Bella ciao (Italyancha: „alvido goʻzalim“) — XIX asrning oxirlarida yaratilgan Italyan xalqining milliy qoʻshigʻi hisoblanadi. Qoʻshiq dastlab Shimoliy Italiyadagi guruch maydonlarida ishlagan ishchilarning ogʻir sharoitdagi mehnatlarini tanqid qilish maqsadida aytila boshlangan edi. Natsistlar Germaniyasining armiyasi Italiyani bosib olgan 1943-1944-yillarda Italyan partizanlari qoʻshiq soʻzlarini oʻzgartirib, uni fashizmga qarshi soʻzlar bilan ijro qila boshlaydilar. Partizanlar fashistik Italiya sotsialistik partiyasi va uning Natsistlar Germaniyasi bilan hamkorligi sabab keyinchalik kurashni yana davom ettirishadi. Bella ciao qoʻshigʻi esa bu kurashning ramziga aylanadi.

„Bella Ciao“
qoʻshigʻi
Til Italyan
Oʻzbekcha nomi Alvido goʻzalim
Davomiyligi 1:48
Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 27-iyun, 2020-yil(2020-06-27) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 10-iyul, 2010-yil(2010-07-10) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Bella ciaoning turli versiyalari, antifashist ozodlik va partizanlik kurashi sifatida butun dunyoda aytila boshlanadi. Qoʻshiqning ishchilar uchun kuylangan versiyasi va partizanlar uchun kuylangan versiyasining kim tomonidan yozilgani bizga maʼlum emas.

Partizanlarga qoʻshilgan italyan yigit, Florensiya. 1944-yil

Tarixi

tahrir

„Bella ciao“ aslida italyan xalqining milliy qoʻshigʻi sanaladi. Unda bir vaqtlar Italiya shimolidagi Po daryosi vodiysida guruch yetishtirish bilan shugʻullangan ishchilarning ogʻir hayoti tasvirlangan boʻlib, qoʻshiqda isyonkor ruh hukmronlik qiladi. Afsuski qoʻshiq muallifi kimligi maʼlum emas. Bu anonim folklorlik qoʻshigʻining soʻzlari ertalab guruch maydoniga ishlagani borgan erning uyda qolgan xotiniga xitobidir.

II jahon urushi roʻy bergan vaqtda dastlab Mussoliniga qarshi, soʻngra nemis bosqinchilariga qarshi kurashgan italyan antifashist partizanlari tomonidan qoʻshiq soʻzlari oʻzgartirilib, marshga aylantirilgan edi. Partizan harakatining ramziga aylangan qoʻshiq qisqa muddatdan soʻng anarxistlar, kommunistlar, sotsialistlar va boshqa antifashist guruhlarning rasmiy qoʻshigʻiga aylangan edi. Urushdan keyin haqsizlikka, tengsizlikka qarshi kurashganlarning, inqilobga ishongan sotsialistlarning qoʻshigʻi, yaʼni inqilob qoʻshigʻiga aylanadi. Shu tariqa qoʻshiq butun dunyodagi turli tillarda ijro qilinadi.

Musoviylarning xalq qoʻshiqlaridan birining Klezmer tarzida ijro qilingan va 1919-yilda plastinkaga yozilgan bir qoʻshiq sabab „Bella ciao“ qoʻshigʻining musoviylarga borib taqalishi mumkinligi ham iddao qilib kelinadi.[1]

Qoʻshiqning kuylanishi

tahrir

Qoʻshiqning eng mashhur versiyasi italyan xalq qoʻshiqchisi Giovanna Daffini tomonidan 1962-yilda kuylanadi. Qoʻshiqning ishchi va partizanlar versiyasi Daffinining 1975-yildagi „Amore mio non piangere“ albomidan oʻrin egallaydi.[2]

Qoʻshiq soʻzlari

tahrir

Ishchilar tomonidan kuylangan versiyasi

tahrir
Italyan tilida[3] Oʻzbekcha tarjimasi

Alla mattina appena alzata
o bella ciao bella ciao bella ciao, ciao, ciao
alla mattina appena alzata
in risaia mi tocca andar.

E fra gli insetti e le zanzare
o bella ciao bella ciao bella ciao ciao ciao
e fra gli insetti e le zanzare
un dur lavoro mi tocca far.

Il capo in piedi col suo bastone
o bella ciao bella ciao bella ciao ciao ciao
il capo in piedi col suo bastone
e noi curve a lavorar.

O mamma mia o che tormento
o bella ciao bella ciao bella ciao ciao ciao
o mamma mia o che tormento
io tʼinvoco ogni doman.

Ed ogni ora che qui passiamo
o bella ciao bella ciao bella ciao ciao ciao
ed ogni ora che qui passiamo
noi perdiam la gioventù.

Ma verrà un giorno che tutte quante
o bella ciao bella ciao bella ciao ciao ciao
ma verrà un giorno che tutte quante
lavoreremo in libertà.

Erta tongdan uygʻondim
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Erta tongdan uygʻondim
Guruch maydoniga yoʻl olmogʻim lozim

Hasharotlar va chivinlar orasiga
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Hasharotlar va chivinlar orasida
Ogʻir mehnatga boʻyin egmogʻim lozim

Hassasin toʻqqilatib kelgan xoʻjayin
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Uning xizmatkori ham oyoq ostida
Va ishlamoq uchun boʻyin egmoq lozim

Ah oyijon, bu qandoq azob
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Ah oyijon, bu qandoq hayot
Har tong senga uraman oh

Bu yerda oʻtkazgan har soatimiz
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Bu yerda oʻtkazgan har soatimiz sabab
Yoshligimizni boy bermoqdamiz

Ammo shunday kun keladi
Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!
Ammo shunday kun keladi hali
Faqat ozodligimiz uchun mehnat qilamiz…

Partizanlar uchun aytilgan versiyasi

tahrir
Italyan tilidagi versiyasi[4] Ingliz tilidagi versiyasi

Una mattina mi son svegliato,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao!
Una mattina mi son svegliato
e ho trovato l’invasor.

O partigiano portami via,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao
o partigiano portami via
che mi sento di morir.

E se io muoio da partigiano,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao,
e se io muoio da partigiano
tu mi devi seppellir.

Seppellire lassù in montagna,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao,
seppellire lassù in montagna
sotto l’ombra di un bel fior.

E le genti che passeranno,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao,
e le genti che passeranno
mi diranno „che bel fior.“

Questo è il fiore del partigiano,
o bella ciao, bella ciao, bella ciao ciao ciao,
questo è il fiore del partigiano
morto per la libertà

Bir kuni tongda uygʻondim

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Bir tongda uygʻondim

Va bosqinchini koʻrdim

Ah partizan, meni uzoqlarga olib ket

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Ah partizan, meni uzoqlarga olib ket

Chunki oʻlimning yaqinlashganini his qilyapman

Va agar bir partizan sifatida oʻlsam

(Va agar togʻda oʻlsam)

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Va agar partizan sifatida oʻlsam

(Va agar togʻda oʻlsam)

U holda meni koʻrmogʻing lozim

Meni togʻga dafn qil

(Va meni koʻmishga majbursan)

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Meni togʻga dafn qil

(Va meni koʻmishga majbursan)

Goʻzal bir gulning soyasida

Va oʻtadi insonlar

(Va oʻtadi barcha)

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Va oʻtadi insonlar

(Va oʻtadi barcha)

Menga qarata aytishadi „ah, qanday goʻzal gul“

(Va aytishadi „Qanday goʻzal gul“)

Bu bir partizanning guli

(Va bu bir partizanning guli)

Ah, alvido goʻzalim, alvido goʻzalim. Alvido goʻzal! Yaxshi qol! Yaxshi qol!

Partizanning guli

(Va bu bir partizanning guli)

U ozodlik uchun sharaf-la oʻldi…

Musiqasi

tahrir
 

Manbalar

tahrir
  1. „Bella ciao“ (2005-yil 10-sentyabr). 2005-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  2. Gianni Bosio ve Roberto Leydi tarafından 1962' de kaydedilmiştir. Giovanna Daffini: „Alla mattina appena alzata“, from the CD: Giovanna Daffini: L’amata genitrice (1991)
  3. „Bella Ciao (delle Mondine)“. www.antiwarsongs.org.
  4. „Una dichiarazione d'amore“. ANPI. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.