Baytulmol (arabcha – mol-mulk uyi) – islom mamlakatlarida davlatga qarashli va davlat tasarrufiga oʻtkazilgan mol-mulklar saqlanadigan hamda ular yuzasidan davlat hisobkitob ishlari amalga oshiriladigan maxsus bino. Baytulmolni dastlab xalifa Umar ibn al-Xat-tob (ra) taʼsis qilgan (7-asr). Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot, xums kabi soliqlardan toʻplangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil