Bejel — bu treponema infeksiyasi tomonidan qoʻzgʻatiladigan kasallik. Spiroxetalar spiral shakldagi bakteriyalarning koʻrinishi. Treponematozning tropik turi, asosan arab mamlakatlarida 2 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi va terining qoplamlarida turli bosqichlarida uchraydi. Kechikkan bosqichlarda esa skelet tizimining shikastlanishi bilan namoyon boʻladi. Hozirgi vaqtda bejel kasalligi asosan arab mamlakatlarida (Suriya, Yaman, Iroq, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari), Hindiston va Afgʻonistonda uchraydi.

Bejel

Translyatsiyasi

tahrir

Shikastlangan teriga yoki shilliq pardalarga tushadigan toshmalarning eroziyalangan elementlaridan patogenlarni chiqaradigan infeksiyani oʻzida tutuvchi kasal odamdir. Bejel kasalligining tarqalishiga noqulay ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoiti va shaxsiy gigiyenaning past darajasi boʻlishi kasallik rivojlanishiga olib keladi. Kasallikning patogenezi infeksion qoʻzgʻatuvchining mahalliy koʻpayishiga va uning butun tanaga yanada tarqalishiga asoslanadi. Natijada, toʻqimalarda yuqori sezuvchanlikning kechiktirilgan turdagi reaksiyasi paydo boʻladi[1].

Kasallik davri

tahrir

Kasallikning inkubatsiya davri bir necha haftadan 2-3 oygacha davom etadi. Uning tugashi bilan erta davr boshlanadi. U oʻz-oʻzidan oʻtib ketuvchi, katta boʻlmagan ogʻriqsiz yarani ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavatida, bodomsimon bezlar, til, lablar va halqumning burun qismi shilliq qavatida hosil qiladi.

Ikkilamchi davrda keng tarqalgan papulalar va burmalarda kondilomalar paydo boʻladi. Ushbu davrda skelet tizimi ham ishtrok etadi. Skeletning uzun naysimon suyaklar zararlanadi. Ikkilamchi davrning davomiyligi 1 oydan bir yilgacha davom etadi.

Davomiyigi 1 oydan 5 yilgacha davom etuvchi yashirin davri boshlanadi. Ushbu davrda klinik koʻrinishlar boʻlmaydi.

Bazi hollarda kechikkan davriy koʻrinishi ham kuzatiladi. Teri va teri osti toʻqimalarida sil va gummalar hosil boʻladi. Ular chandiq shakllanishi bilan ochiladi va yaralanadi. Farenks va halqum sohasidagi gummoz jarayoni nazofaringit va nazofarenkning deformatsiyasiga olib keladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Веретельник Александр Владимирович. Тропические невенерические трепонематозы (клиническая лекция) // Дерматовенерология. Косметология. Сексопатология. — 2016. — Т. 1-4. — С. 183–187. — ISSN 1561-3607. Архивировано 2 fevral 2023 года.
  2. „ТРОПИЧЕСКИЕ НЕВЕНЕРИЧЕСКИЕ ТРЕПОНЕМАТОЗЫ: ФРАМБЕЗИЯ, БЕДЖЕЛЬ, ПИНТА - Современные проблемы науки и образования (сетевое издание)“ (ru-RU). science-education.ru. 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.