalliy-xalqaro tashkilotlar havo koʻrgazmalari ham oʻtkaziladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar aviatsiya namoyishlari, jumladan, parashyutda uchish, „Yakkaxon turk“, „Turk yulduzlari“ havo shoulari va koʻplab attraksionlardan bahramand boʻlishlari mumkin[1][4]. Festival bir yil Istanbulda, bir yil Anadolu viloyatlaridan birida oʻtkazilishi belgilangan[5].

Texnologiyalar boʻyicha musobaqalar 12 xil toifada tashkil etilgan. Tanlovlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilaridan tortib tadbirkorlargacha boʻlgan barcha yoshdagilar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishlari hamda texnik jihozlar koʻmagidan ham foydalanishlari mumkin[1].

European Skills, Competences, Qualifications and Occupations (ECSO) va Ruminiya hukumati bilan hamkorlikda tashkil etilgan „The HackIstanbul 2018 Capture the Flag“ tanlovida butun dunyodan kompyuter xakerlari bellashadilar. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlandilar[1].

Festival doirasida mukofot topshiriladigan yana bir musobaqa — „World Drone Cup“ poygasi ham oʻtkaziladi[6].

Koʻplab vazirlik va raisliklar festivalni qoʻllab quvvatlagan, jumladan, ASELSAN, ROKETSAN, Baykar, BMC, HAVELSAN, TÜBİTAK, STM, Turk Aerokosmik sanoati, TUSAŞ, Turk Havo Yoʻllari, Turkiya aviatsiya assotsiatsiyasi, Turksat va Turkjell kabi kompaniyalar tarafdor va ishtirokchi sifatida; Bogʻozichi universiteti, Istanbul texnika universiteti, Yildiz texnika universiteti, Yaqin Sharq texnika universiteti, Qoradengiz Texnologiya universiteti kabi koʻplab universitetlar ham akademik hamkor tomonlar sifatida ishtirok etdi[7].

Festival tarixi

tahrir

Istanbul 2018

tahrir

Birinchi yilgi festival 20-23-sentabr kunlari Istanbul aeroportida 14 xil texnologiya musobaqalari boʻyicha oʻtkazildi. Birinchi yili festivalga 80 mingga yaqin kishi roʻyxatdan oʻtgan. Festival doirasida Aselsan, Baykar, IGA, Isbak, Roketsan, TUSAŞ, Turk Havo Yoʻllari, TÜBİTAK va TÜRKSAT kabi Turkiyaning yetakchi mudofaa va texnologiya muassasalari va tashkilotlari turli toifalarda musobaqalar uyushtirdilar[8].

F-16 Solo Turk, Challenger 605, Aston Martin The New Vantage, Tesla P100DL, Lotus Evora 430 GT, Redbull Racing F1, Kawasaki H2R kabi avtomobillar ishtirok etgan poyga birinchi marta Teknofest 2018da boʻlib oʻtdi. Kenan Sofuog'lu Kawasaki H2R bilan poygada gʻolib chiqdi[9].

Istanbul 2019

tahrir

Ikkinchi festival 2019-yilning 17-22-sentyabr kunlari hozirda foydalanilmayotgan Otaturk aeroportida boʻlib oʻtdi. 3 million liradan ortiq mukofot berilishi rejalashtirilgan festivalga 122 davlatdan 17,373 jamoa va 50,000 raqobatchi ariza topshirgani ma’lum qilindi[10]. Festivalda jami ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar bilan 1 million 750 ming kishi qayd etildi[11]. Oʻtgan yilgidek[12] texnologiya va dron musobaqalari, turli darajadagi talabalar uchun tadbirlar, xakerlik musobaqalari, robototexnika tadbirlari va turli havo koʻrgazmalari boʻlib oʻtdi[13]. Festival doirasida Cezeri uchuvchi mashinasi birinchi marta namoyish etildi[14]. Rossiyaning Sukhoi Superjet 100, Beriev Be-200 samolyotlari va yangi avlod yoʻlovchi samolyoti MS-21[15] statsionar sifatida namoyish etildi. Shundan keyin, MS-21 Istanbulga birinchi xalqaro parvozini amalga oshirdi. Rossiya Harbiy havo kuchlarining Su-35 qiruvchi samolyoti koʻrgazmali parvozni amalga oshirdi[16]. „Rossiya ritsarlari“ aerobatika jamoasi „Sukhoi Su-30“ samolyotidan foydalangan holda festival doirasida koʻrgazmali parvozni amalga oshirdi[17]. Xalqaro darajadagi „Word Drone Cup“ poygalari boʻlib oʻtdi[18]. Shuningdek, 2018-yilgi festivaldan farqli oʻlaroq, festivalning katta muvaffaqiyati tufayli bu yil koʻplab yangi tadbirlar uyushtirildi: uchar avtomobil dizayni tanlovi, mini reaktiv radial kompressor dizayni tanlovi, turbo fan dvigateli dizayni tanlovi, robotlar tanlovi, Istanbul xalqaro munozara yarmarkasi va TÜBİTAK universiteti talabalari tadqiqot loyihalari boʻyicha musobaqalar[19].

Gaziantep 2020

tahrir

Tadbir 2020-yil 24-27-sentyabr kunlari Gaziantepdagi Yaqin Sharq yarmarka markazida boʻlib oʻtdi. Aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan festival pandemiya sababli sentyabrga koʻchirildi. 19 xil toifada tashkil etilgan Texnologiya musobaqalari bu yil oʻtgan yilgidan farqli oʻlaroq 21 xil toifada tashil etildi. Bu yil festivalga Biotexnologiya innovatsiyalari tanlovi, Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari tanlovi, Atrof-muhit va energetika texnologiyalari tanlovi, Intellektual transport tanlovi, Taʼlim texnologiyalari tanlovi, Vertolyot dizayni tanlovi va Reaktiv dvigatellar loyihalash tanlovi qoʻshildi[20]. Turkiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bu yilgi festivalda faqat ishtirokchilar qatnashdi, festivalni qoʻllab quvvatlovchilar soni esa 63 taga yetdi[21]. Teknofest musobaqalarida qatnashish uchun 84 mamlakatdan 20,000 ga yaqin jamoa va 100,000 nafar yoshlar ariza topshirgan[22]. Tanlovda oldindan saralashdan oʻtgan jamoalarga 5 million lira moddiy yordam koʻrsatildi, gʻolib jamoalarga esa 3 million liradan ortiq mukofot berildi[23].

Istanbul 2021

tahrir

Festival 21-26-sentyabr kunlari Otaturk aeroportida boʻlib oʻtdi. Tanlovga 200,000 ta ariza topshirildi. Quvvatlovchi homiylar soni 74 taga koʻpaygan boʻlsa, simulyatsiya, sunʼiy intellekt va uchuvchisiz havo vositalari kabi sohalarda yangi raqobat toifalari qoʻshildi. Butun dunyodan raqobatchilar ishtirok etishdi. Festivalda ilk bor tashrif buyuruvchilarga mahalliy TOGG avtomobili namoyish etildi. Mukofotlarni Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan va Aziz Sancar topshirdi. Moddiy yordam va mukofotlar 12 million lira ekanligi bildirildi[24].

Samsun 2022

tahrir

Festival 2022-yilning 30-avgustidan 4-sentyabriga qadar Samsun Çarshamba aeroportida boʻlib oʻtdi[25].

Istanbul 2023

tahrir

Festival 2019 va 2021-yillarda boʻlgani kabi 27-apreldan 1-maygacha Respublikaning 100 yilligi munosabati bilan Istanbuldagi Otaturk aeroporti boʻlib oʻtdi.

Festival raqamlarda

tahrir

2018-yilda, Teknofestning birinchi yilida 4,333 ta jamoa ariza topshirdi. 2019-yilda dunyodagi eng yirik aviatsiya va kosmik festivalga aylangan Teknofestga 10,288 jamoa ariza topshirdi. U jami 1,720,000 ishtirokchini qabul qildi. 2020-yildagi epidemiyaga qaramay, 16,034 jamoa bilan arizalar sonida sezilarli oʻsish kuzatildi. 2021-yilda qabul qilingan arizalar jami 36,984 ta jamoa bilan yangi rekord oʻrnatdi[26].

2018-yilda boʻlib oʻtgan festivalda 12 ta turli tanlov toifalari boʻlib oʻtdi. Festivalning birinchi yilida 80,000 ga yaqin kishi roʻyxatdan oʻtdi va 500,000 qatnashuvchini kutib oldi[27]. 2019-yilda festivalda 122 mamlakatdan 50,000 dan ortiq ishtirokchilar 19 ta turli nominatsiyalarda ishtirok etdi[28]. 2020-yilda Covid-19 tufayli festival tashrif buyuruvchilar uchun ochiq emas edi. Shunga qaramay, unga 23 toifadagi 100,000 dan ortiq kishidan arizalar kelib tushgan[29]. 2021-yilda musobaqa toifalari soni 34 taga yetkazildi[30].

Foto galareya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Hackers from over 130 countries to compete in Teknofest Istanbul hackathon“ (9-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  2. „Sıkça Sorulan Sorular“. Teknofest İstanbul. 2019-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  3. „About“. Teknofest Istanbul. 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 „Turkey’s largest tech fest to be held in Istanbul this month“ (4-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  5. „Gaziantep'te Teknofest 2020 tanıtım toplantısı düzenlendi“. AA.
  6. „About“. World Drone Cup. Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  7. „Kuruluşlar“. Teknofest 2019. 2019-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  8. „Countdown begins for TEKNOFEST Istanbul“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  9. sabah, daily „President Erdoğan attends aerospace, technology festival Teknofest in Istanbul“ (inglizcha). Daily Sabah (22-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  10. „TEKNOFEST'te 3 milyon liranın üzerinde ödül dağıtılacak“. Habertürk. 18-sentyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  11. „TEKNOFEST İstanbul'u 1 milyn 750 bin kişi gezdi“. Habertürk. 10-oktyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  12. „TEKNOFEST 20-23 Eylül tarihlerinde İstanbul Yeni Havalimanı’nda gerçekleştirilecek“. Hürriyet. 8-avgust 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  13. „TEKNOFEST İstanbul başladı“. AA. 25-sentyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Milli uçan araba 'Cezeri' görücüye çıktı“. 25-sentyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Yeni yolcu uçağı MC-21 İstanbul’a geliyor“. 25-sentyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  16. „TEKNOFEST kapsamında Türkiye'ye getirilen Su-35'den gösteri uçuşu“. 20-sentyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  17. „Rus pilotlardan TEKNOFEST'te nefes kesen gösteri“. 2-oktyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Teknofest“. WDC. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Teknofest Istanbul opens doors for enthusiasts“ (inglizcha). Teknofest Istanbul opens doors for enthusiasts. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  20. „Teknofest | Yarışmalar“. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „Düzenleyici Kuruluşlar“. Teknofest. 26-sentyabr 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  22. „Teknofest İstanbul | Yarışmalar“. web.archive.org (31-may 2019-yil). 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  23. „Teknofest Yarışmalar“. Teknofest. 26-sentyabr 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Teknofest“. 26-sentyabr 2021da asl nusxadan arxivlangan.
  25. „TEKNOFEST 2022'de Samsun'da yapılacak“. Anadolu Ajansı. 26-sentyabr 2021da asl nusxadan arxivlangan.
  26. „Teknofest rekor kırdı: Yarışmalara 39 bini aşkın takım başvuru yaptı“ (tr). www.hurriyet.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  27. sabah, daily „President Erdoğan attends aerospace, technology festival Teknofest in Istanbul“ (inglizcha). Daily Sabah (22-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  28. sabah, daily „President Erdoğan attends aerospace, technology festival Teknofest in Istanbul“ (inglizcha). Daily Sabah (22-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  29. „Turkey’s Teknofest getting better with every year“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  30. „TEKNOFEST 2021’de Yarışma Heyecanı Başlıyor!“. www.afad.gov.tr. Qaraldi: 2021-yil 4-may.