Oleg Gennadievich Belyakov (1972-yil 2-fevral, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek futbolchisi, darvozaboni.

Oleg Belyakov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Belyakov
Tavallud sanasi 1-fevral 1972-yil (1972-02-01) (52 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 188 cm (6 ft 2 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Sovet Ittifoqi Sverdlovets Toshkent viloyati 6
1991 Sovet Ittifoqi Konchi Angren 37
1992–1993 Oʻzbekiston Kimyogar Chirchiq 29
1994–1995 Oʻzbekiston MHSK Toshkent 29
1996–2000 Oʻzbekiston Navbahor Namangan 58
2001 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 19
2002 Oʻzbekiston Navbahor Namangan 13
2002 Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 9
2003 Ukraina Kryvbas Kryvyi Rih 13
2003 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 2
2004 Belarus Shakhtyor Soligorsk 4
2004–2005 Ozarbayjon Turan Tovuz[1] 30
2005 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 13
2006 Oʻzbekiston Navbahor Namangan 20
2007–2009 Oʻzbekiston Quruvchi 5
Milliy terma jamoa
1995–2001 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2013-yil 20-yanvar uchun)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

U 1972-yil 1-fevralda etnik ruslar oilasida tugʻilgan. Yoshlik vaqtida „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi.

SSSR mavjudligining oxirida u „Sverdlovets“ va „Konchi“ klublarida oʻynadi. 1992-yilda u 1993-yilgacha himoya qilgan „Chirchiq“ bilan shartnoma imzoladi. 1994-yildan 1995-yilgacha „MHSK“da tarkibida faoliyat olib bordi. 1996-yilda u „Navbahor“ ga oʻtib, 2000-yilgacha bu jamoani himoya qildi. 2001-2002-yillarda „Paxtakor“, „Navbahor“ va „Samarqand-Dinamo“ klublarida toʻp surgan.

2003-yilda u Krivoy Rogning „Krivbas“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U Krivoy Rog klubi futbolkasida debyutini 2003-yil 9-martda Ukraina Premer-ligasining 16-turida Mariupolning „Illichivets“ jamoasiga qarshi safarda magʻlub boʻlgan (0:2) uchrashuvida oʻtkazdi. Oleg asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun uchrashuvni oʻtkazdi. „Krivbas“ futbolkasida u Ukraina chempionatida 13 ta oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol oʻtkazib yuborgan.[2] Oʻsha yili u Oʻzbekistonga qaytib, mavsumning qolgan qismini „Paxtakor“ da oʻtkazdi.

2004 va 2005-yillarda u Belarusning „Soligorsk Shaxtyor“ va Ozarbayjonning „Turan“ klublarini himoya qilgan.[3]

2005-2009-yillarda u vatanida oliy liga klublarida mahalliy chempionatning „Metalurg“ (Bekobod), „Navbahor“ va „Quruvchi“/"Bunyodkor" jamoalarida toʻp surgan.

Milliy terma jamoa

tahrir

1995-2001 yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni.[4]

Yutuqlari

tahrir
  • Oʻzbekiston chempioni: 1996, 2004, 2008
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1995, 2007
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1997, 1998, 1999
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007
  • Oʻzbekiston Superkubogi: 1999

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-avgust.
  2. „«іллічівець» (Маріуполь) - «Кривбас» (Кривий Ріг)“. 1 грудня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 липня 2017.
  3. „Archived copy“. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-avgust.
  4. Statistika igrokov sbornoy Uzbekistana (Wayback Machine saytida 2022-07-03 sanasida arxivlangan). // rsssf.com, 23 aprelya 2008

Havolalar

tahrir