Beijing Benz
Beijing Benz (rasmiy Beijing Benz Automotive Co., Ltd) — Xitoyning Pekin shahrida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi BAIC Motor va Daimler AG qoʻshma korxonasi xisoblanadi.[2][3]
Turi | Qo'shma korxona |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Qachon asos solingan | 8-avgust, 2005-yil[1] |
Hududiy xizmati | China |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar |
Vebsayti | bbac.com.cn |
U 1984-yilning yanvar oyida[4] Xitoyning Pekin shahridagi BAIC Motor kompaniyasi va Amerikaning Michigan shtatida joylashgan Amerikan Motors Corporation (AMC) bilan qoʻshma korxona tashkil etilgan va kompaniyaga Pekin Jeep Corporation nomi berilgan. Bu Gʻarb kompaniyalar bilan Xitoy kompaniyalarining birinchi avtomobil ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonasi edi. 1987-yilda AMC kompaniyasi Chrysler kompaniyasi tomonidan sotib olinganiga qaramay oʻz faoliyatini davom ettiraveradi, biroq 1998-yilda Germaniyaning Daimler-Benz AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chrysler kompaniyasi bilan birlashganda soʻng, 2005-yilda AMC hamkorlikni tugatiladi.
2010-yilning mart oyida Jeep kompaniyasi GAC Fiat kompaniyasi boshqaruvi ostida Xitoy bozoriga qaytdi va kompaniya 2015-yildan boshlab Jeep Cherokee (K4) avtomobilini Changsha zavodida ishlab chiqara boshladi. 2018-yilda Jeep Commander / Jeep Grand Commander (K8) Changsha zavodida yigʻish uchun qoʻshilgan va bu avtomobil Xitoy bozorining eksklyuziv modeli xisoblanadi. 2016-yildan boshlab Jeep Compass (M4) va Jeep Renegade (BQ) Guangjouda ishlab chiqarilmoqda.
1987-yildan 1988-yilgacha Mercedes kompaniyasi birinchi boʻlib FAW (Birinchi avtomobil zavodlari) bilan qisqa muddatli qoʻshma korxonada ish olib borgan, bu yerda 828 dona Mercedes-Benz (W123) 200 va 230E Lang avtomobil modellari ishlab chiqarilgan, ularning aksariyati CKD toʻplamlaridan qilingan.[5] Keyinchalik 2005-yil avgust oyida kompaniya qayta tashkil etildi, buning natijasida Mercedes-Benz Xitoy bozoriga Beijing Benz dab tanishtirildi va 2005 —-yil dekabrida oʻzining birinchi Mercedes-Benz E-Class avtomobilini ishlab chiqargan.
2016-yildan boshlab, Beijing Benz Mercedes-Benz E-Class (uzun gʻildirak bazasiga ega boʻlgan avtomobil) va C-Class avtomobil modellarini Xitoyda yigʻdi va soʻng ishlab chiqara boshladi.[6]
Pekin bilan bir qatorda , Fujian provinsiyasining Fujian shahrida 2007-yilda tashkil etilgan Fujian Benz nomli shoʻba korxonasi mavjud boʻlib, 2011-yil aprel oyidan bu yerdaMercedes-Ben Vito va 2011-yil noyabr oyida Mercedes-Ben Sprinter kabi yengil tijorat transport vositalari ishlab chiqarilgan. Viano modeli Vito bilan bir oyda boshlanib, 2015-yil aprelda ishlab chiqarishi toʻxtatildi. 2016-yilning mart oyida V-Class avtomobillari ishga tushirilgan.
Tarix
tahrirUshbu kompaniyaning tarixi Xitoyda birinchi Xitoy-xorijiy avtomobil qoʻshma korxonasi boʻlgan Beijing Jeep Corporation (BJC) ga borib taqaladi.[7] Kompaniya kelajakdagi qoʻshma loyihalar uchun prototip boʻlib, BJC Xitoy jalb qilmoqchi boʻlgan boshqa investorlar uchun paydo boʻladigan siyosiy va iqtisodiy muammolarni ochib beradigan bir namuna boʻlgan.[8]
Amaldagi Beijing Benz nomi 2005-yilda tashkil etilgan va hozirda Beiqi va Daimler AG kompaniyalariga tegishlidir.[9]
Beijing Benz dastlab Beijing Jeep Corporationdan kelib chiqqan boʻlib, 1984-yilda Xitoyning birinchi Xitoy-Gʻarbiy avtomobil ishlab chiqaruvch American Motors Corporation kompaniyasi bilan tashkil etilgan qoʻshma korxonasi xisoblanadi.[10]
1979-yilda American Motors kompaniyasi Xitoyda oʻz avtotransport vositalarini sotish va Xitoyvgi arzon ishchi kuchiga ega boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshladi.[11] Oʻz oʻrnida Xitoy tomoni zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish texnologiyalar kirib kelishini istagan va natijada Beijing Jeep ikki tomon extiyojini qondira olishi maʼlum boʻlgan va Pekinda American Motors kompaniyasi tomondan Jeep Cherokee (XJ) ishlab chiqarilishi boshlangan. AMC tomonidan qilingan dastlabki sarmoya $ 8 millionga teng edi.[12] Cherokining yigʻilishi Chrysler American Motorsni sotib olganidan keyin ham davom etdi, shuningdek, klassik Beijing BJ212 rusumli SUV-lar ishlab chiqarildi.
Beijing Jeep tomonidan Xitoygi kiritilgan ilk toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning namunasi deb hisoblasa boʻladi.[13] Buning natijasidagi xatolari va yutuqlari amaliy tadqiqotlar davomida oʻrganiladi va bunday akademik maʼruzalar baʼzan Beijing Jeepning marketing strategiyasini Shanxay Volkswagen bilan taqqoslashadi.[14]
1987-yil Chrysler kompaniyasi American Motors kompaniyasini sotib olganda,[15], uning Jeep markasi kutilmagan Beijing Jeep brendi bilan oʻtdi. Keyinchalik Chrysler bir nechta modellari Jeep Grand Cherokee, Mitsubishi Pajero Sport va Mitsubishi Outlander, shuningdek Beijing Jeep tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan transport vositalarini oʻz ichiga olgan Xitoy kompaniyasining mahsulot qatoriga qoʻshildi. 2009-yil Chrysler kompaniyasi Mercedes-Benz modellarni ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olish urinishga uringan, biroq bu natija bermagandan soʻng Beijing Jeep kompaniyasi Chryslerga tegishli emas edi. Germaniyaning Daimler kompaniyasi qoʻshilishning muvaffaqiyatsiz istiqboli aniq boʻlgandan keyin, Xitoy kompaniyasini istiqbolli loyiha sifatida oʻzida saqlab qoldi.[16] 2006-yilda Jeep rusumli avtomobillarni mahalliy ishlab chiqarish toʻxtatildi.[17] Endi yangi Jeep modellari Guangzhou Automobile Group va Fiat Chrysler Automobiles qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilmoqda, bundan tashqari bu QK Chrysler va Jeep brendlarining hozirgi egasi xisoblanadi.[18]
Chryslerning Mercedes-Benz avtomashinalarini ishlab chiqaruvchi Daimler AG bilan qisqa muddatli hamkorligi davomida, Beijing Jeep zavodidagi ishlab chiqarish Mercedes-Benz markasi ostidagi modellarini qoʻshilishi hisobiga kengaytirilgan edi. Kompaniyaning rasmiy nomi Beijing Benz-DaimlerChrysler Automotive Co Ltd ga rasmiy marosimda oʻzgartirildi, bu marosim 2004-yil Germaniya kansleri Gerxard Shreder ishtirok oʻtdi.[10] 2009-yilda Chrysler kompaniyadan chiqarilgach, uning nomi yana bir necha-yil yuridik nomida qoldi [16].
Kompaniya 2006-yilda Mercedes-Benz E-Class avtomobillarini va 2008-yilda C-Classni ishlab chiqarishni boshladi.[19] 2008-yilga qadar Chrysler markalari ostidagi avtomobillar ishlab chiqarishni davom etdi.[20] Bunga mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan 300C va Sebring modellari kiradi.[21]
2010-yilga qadar, E-Class avtomobillari yirik avtomobil qsimlaridan yigʻilgan boʻlib, mahaliylashtirish darajasi taxminan 30 % ni tashkil etgan.
Shu bilan birga, Daimler kompaniyasi FAW Group bilan birgalikda yaqinda toʻxtatilgan Mercedes-Benz W123 (200 va 230E) sedanlarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik qilgan, ammo bu mashinalar katta mashxurlikka olib kelmagan.
Faoliyatlar
tahrirBeijing Benz kompaniyasining Pekin iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasida ishlab chiqarish bazasiga ega.[22] 2010-yilda yana bir zavod ochilgan.[23] Yangi zavodning ochilishi Beijing Benzning potentsial ishlab chiqarish quvvatini-yiliga 300000 donaga oshirishiga olib keldi.[20] 2013-yilda boʻlajak dvigatel ishlab chiqarish zavodi ishga tushishi rejalashtirilgan.[19]
Shu bilan birga, Beijing Benz kompaniyasi Xitoy bozorida Mercedes brendi ostida sotiladigan barcha avtomobillarni ishlab chiqarmagan.[24] Masalan, Mercedes-benz S-Class avtomobili Mercedes-Benz (Xitoy) Ltd kompaniyasi tomonidan import qilinadi.
2009-yildan boshlab, Beijing Benz mahsulotlari, Xitoy davlat amaldorlari, yaʼni vazirlar va viloyat rahbarlari kabi amaldorlar tomonidan foydalanish uchun sotib olingan.[25]
2010-yilda sotuv hajmi 50 mingta avtomobilga yetishi kutilgan,[23] ammo Mersedes-Benzning Xitoyda sotilishi, shu jumladan importi 150 000 ga yaqin edi.[19] 2008-yilda Beijing Benz kompaniyasining ishlab chiqarish quvvati-yiliga 100000 dona [20] deb baholandi, ammo bu raqam dvigatellar va transport vositalarini diskret deb hisoblashi mumkin edi va kompaniya avtomobillar sonining atigi yarmini ishlab chiqarishga qodir edi.
Modellar
tahrirHozirgi ishlab chiqarish
tahrir-
2014 - hozirgi kungacha 梅赛德斯 奔驰 C- 级 W205 Mercedes-Benz C-Class W205
-
2016 - hozirgi kungacha 梅赛德斯 奔驰 E- 级 V213 Mercedes-Benz E-Class V213
-
2015 - hozirgi kungacha 梅赛德斯 奔驰 GLA- 级 Mercedes-Benz GLA-Class
-
2015 - hozirgi kungacha 梅赛德斯 奔驰 GLC- 级 Mercedes-Benz GLC-Class
Oldingi ishlab chiqarish (Beijing Jeep)
tahrir-
1984–2005-yillar 北京 BJ213 / 2021/7250 Pekin BJ213 / 2021 / BJ7250
-
1984–2005-yillar 北京 BJ212 Pekin BJ212
-
2002–2007 吉普 2500/2700 Jip 2500/2700
-
2004–2005-yillar 吉普 4000/4700 Jip 4000/4700
-
2003–2008 三菱 帕杰罗 运动 Mitsubishi Pajero Sport
-
2003–2006 三菱 欧蓝德 经典 Mitsubishi Outlander
Oldingi ishlab chiqarish (Beijing Benz)
tahrir-
2006-2009-yillar 克莱斯勒 300C Chrysler 300C
-
2008-2010-yillar 克莱斯勒 赛 百灵 Chrysler Sebring
-
2005–2009-yillar 梅赛德斯 奔驰 E- 级 W211 Mercedes-Benz E-Class W211
-
2009–2016 梅赛德斯 奔驰 E- 级 V212 Mercedes-Benz E-Class V212
-
2008–2014 梅赛德斯 奔驰 C- 级 W204 Mercedes-Benz C-Class W204
-
2008–2015 梅赛德斯 奔驰 GLK- 级 Mercedes-Benz GLK-Class
Manbalar
tahrir- ↑ Corporate profile (Wayback Machine saytida 2019-09-03 sanasida arxivlangan) on BBAC
- ↑ „Daimler Northeast Asia“. Mercedes-Benz China. 29-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2010-12-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ „2009 Annual Report, 2. Significant acquisitions and dispositions of interests in companies and of other assets and liabilities“. Daimler AG. 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-08-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Beijing Jeep founding date included in BAIC car index“. 2020-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
- ↑ „FAW made Mercedes Benz 200“.
- ↑ For assembly of vehicles, see „2009 Annual Report, 34. Related Party Relationships“. Daimler AG. 2010-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2010-03-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Gallagher, Kevin. Handbook on Trade and the Environment. Edward Elgar Publishing, 2010 — 152-bet. ISBN 9781848446045. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
- ↑ Harwit, Eric. China's Automobile Industry: Policies, Problems and Prospects: Policies, Problems and Prospects. Routledge, 2016. ISBN 9781315286792. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
- ↑ For pedigree, see Qiao, Yu. „JV renamed Beijing Benz-DaimlerChrysler“ (7-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ 10,0 10,1 Qiao, Yu. „JV renamed Beijing Benz-DaimlerChrysler“ (7-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ Mann, Jim. Beijing Jeep: A Case Study of Western Business in China. Westview Press, 1997. ISBN 978-0-8133-3327-4. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. „beijing jeep a case study of western business in china.“
- ↑ Dunne. „What Happened to Beijing Jeep? - The Car Connection“. The Car Connection (23-oktabr 2008-yil). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil. (Wayback Machine saytida 2019-05-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ Needle, David. Business in Context: An Introduction to Business and Its Environment, 5, Cengage Learning EMEA, 2010 — 42–44-bet. ISBN 978-1-84480-613-3.
- ↑ Gu, Zhibin. China's global reach: markets, multinationals, and globalization. Fultus, 2006 — 84–86-bet. ISBN 978-1-59682-093-7.
- ↑ Adler, Dennis. Chrysler. MotorBooks International, 2000 — 15-bet. ISBN 9781610608718.
- ↑ 16,0 16,1 Gao, George. „Guangzhou-Fiat JV to make Chrysler Jeep in Changsha“. gasgoo.com (17-may 2010-yil). 2010-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ Ramsey, Mike; Rogers, Christina. „Chrysler's Jeep Faces Uphill Climb in China“. Dow Jones & Company (9-may 2013-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Marchionne Arrives Late To China Party with Fiat Viaggio“. Bloomberg LP (23-apr 2012-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 „Daimler Expands Activities in China“. Daimler AG (28-iyun 2011-yil). 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2012-03-24 sanasida arxivlangan)
- ↑ 20,0 20,1 20,2 „BBDC Improves Budget Management and Keeps Pace with Fast-Changing Automotive Market“. oracle.com (2008-yil noyabr). Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ „Beijing Benz-DaimlerChrysler recalls defective sedans“. Xinhua (7-iyun 2007-yil). Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ For Beijing Economic & Technological Development Area, see „Daimler Northeast Asia“. Mercedes-Benz China. 29-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2010-12-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ 23,0 23,1 Zheng, Amanda. „Beijing Benz 2010 sales expected to hit 50,000 units, up 179%“. gasgoo.com (6-dekabr 2010-yil). 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ „Motoring: Short Torque“ (20-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
- ↑ Shasha: „Chinese public revved up over BMW, Benz on gov't car list“. xinhuanet.com (13-iyun 2009-yil). 7-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil.