Bazilika (yun. basilike — shohona bino) — tarh (plan)da choʻziq toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi katta mahobatli bino. Ichki qismi qator ustunlar bilan uzunasiga ketgan bir necha (asosan 3 yoki 5) qism (nef)larga boʻlingan. Oʻrtadagi qism B.ning asosiy xonasi hisoblanganligi tufayli yonidagilardan balandroq va kengroq boʻlgan, tepasidan darchalari orqali ichkari yoritilgan. Qad. Rimdagi B.lardan sud va savdo idorasi sifatida foydalanilgan, keyinchalik dastlabki xristian ibodatxonalarining asosiy turi boʻlgan.

Bazilika - Licheń, Polsha

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil