Infeksiya
Infeksiya (lotincha: inficio, infeci, infectum – yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) – patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, koʻpayishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm oʻrtasida oʻzaro murakkab munosabat vujudga kelishi. „Infeksiya“ termini baʼzan boshqa maʼnoda – kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi.
Infeksiya kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon boʻladi. Mikroblarning bir turi qoʻzgʻatgan kasallik oddiy infeksiya, ikki yoki bir necha turi qoʻzgʻatgan kasallik aralash infeksiya, yuqumli kasallik bilan ogʻrib oʻtgan ki-shiga takror Infeksiya yuqishi reinfeksiya, mikroblarning muayyan turi za-rar yetkazgan organizmga takror Infeksiya yuqishi superinfeksiya deb ataladi. Baʼzi mikroblar organizmda inaktiv holatda boʻladi, ammo muayyan sharoitda (kishi oʻta charchaganda, sovqotganda va b.) patogen xossalarini namoyon qila oladi (autoinfeksiya), shuning natijasida kasallik roʻy beradi.
Infeksiyaning paydo boʻlishi va oʻtishida patogen mikroorganizmlarning quyidagi xususiyatlari muhim rol oʻynay-di: 1) spetsifikligi, yaʼni muayyan biologik turning organizmda yashashi (mas, qizamiqvirusi faqat odam orga-nizmida parazitlik qiladi) va faqat oʻzi uchun harakterli infeksion kasallikni qoʻzgʻatishi; 2) virulentligi, yaʼni kasallikka nechogʻli sabab boʻla olishi (qarang Virulentlik); 3) muayyan aʼzolarda (aksari ichki aʼzolarda) joylasha olishi (mas, gonokokk siy-dik yoʻllari bilan koʻz shilliq pardasi-da;stafilakokklar va streptakokklar jinsiy aʼzolarda; meningokokk miya pardalarida, dizenteriya tayoqchalari yoʻgʻon ichak de-vorida yashab koʻpayadi). Infeksiyaning paydo boʻlishi va oʻtishida makroorganizmning xususiyatlari va ijtimoiy sharoit muhim rol oʻynaydi.
Odam organizmi mikrob kirishiga befarq boʻla olmaydi. Odam va hayvonlar organizmi har xil fiziologik va immunologik mexanizmlari borligi tufayli koʻp mikroblarga tabiiy chi-damli boʻladi (teri va shilliq pardalar koʻp mikroblarni oʻtkazmaydi, bezlardan ishlanib chiqadigan shilim-shiq, meʼda shirasi, oʻt, koʻz yoshi va sh. k. baʼzi bakteriyalarni, viruslarni oʻldiradi va hokazo). Odam va hayvonlar organizmi kasallik mikroblarining kirishiga javoban immunitet reaksi-yalarini rivojlantiradi (fagotsitlar mikrobga nisbatan spetsifik aktivla-shadi, antitelolar ishlana boshlaydi, allergiya vujudga keladi).
Kasallik yuqqan kishi (bemor, baʼzan sogʻlom odam) yoki hayvonlar Infeksiya manbai boʻladi (mas, ich terlamaaa bemor yoki bakteriya tashuvchi kishi, quturish kasalligida mikroblar yuqqan it va b. hayvonlar Infeksiya manbaidir). [1]
Yana q.
tahrirManbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |