Bektosh Rahimov
Bektosh Rahimov (1924-2009)[1] — OʻzSSR davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986).
Bektosh Rahimovich Rahimov | |
---|---|
Бектош Раҳимович Раҳимов | |
OʻzSSR Kompartiyasi Samarqand viloyati soveti birinchi kotibi | |
Mansab davri 1974-yil – 1982-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Vladimir Qodirov |
Vorisi | Rashid Ashuraliyev |
OʻzSSR Kompartiyasi Xorazm viloyati soveti birinchi kotibi | |
Mansab davri 1963-yil – 1968-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Fahriddin Shamsiddinov |
Vorisi | Madyor Xudoyberganov |
OʻzSSR Kompartiyasi Andijon viloyati soveti birinchi kotibi | |
Mansab davri 1968-yil – 1974-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Ashur Haydarov |
Vorisi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-fevral 1924-yil Samarqand |
Vafoti |
5-yanvar 2009-yil (84 yoshda) Samarqand |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrirMehnat faoliyatini 16 yoshida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1942-1945-yillarda armiyada xizmat qilgan. 1944-yilda VKP(b) safiga kirdi. 1945-1948-yillarda demobilizatsiyadan so‘ng boshlang‘ich maktab direktori, tuman xalq taʼlimi bo‘limi inspektori.
1948-yildan — mas’uliyatli xoʻjalik va partiya ishida.
1948-1950-yillarda — Narpay tuman kengashi raisi.
1950-1952-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi partiya maktabi talabasi. Partiya maktabini tugatgach, u yerda muallimlik qilish uchun qoldiriladi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Oʻzbekiston Kompartiyasi qoʻmitasi kotibi etib saylanadi.
1953-yilda Toshkent davlat universitetini sirtdan tamomlagan, soʻng Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining masʼul tashkilotchisi, keyinroq Narpay kompartiyasining 1-kotibi etib tayinlangan.
1963-yildan 1968-yilgacha — Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi.
1968-yil fevral oyida O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati qo‘mitasining 1-kotibi lavozimiga o‘tkazildi va 1974-yilning dekabrigacha ishladi.
1974-yil 27-noyabrdan 1982-yil fevralgacha — Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasining 1-kotibi.
1986-yilgacha O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
1976-yildan 1986-yilgacha — KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.
SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9, 10-chaqiriqlari deputati.
1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan. 1991-yilgi farmon bilan tiklandi, mukofotlari qaytarildi.
1991-2002-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi kengashining raisi boʻlgan.
Toshkent shahrida yashagan. 2009-yil 5-yanvarda vafot etgan
Kitoblari
tahrir- Рентабельное хозяйство (1984),
- Организация труда в животноводстве (1985),
- Высокодоходная отрасль животноводства (1985)
- Внутрихозяйственный расчет и его внедрение в АПК (1989)
- Организация и оплата труда в сельском хозяйстве (1992)
Manbalar
tahrir- ↑ Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898 — 1991